1-Psixologiyaning boshqa sohalarga ta’siri va uni o‘rganishdagi kamchiliklar
O‘zbekistonda psixologiya fanini o‘rganishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, psixologiyaning o‘qituvchilarni tayyorlashdagi o‘rni va boshqa sohalarga ta’siri to‘g‘risida tibbiy psixolog Abdullajon Begmatov maqolasida.
Tibbiy psixolog, professor Abdullajon Begmatov mamlakatda psixologiya sohasiga oid muammolar haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
Psixologiya universitetini ochish to‘g‘risidagi prezident qarorining loyihasi 3 yanvarga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘ldi. Psixologiyaga oid muammolarni hal qilish mamlakat taraqqiyoti uchun naqadar muhimligini shundan ham bilsa bo‘ladiki, ularni yechish nafaqat ta’lim rivojiga, balki iqtisodiyotdan tortib sportgacha, tibbiyotdan tortib tadbirkorlikkacha bo‘lgan sohalar taraqqiyoti tezlashishiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi.
Sobiq Ittifoq merosi
Sobiq ittifoqda XX asrning 60-yillarigacha psixologiya faniga yetarlicha ahamiyat berilmas edi. Psixologiya fanining ba’zi eng yangi yo‘nalishlariga esa mensimay qaralar edi. Masalan, psixologiya fanining AQSH v Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida o‘tgan asrning 30−40 yillarida shakllanib tez rivojlana boshlagan sohasi — «ijtimoiy psixologiya» yo‘nalishi 60-yillargacha burjua fani sifatida inkor etib kelindi. 60-yillarda chop etilgan «Bolshaya sovetskaya ensiklopediya»da bu fanga quyidagicha ta’rif berilgan edi: «burjuacha soxta fan» (burjuaznaya ljenauka).
Psixologiya faniga bunday yondashuv kadrlar tayyorlashda ham o‘z aksini topmay qolmadi. 80-yillarning o‘rtalarigacha O‘zbekistonda faqat Toshkent Davlat Universitetida (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) psixologiya yo‘nalishiga har yili 25 nafar talaba qabul qilinar edi. Bunday yondashuv oqibatida 1990 yil boshlarida sobiq ittifoqda hammasi bo‘lib oliy ma’lumotli psixologlar soni 5000 kishidan kamroqni tashkil qilar edi. Qiyoslash uchun: o‘sha yil boshlarida oliy ma’lumotli psixologlar soni AQSHda 300 000dan ortiqroqni tashkil qilgan edi. Har ming kishiga hisoblaganda AQSHda psixologlar soni sobiq ittifoqqa qaraganda 60 baravar ko‘p bo‘lgan.
2- psixologiyaning asosiy metodlari
Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to`plash usulidir. ¤z-o`zini kuzatish esa odam o`zida kechayotgan biror o`zgarish yoki xodisani o`zi o`rganish maqsadida ma’lumotlar to`plash va qayd etish usulidir.
So`rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to`plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo`yilgan qator savollar
Yozma so`roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o`zida ko`pgina odamlar fikrini o`rganish mumkin bo`ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o`z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so`rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo`lsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to`planadi.
Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o`rganilayotgan xodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko`pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo`ladi. Ayni testga qo`yilgan talab hech qachon o`zgarmaydi, xattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o`zgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni o`lchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir.
Modellashtirish metodi kuzatish, so`roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o`rganilayotgan xodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo`llaniladi. Bunda o`sha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o`sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o`rganiladi va xulosalar chiqariladi.
3-Yangi davr psixologiyasida Psixologiya fanlarining o‘rganilmagan muhim yo‘nalishlari
Psixologiya fanlari mundarijasini belgilashda bizningcha, bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Mamlakatimiz psixologiya fanida inson psixikasi ikki qatlamdan, ong va ongostidan iborat ekanligi hisobga olinmayapti. Dunyoda ko‘zga ko‘ringan olimlarning fikriga ko‘ra, ong psixikaning 10 foizini, ongosti esa 90 foizini tashkil qiladi. Mamlakatimizdagi deyarli barcha psixolog olimlar psixikaning 10 foizini tashkil qiladigan ong bo‘yicha dissertatsiyalar himoya qilganlar. Psixologiya fakultetlarining o‘quv rejalariga ham faqat ong bilan bog‘liq mavzular kiritilgan. Chunki sobiq ittifoqning psixologiya fakultetlarida ham faqat ong bilan bog‘liq mavzular o‘qitilar edi.
Mamlakatimizda yigirmadan ortiq fan doktorlari, yuzdan ortiq fan nomzodlari bo‘lishiga qaramay faqat 1−2 dissertatsiya ongosti bilan bog‘liq mavzularda himoya qilingan. Ular ham nomzodlik dissertatsiyalari. Ongosti bilan bog‘liq mavzular naqadar muhim ekaniga qaramay, ular deyarli ishlanmagani uchun juda ko‘p muammolar vujudga kelmoqda.
Psixologiya fanlarining bir qator muhim yo‘nalishlarida juda kam ishlangan yoki umuman ishlanmagan. Jumladan, mamlakatimizda tibbiy psixologiya bo‘yicha ilmiy ish qilgan mutaxassislar barmoq bilan sanarli. Toshkent tibbiyot akademiyasida mazkur yo‘nalish bo‘yicha magistratura ochilgan. Lekin yaqin vaqtlargacha tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog shtati ko‘zda tutilmagani uchun magistraturani tugatganlar qayerga ishga kirishni bilmay sarson bo‘lishdi.
4-psixologiyaning tarmoqlari
Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni. Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo`nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o`rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo`lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o`ziga xos va yetakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo`lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to`la anglash va uning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o`rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo`lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o`zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo`lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan-falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog`liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi kundalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g`oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.
Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o`z taraqqiyotining muhim bosqichiga o`tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko`lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo`lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi. qolaversa, xuquqiy, demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan ¤zbekiston aholisining xuquqiy madaniyatini va demokratik o`zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi o`zgarishlarni o`z vaqtida o`rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o`zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo`lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o`ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi «Ta’lim to`g`risidagi qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o`zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo`ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo`lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o`z uslub va qoidalari yetarli bo`lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o`qitish texnologiyalarini bola tomonidan o`zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechog`lik ta’sir ko`rsatayotganligini o`rganish asosida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o`qitishning eng ilg`or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi.
umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o`ziga xos jihatlarini o`rganadigan maxsus sohasi;
pedagogik psixologiya — kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o`rganishni o`z predmeti deb biladi;
yosh davr psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tug`ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o`zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o`zgarishi tamoyillarini o`rganadi;
ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o`rganadi;
mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o`rganadi;
muxandislik psixologiyasi — avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam — texnika o`rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o`rganadi;
yuridik psixologiya — huquq sistemasining amal qilishi bilan bog`liq masalalarning psixologik asoslarini o`rganadi;
harbiy psixologiya — kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo`ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o`rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o`rganadi;
savdo psixologiyasi — jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko`rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarini o`rganadi;
tibbiyot psixologiyasi — shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o`rganadi.
5-Inson, odam juda ko`plab fanlarning o`rganish ob`ekti bo`lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishini va boshqalarni o`rganadi. O`z ob`ektini belgilash va ta`riflash uchun turli tushunchalar qo`llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo`luvchi ongli faoliyat sub`ekti sifatida o`rganadi. Psixologiya fanida odamni ta`riflashda ko`plab tushunchalar qo`llaniladi. Shu jumladan "shaxs", "individ", "individuallik" tushunchalari ham qo`llaniladi.
Odamning insonlik jinsiga mansubligi INDIVID tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chakaloklar, tilni va oddiy malakalarni o`zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar (odamlar) individdir.
"Individ" tushunchasida kishining nasl - nasabi ham mujassamlashgandir. YAngi tugilgan chakalokni ham, katta eshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, akli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi kabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashaetgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
Individ sifatida dunyoga kelgan kishi hayot jarayonida alohida sosial fazilat kashf etadi, shaxs bo`lib etishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina ShAXSga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma`lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o`zaro munosabatda, til yordamida ijtimoiy tajribani o`zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |