O' quv-kasbiy faoliyat mazmuni va unga qo`yiladigan talablar
REJA:
1.O' quv-kasbiy faoliyat mazmuni
2.O’zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang’ich ta`limning mazmuni.
3. O’rta va o’rta maxsus professional ta’limning mazmuni.
1.O' quv-kasbiy faoliyat mazmuni
Та’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning muayyan turdagi o‘quv yurtida o‘qish jarayonida egallab olishi lozim bo‘lgan hamda bir tizimga solingan bilim, malaka va ko‘nikrnalaming aniq belgilangan doirasi tushuniladi. Bilim, malaka va ko‘nikmalar doirasi eng muhim faktlar, ilmiy tushunchalar, qonun va nazariyalarni, dunyoqarash g‘oyalarini, axloqiy hamda estetik me’yorlar va ideallarni, o‘quvchilarning ko‘rsatilgan ma’lumotlarini o‘rganishi, ulaming ilmiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish usullari haqidagi materiallarni,
shuningdek, malaka va ko‘nikmalami, shu jumladan, olingan bilimlami amalda qo‘llash va yangi bilimlami egallashdagi malaka hamda ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi.
Ta’limning mazmuni bir qator omillarni hisobga olish bilan belgilanadi, bu omillarning asosiylari quyidagilardir:
a) ijtimoiy ishlab chiqarishning obyektiv ehtiyojlari hamda fan
va texnikaning taraqqiyot darajasi;
b) davlatning muayyan turdagi o‘quv yurti oldiga qo‘yadigan
maqsad hamda vazifalari;
d) o‘qitish tamoyillaridan kelib chiqadigan va o‘quvchilarning imkoniyatlarini e’tiborga oluvchi didaktik talablar.
Tarbiya mazmuni, o‘qitish metodlari va usullari va tashkiliy
ko‘rinishlarini, o‘qituvchi va o‘quvchilaming o‘quv ishi turini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Shu munosabat bilan, tarbiya mazmunini didaktik tahlil qilish va o‘quv materiali guruhini belgilash muhim, bu esa uni o‘rganishning samarali usullarini didaktik tahlil qilishga, uni har tomondan ancha aniq belgilashga imkon beradi. Maxsus fanlarning ish dasturlarida berilgan o‘quv materialini mazmun jihatidan tahlil qilib, quyidagi asosiy umumiy guruhlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
I guruh. Texnik masalalami ochib beruvchi o‘quv materiali.
II guruh. Ishlab chiqarish texnologiyasi masalalarini ochib beruvchi o‘quv materiali.
III guruh. Xomashyo va materiallar haqidagi o‘quv materiali.
IVguruh. Ishlab chiqarishning tashkil etilishi va iqtisodiyoti.
O‘quv materialining bunday bo‘linishi, tabiiyki, shartlidir. Har bir guruhning o‘quv materiali dasturlaming ayrim mavzu va bo‘limlarida sof holda kamdan-kam berilgan. Qariyb har qaysi mavzu va bo‘Iimda mazmun jihatidan har xil va turli nisbatdagi materialni topish mumkin. Ammo o‘quv materialining bu guruhlari har xil kasb uchun xosdir. Har xil kasblarga oid amaldagi dasturlami tahlil qilish asosida kasb fanlari o‘quv materiallarining yuqorida keltirilgan guruhlari «salmog‘ining» nisbatini jadval tarzida ko‘rsatish mumkin. Masalan: tikuvchilik ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladigan «Tikuvchilik korxonalari jihozlari» fani bo‘yicha umumiy ahamiyatga ega materialga tikuvchilik sanoatida qo‘llaniladigan mashina va uskunalaming tuzilishi, ishlash asoslari va ularda bajariladigan texnologik jarayonlar, tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishni
tashkil etilishi va iqtisodiyoti masalalan kiradi. Ish bajaradigan mashina hamda mexanizmlaming tuzilishmi o‘rganish, texnologik jarayonlami tahlil qilish, ishlov berilayotgan mahsulotlarning xossalarini, nazorat qilish usullarini va boshqalar. O‘quv materialini mazmuni, turi va ahamiyati jihatidan tahlil qilish maxsus fanlami o‘rganishning eng maqbul tashkiliy metodlari va usullarini tanlashga imkon beradi. O‘quv materialining muayyan bir qismi tavsifiy ruhga ega. Bular jihozlar va uskunalar, asboblar, moslamalarning to‘g‘risidagi materiallardir. Texnologik jarayonlarning tavsifi materialning xossalari va ishlatilishi, sifatini nazorat qilish usullarining tavsifidir. Bu o‘quv materiali asosan solishtirib beriladi. Bunday materialni o‘rganishda o‘qituvchi nazariy tushunchalami ochib berish bilan birga ularning asosiy ahamiyatlarini ko‘rsatadi ham.
Umumiy fanlarni, umumtexnika fanlari va maxsus texnologiyalarni o‘rgatish kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga ta`lim berishning asosini tashkil etadi. Bu ta’lim amaliy mustahkam bog‘lanishda amalga oshiriladi hamda o‘quvchi
o‘rganayotgan kasbini chuqur, har tomonlama va ongli ravishda o`zlashtirib olishi uchun zarur bo‘lgan ilmiy-texnik va texnologik bilimlar bilan qurollantiradi. Nazariy ta’lim o‘quvchilarning kasbiy bilim doirasini kengaytiradi, ularda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodning shakllanishiga, aqliy qobiliyatlarning rivojlanishiga
yordam beradi.
Ishlab chiqarish ta’limi bo‘lajak kadrning ixtisosligi bo`yicha tayyorgarligi asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayonida o‘quvchilar ishning belgilangan muddatda bajarilishini ta’minlaydigan mustahkam kasbiy malaka, zamonaviy texnika va ilg‘or ish metodlaridan to‘g‘ri foydalangan holda yuksak unum bilan mehnat qilish usullarini ega bo`ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |