Mintaqaviylashuv fan sifatida u yuzaga
chiqadigan inson jami-
yati va muhiti taraqqiyotini o ‘rganuvchi boshqa fanlar bilan yaqin
o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanadi. Shuning uchun ham mintaqaviy
siyosatni ishlab chiqarishda va ayniqsa, uni bashorat qilishda geo-
grafiya, iqtisodiyot,
sotsiologiya, huquq, etnologiya, dinshunoslik,
demografiya, ijtimoiy psixologiya, geosiyosat, konfliktologiya va
boshqa fanlar ma’lumotlaridan foydalanish zarur.
Bulaming bar-
chasi, o‘rganilayotgan mintaqa haqidagi, uning qobiliyatlari, shu bi
lan birga, boshqa mintaqalar uchun xos b o ig an tipik xususiyat va
tendensiyalari haqida to‘liq va obyektiv xarakteristika beradi. Min-
taqashunos-olimlaming xulosalari mintaqaviy tuzilishda (qurilishda)
to‘plangan ijobiy malakalardan foydalanishga, siyosatda xatolaming
qaytarilishining oldini olinishiga, mintaqalar rivojlanishining qonun-
qoidalarini aniqlashga, murakkab vaziyatlarndan muvaffaqiyatli
chiqib ketishga yordam beradi.
7.3. Xalqaro mojarolar interpretatsiyasi
Mintaqaviy mojarolaming nazariy jihatini
ochishdan oldin mo-
jaro so‘zining o ‘ziga (konflikt) e’tibor qaratsak. Ilmiy-siyosiy ada-
biyotlarda “mojaro” tushunchasi turlicha ta ’riflanadi. Shu bois
ham “mojaro” atamasining ko‘plab m a’nodagi ta ’riflari bor. Ular-
dan eng asosiysi mazkur atamaning tomonlar o ‘rtasidagi qarama-
qarshilik, avvalo, ijtimoiy ziddiyat tushunchasiga yaqinligidir. Siyo
satda ichki qarama-qarshilik, mojarolilik g‘oyasi
XIX asrdan kirib
kelgan. Konflikt tushunchasi esa (lot. Confictus so‘zidan) iborasi
murakkab oqibatlarga olib kelishi mumkin bo ‘lgan to ‘qnashuv,
nizo, kelishmovchilik, bahsni anglatadi. Hozirgi paytda ijtimoiy
fanlarda nizo deganda, siyosat sohasida yetarli darajada salmoqqa
ega bo ‘lgan
ayrim shaxslaming, shuningdek, butun-butun ijtimoiy
guruhlar manfaatlari, xatti-harakatlari, qarashlari va yondashuvlari-
ning to‘qnashuvi tushuniladi.
Ayrim mutaxassislaming aytishicha, muammolarga nisbatan aynan
jamiyatdagi mojarolami emas, balki jamiyatdagi qarama-qarshilik,
ya’ni bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan kuchlar o ‘rtasidagi munosa-
86
batlargina tadqiq qilingan42. Mojarolami tadqiq etuvchi ilmiy-uslubiy
yondashuvlar ijtimoiy hayotning turli qatlamlarini o ‘rganishda ham
qo‘llaniladi. Masalan, biror davlat
siyosiy hayotini olaylik, davlatda
istiqomat qiluvchi odamlar va guruhlaming turmushi, albatta, siyo
siy ahamiyatga molik qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan. Bu tabiiy hol-
dir. Xalqaro munosabatlardagi jarayonlami tadqiq etishda mojaro
muammolarini o ‘rganishga qaratilgan ilmiy-uslubiy yondashuv
lar eng muhimdir. Shuningdek, yurispridensiyada ham bunday yon
dashuvlar zarur. Zero, bunda umumiy mojaroning
bir qismi sifatida
insonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, ulaming yuzaga kelish mexanizmi
o‘rganiladi43.
Mintaqaviy mojarolar haqida Birinchi Prezidentimiz I.Karimov
ham ko‘p bora o‘z asarlarida ta ’kidlab o ‘tgan, jumladan, “Xavf
sizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida” asarida shunday degan edi:
“Afg‘onistondagi tanglikning chuqurligi va keskinligini, uning min
taqaviy va dunyo miqyosidagi geografik-siyosiy jarayonlarga ta’sirini
e ’tiborga olib, bu fojiyani ko‘lami va xavfi jihatidan hozirgi dunyo
ning eng katta mintaqaviy mojarolari jumlasiga kiritish mumkin.
Shunday ekan, mintaqaviy mojarolar jamiyatimiz farovonligi va
respublikamiz taraqqiyoti uchun qanday xavf tug‘dirmoqda?
Bir qa-
rashda, 0 ‘zbekiston chegaralariga yaqin joylarda yuz berayotgan bar
cha nizolar davlatimizdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni
saqlab turishga bevosita aloqasi yo‘qdek tuyuladi. Bundan buyon
ham tashvishli hodisalar bizni chetlab o ‘z yoiidan rivojlanaveradi,
barqarorlik o‘z-o‘zicha saqlanaveradi, mamlakatning kelajagi esa
o‘z-o‘zidan ta’minlangan, deya fikr yuritishni ham siyosiy, ham fuqa-
roviy kaltabinlikdan boshqa narsa emas, deb hisoblaymiz”44.
Do'stlaringiz bilan baham: