Kurs ishi Mavzu: Georg Wilhelm Friedrich Hegelning siyosiy qarashlari O`qituvchi: R. Farmonov Toshkent 2020 Mavzu: Georg Wilhelm Friedrich Hegel ning siyosiy qarashlari Reja



Download 182,43 Kb.
Sana09.01.2020
Hajmi182,43 Kb.
#32951
Bog'liq
New Rich Text Document (2)

O`zbekiston Respublikasi

Tashqi ishlar vazirligi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya

universiteti talabasi

Toshpulatov Shohruxbekning

Siyosiy ta’limotlar tarixi fanidan



Kurs ishi

Mavzu: Georg Wilhelm Friedrich Hegelning siyosiy qarashlari

O`qituvchi: R.Farmonov

Toshkent 2020
Mavzu: Georg Wilhelm Friedrich Hegel ning siyosiy

qarashlari

Reja:

1. Georg Wilhelm Friedrich Hegel hayotiga bir nazar;

2. Siyosiy qarashlar nima?

3. Georg Wilhelm Friedrich Hegelning siyosiy qarashlari.

1 . Faylasuf donishmandlik muxlisi bo’lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o’z aqliga tayanib, boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan ijodiy yo’l bilan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo’lgan.

Insonlar bor tirigida o`likdir, shunday insonlar bor o`ligida tirikdir.

Aytadilarki, Kimlardir hayot yo`li davomida yuksak marralarga erishadilar, kimlardir esa bunga bemisandlik qilishadi. Ha, shunday insonlar borki, tirik paytida uni bilmaysan, shunday insonlar borki o`lsa ham uni nomi o`chmaydi. Men bugun ta’kidlayotgan Georg Wilhelm Friedrich HEGEL shunday iz qoldirdiki, uni qilgan falsafasi zamonlar o`tsada o`z mavqeyini yuksakda tutib turibdi. Georg Wilhelm Friedrich Hegel 1770-yilda 27-avgustda Germaniyaning Shtutgard shahrida tug`ilgan. Hegelni yirik nemis faylasufi, nemis mumtoz falsafasining eng mashhur vakili desak mubolag`a bo`lmaydi. Uning birinchi faoliyatini qarasak, 1788—93 -yillarda Tyubingen institutida taxsil olgan. Bu yerda falsafa va ilohiyotni qunt qilgan. U zodagonlar oilalarida o`qituvchilik ham qilgan. Jumladan, 1793 - 1796-yillarda Bernda, 1797 - 1800-yillarda Frankfurtmaynda ishlagan. Kariyera nuqtayi nazaridan gapiradigan bo`lsam, 1801 - 1807-yillarda Iyenada Geydelberg universitetlarida professor, 1807 – 1816-yillarda Nyurnberg gimnaziyasida direktor, ayni paytda, "Bamberg gazetasi" da muharrir, 1818 – 1828-yillarda Berlin universiteti profaessori, rektori.

Inson hayoti davomida nimalarnidir kashf qiligisi, nimalarnidir esa o`zgartirgisi keladi. Kimlardir ohangrabo kuylar bastalaydi, kimlardir esa mo`jizakor asarlar yozadi. Georg Wilhelm Friedrich Hegel hayoti davomida juda ko`p falsafiy va siyosiy asarlarni mashq qildi. Ularni namoyon etdi. Bugun biz siz bilan ko`rib turgan o`sha rivojlangan Germaniya, Italiya, Fransiya kabi mamlakatlar Hegel falsafasidan foydalanmaganmikan? Uning asarlarini davlat qurilishida foydalanmaganmikan? Albatta, Hegel asarlari juda kuchliki, hatto bu falsafani biz hozir ko`rib turgan barcha davlatlar siyosatida ko`rishimiz mumkin. Hegel barcha falsafada barcha tarmoqlarni qamrab olgan. Davlatni, dinni va boshqa bir necha sohalarni o`z asarlarida mujassamlashtirgan. Quyida uning asarlari haqida ma’lumot.



