45 Каримов И.А. Узбек халкига тинчлик ва омонлик керак. Укув
кулланма. -Т.: Укитувчи НМИУ, 2013, 27-28 Ь.
46 Жураев С.А., Косимова Н.А. Актуалные восросы современных
международных отношений. -Т.: Akademiya, 2008, 27 b.
Mojaro predmetini tadqiq etish faqat tomonlar o ‘rtasidagi vositachi
yoki arbitr (hakam)largagina tegishli bo‘lib qolmasdan, balki bevosi
ta mojaro subyektlarning ham muhokama mavzusi bo‘lishi mumkin.
Bunday muhokamalar tomonlaming o ‘zaro muzokaralar olib borishi
bilan amalga oshiriladi. Subyektlar o‘rtasidagi muzokaralar (vosi-
tachilik yoki hakamlik qilishga nisbatan olganda) o‘zining tomonlar
o‘rtasida ruhan muammoni his qilishi, ijtimoiy o ‘zaro ta’sir etish
kuchiga (munosabatlarga nisbatan) egaligi, imkoniyatlarini bir qa-
dar ko‘pligi bilan ajralib turadi. Gap shundaki, muzokaralar chog‘ida
subyektlarning o‘ziga xos yashirin manfaatlari umumiy «manfaatlar
mojaro»si doirasida hal qilinadi yoki aksincha. Muzokaralar predmeti
esa aynan manfaatlar mojarosi tanlagan predmetning xuddi o ‘zidir.
Biroq bu yerda tomonlar mojarodagi kabi harakat qilmaydilar. Ular
o ‘rtasidagi mubohasalar risoladagidek olib borilib, u ko‘proq, ilmiy
bahs yoki bozordagi savdoni eslatadi. Biroq muzokaralar - mavjud
munosabatlar yuzasidan bo‘ladigan mubohasadir. Qolaversa, bu bahs
va muzokaralarda tomonlar manfaatlari qarama-qarshiligi so‘z yuriti-
ladi.
Muzokaralar davomida tomonlar o‘zlarining mojarolari predmeti
ni aniqlab olishi yoki uni ma’lum darajada hayolan tasavvur etishlari
mumkin. Biroq muzokaralar jarayonida tomonlar bir-biriga nisbatan
tutayotgan pozitsiyalarini, vositachilar esa mojaroni yuzaga keltirgan
asosiy «yadro»ni aniqlab olishlari kerak. Ana shu mojaro «yadro»si
keyinroq «mojaro obyekti» tushunchasini anglab yetlshda kerak
b o ‘ladi.
Mojaro obyekti degan tushunchaga nisbatan va bu tushuncha orqa
li mojaroning ikkala ishtirokchilari ham egallashga harakat qiladigan
ana o ‘sha konkret moddiy yoki m a’naviy boylik nazarda tutilganligi-
ning guvohi bo‘lamiz. Mojaro obyekti sifatida shaxs, guruhlar yoki
davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi moddiy dunyo va
ijtimoiy borliqdagi mavjud narsalar u yoki bu ko‘rinishda namoyon
bo‘lishi mumkin. Moddiy dunyo va ijtimoiy borliq elementlarining
m a’lum bir mojaro obyekti bo‘lishi uchun, ushbu element ustidan
nazorat o ‘matishga harakat qilayotgan turli ijtimoiy subyektlar man
faatlari uning atrofida bir-biriga tutashgan holda bo‘lishi kerak. Bunga
89
ko‘plab misollar keltirish mumkin: chiroyli o‘yinchoq ustida talashib
qolgan bolakaylar o ‘rtasidagi munosabatlar, u yoki bu hududni o‘z
nazoratiga olish istagida yurgan davlatlar o ‘rtasidagi xalqaro mojaro
lar va boshqalar.
Munosabatlaming muayyan tizimidagi mojaro obyekti - doimo
tanqis resurslar bo‘lgan. Masalan:
• bo‘sh direktor lavozimiga da’vogarlik qilayotgan ikki o'rinbosar;
• do‘kondagi so‘nggi non uchun navbatda turganlaming janjali;
• bitta Qora dengiz floti va undagi bitta harbiy port masalasi va
boshqalar - haqiqatan nogahon yuzaga keladigan muammolami ana
shu resurslar o‘mini to‘ldirish bilan hal etishi mumkin. Afsuski, in-
sonlar hayotida uchrab turadigan bunday ko‘plab muammolami bar
cha tomonlar istaganidek hal etib bo‘lmaydi. Kundalik hayotimizda
sodir bo‘lib turadigan bir qator mojarolar obyektini ajratib olganimiz-
da umumiy xarakterga ega muammolar doirasini belgilab olish mum
kin. Masalan, biror narsani olish uchun navbatda turish, bekatlarda
yo‘l transportini kutish va boshqalar mahsulotlar yetishmovchiligi
yoki transport resurslarining cheklanganligi bilan bog‘liq emasmi?!
Gap shundaki, tomonlar o ‘rtasidagi ana shu obyektning obyektiv-
lik nuqtayi nazaridan bo‘linmasligi, uning subyektiv bo‘linmasligiga
ham bog‘liq. Agar ikki yosh bolaga chiroyli ikki xil o‘yinchoq tutqaz-
sangiz, ulaming har biri sherigi o ‘ynayotganini olishga harakat qila
di. Boshqacha aytganda, resurslaming yetishmovchiligi va xarak-
terini aniqlash hamda obyekt chegarasi - nisbiy tushuncha bo‘lib, u
o‘zgaruvchan xususiyatga ega.
Biroq mojaro aniq obyektga ega boim asligi ham mumkin.
“Obyektli” mojarodan tashqari, mojaro kategoriyalari o‘z ustidan
nazorat qilishga yo‘l bermaydigan “obyektsiz” mojaro turiga ham
ajratiladi. Masalan, oddiy ko‘p qavatli uydagi ikki qo‘shnilardan biri
yozuv ustida ishlayotgan paytda, ikkinchi qo‘shni biror san’at asbo-
bini chalyapti. Birinchi qo‘shni kuy tovushi unga xalaqit berayotgani
uchun devomi taqillatadi... Natijada mojaro boshlanadi. Ko‘rinib
turibdiki, mojaroga ikki tomonning o‘zaro kelishib vaziyatni yumsha-
tishga intilishi emas, balki bir tomon faoliyati ikkinchisining ishiga
xalaqit berib, uning faoliyatini susaytirib yuborishi sabab bo‘Imoqda.
90
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, umuman olganda,
cho‘zilib ketgan mintaqaviy mojarolar atrofdagi davlatlar uchun
(tabiiyki, 0 ‘zbekiston ham bundan mustasno emas) aynan hozir keng
doiradagi muammolar manbayiga aylandi. Keyinchalik esa ular si
yosat, mafkura, millatlararo munosabatlar va boshqa sohalarga ham
zimdan salbiy ta’sir etishi, putur yetkazishi mumkin.
Mintaqaviy mojarolaming oqibatlari ancha sezilarli shaklga ham
ega. Ular davlatlaming milliy iqtisodiyotiga va xo‘jalik aloqalariga
ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa mavhum kategoriya bo‘lmay, balki har bir
fuqaroning va jamiyat a ’zosining aniq hisoblab ko‘rsa bo‘ladigan
manfaatlari demakdir. Milliy xavfsizligimizga mojarolaming katta
salbiy potensiali butun dunyo ko‘lamida halokatli oqibatlarga olib
kelishga qodir. Nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasidagi, balki undan
tashqaridagi har bir sog‘lom fikrli inson mintaqaviy mojarolaming
yanada avj olishi bu hududdagi mamlakatlaming tanlaydigan yo‘liga
ta’sir ko‘rsatmasdan qolmasligini yaxshi anglaydi.
Ayni vaqtda BMTning tuzilmasigina emas, balki uning amal qili
shi, ish tartibi va harakatlami amalga oshirishi ham buyuk davlatlar-
ning ta’sir doiralar uchun eski kurash ta’siridan hali qutula olgani yo ‘q.
BMTning mintaqaviy mojarolami tartibga solish yuzasidan amalga
oshirayotgan tinchlik o ‘matish yo‘lidagi ishlar hamma vaqt ham
muvaffaqiyatli bo‘lmayotganligini qisman shu bilan izohlash mum
kin47.
Shu bilan birga, Prezidentimiz mintaqaviy mojarolar haqida gapi-
rar ekan, Afg‘onistondagi bugungi holat haqida shunday deydi: “Hech
qaysi xalq urushni xohlamaydi. Bizning qo‘shnimiz Afg‘oniston xalqi
ham agar o‘z holiga qo‘yilsa, o‘zaro kelishib, tinch hayot kechirgan
bo‘lardi. Biz qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik barqaror bo‘lishini istay-
miz. Afg‘oniston bilan aloqalarimiz va hamkorligimiz ikki tomonla
ma asosda tashkil topishini ma’qul deb bilamiz48.
Do'stlaringiz bilan baham: |