"Ruh fenomenologiyasi" 1807-yili;

"Mantiq fani" 1812— 1816-yillarda;

"Falsafa fanlari ensiklopediyasi" 1817-yili;

"Huquq falsafasi" 1821-yili;

"Din falsafasi buyicha leksiyalar"1832-yili;

"Falsafa tarixi buyicha leksiyalar" 1833—1836-yili

"Estetika boʻyicha leksiyalar" 1835—1838-yillarda;

"Tarix falsafasi buyicha leksiyalar" 1837-yili.

Bu asarlar Hegelning hamma asarlari emas. Faqtgina bu yerda uning yirik asarlari berilgan. Mana shu asarlarni o`qib bilishimiz mumkinki, bu asarlar falsafiy ta’limotlar tarixidagi nodir qo`lyozmalardir.

2. Dastlabki falsafiy ta’limotlar bundan 2500 yillar ilgari Hindistonda, Xitoyda, Misrda paydo bo`lgan, Qadimgi Gretsiya – Yunonistonda o`zining mumtoz shakliga erishgan.

Bilamizki, insoniyat paydo bo`lgan vaqtdan boshlab, odamlar o`rtasida birodarlashuv jarayoni vujudga keldi.Ular o`rtasida guruhlar tuzildi. Erkak va ayollar o`rtasida turmush qurila boshladi. Bora-bora bu turmush oilalari kattalashib bordi. Qabilalar tuzildi, undan qabila ittifoqlari paydo bo`ldi. Bir so`z bilan aytganda hayot odimlab bordi. Sekin asta davlat paydo bo`ldi. Unda yo`lboshchilar balqib chiqdi. Ular davlatni idora eta boshladilar. Va bu ishda unga yordam beradigan maslahatchilar kerak bo`ldi. Aytishimiz mumkinki, hozirgi zamon so`zi bilan aytganda bular – liderlar davlatni qay usulda idora etdilar?

Demak, men ifoda etmoqchi bo`layotgan bu siyosiy qarashlar o`sha zamon mevasidir. Davlat paydo bo`lar ekan unda siyosiy qarashlar ham, falsafa ham birdek vujudga keladi.

Nega?

Bu falsafa nimaga kerak?



Qirol yoki o`sha davrdagi sulton davlatni o`zining qarashlari bilan, siyosati bilan boshqargan. U davlatga o`zining siyosatini beradi. Uni o`z bilganicha, qo`lidan kelganicha boshqaradi. Islohotlarni amalga oshiradi. Qarorlar qabul qiladi. Davlat lavozimlarini ta’sis etadi va ularni tayinlaydi. Davlat boshqaruvi loyihalari, uni idora etish, davlat qurilishi, hatto kunlik tartiblarni ham hukmdor ta’sis etardi. U, qanday bu islohotlarni amalga oshirardi? Demak, siyosiy funksiyalar bilan. Bugun biz aytmoqchi bo`layotgan bu soha millionlab yillar ilgari paydo bo`lgan ekan. Biz bugun tanishayotgan bu atama ilgari amalga oshirilgan va tatbiq etilgan ekan. So`z yuritar ekanmiz, Siyosiy qarashlar yillar sayin o`zgarib bordi, go`zal qilib aytganda o`z jilosini almashtirib keldi. Bilamizki, tarixan davlatlar ko`p va turlichadir. Undagi falsafa ham xilma-xildir.

Biz bilgan o`sha Arab Xalifaligi davlati dastlab asosan qanday siyosatni qo`llagan? Tarixan ma’lumki Alloh taollo tomonidan Islom dini Muhammad salollohu alayhi vassallamga vahiy orqali nozil qilingan va payg`ambarimiz tomonidan dastlab Arabiston yarimoroli davlatlariga yoyiladi va insonlar tomonidan qabul qilinadi. Shu tariqa yillar o`tib Arab Xalifaligi tuzilib, davlat Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo davlatlarini Islom diniga o`tkazish siyosatini yuritgan.

Amir Temur bobokalonimiz yuksak o`zbek mamlakatini barpo etish siyosatini olib borgan.

Ibrohim Lo`diyning inqirozga yuz tutayotgan davlatini Zahiriddin Muhammad Bobur o`z siyosati ila boyitgan. Shunday siyosat qilganki, biz bugun uni Temuriylar deb emas, balki Boburiylarning yirik namoyondasi deb bilamiz.

Vaqtlar o`tdi, Yevropa qanday uyg`ondi, bilasizmi? Amerika qit’asi qanday uyg`ondi, bilasizmi? Faktlar shuni ko`rsatadiki, bu hudud mamlakatlari o`z qarashlarini shunday olib bordiki, biz ko`rib turgan hozirgi, bugungi Amerika, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va ko`pgina mamlakatlar o`sha davr falsafasi mevasini hozir ko`rib turibdi va biz ham buni ko`rib turibmiz. Shu bilan birga XVIII-XIX asrlarda uyg`ongan Yevropa mamlakatlarida kuchli siyosatchilar yetishib chiqdi. Ularni aytish joizki, nemis falsafasini, fransuz falsafasini, italyan falsafasini kashf etdilar. Misol uchun aytishim mumkinki, Fransuz falsafasini gurkiratgan Sharl Lui Monteskye, Nemis falsafasini barpo etganlar – Hegel, Fitche buyuk iqtidorlardir.

Bilyabmizki, siyosiy qarashlar har davrda bor va uning tuzilishi turlichadir. Bugungi kunning falsafasi qanday ekan-a? Bu qanday amalga oshirilyabdi?

Yer yuzida 200 dan ziyod davlatlar bor. Qaysilaridir ulkan, qaysilaridir kichikroq. Lekin shunisi qiziqki, qanday davlat bo`lishidan qat’iy nazar, barcha davlatlarning o`z qarashi, falsafasi bor. Bir mamlakat qurilishi uchun bir yo`nalishdagi siyosat kerak. Shu tipdagi odamlar kerak, hur fikrlik kerak. Ana o`shandagina davlatni bu siyosiy qarashlar yuksak minbarga ko`tara oladi.

Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, inson, dastavval, tabiatning eng oliy tirik mavjudotidir. Inson mavjudligining asosini inson tanasidagi hayot tashkil etadi. Insonning tanasi bunda tabiiy jism sifatida boshqa tabiiy jismlar bilan bir xil, ular ega bo’lgan barcha xususiyatlarga egadir, ya’ni u ham paydo bo’lish, o’sish, rivojlanish, ulg’ayish, bir xolatdan boshqa xolatga o’tish va shu kabi xususiyatlarga ega. Bu tanada ham, birinchi navbatda, hayot jarayoni, ya’ni oqsil tanachalarining yashash usuli-moddalar almashish jarayoni kechishi lozim. Inson tanasi bunda tabiatdagi barcha notirik va tirik jismlarda amal qiladigan qonunlarga bo’ysunadi. Lekin bu insonning jonli tanasining o’zi hali inson borlig’ini tashkil qilmaydi. Chunki, inson borlig’i, avvalo, alohida kishining individual borlig’i va bir butun insoniyat borlig’i shakllarida mavjud bo’ladi. Alohida kishining individual borlig’i esa dastlab tana va ruhning birligidan iborat bo’lib, u shu alohida kishining individual hayoti va faoliyati, uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari, yashashi, his-tuyg’u va fikrlari, maqsad va istaklari, umid va orzulari, o’z–o’zini anglashi, dunyoni bilishi, individual ongi va tafakkuri, narsalarga, kishilarga, tabiat va jamiyatga alohida munosabatlarining jamini o’zida qamrab oladi. Bir butun insoniyatning borlig’i esa kishilik jamiyatning butun hayoti: uning o’tmishi, hozirgi va kelajagiga oid moddiy va ma’naviy turmushi, ishlab chiqarishi, ijtimoiy munosabatlari, ijtimoiy ong va hakozolaridan iboratdir. Inson borlig’i bu jihatdan ham tabiat, ham jamiyat va ruhiyat qonunlariga bo’ysunadi. Inson borlig’i har biri o’zicha nisbiy mustaqil bo’lgan inson mavjudligining jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi: Inson, dastavval, his qiluvchi va fikrlovchi jonli tanga ega bo’lgan alohida real tabiiy individ sifatida mavjuddir. Shu bilan birga, inson, tirik tabiatning homo sapins turiga oid, uning evolyutsioyasi tufayli kelib chiqqan alohida, o’ziga xos noyob bir mavjudot hamdir. Insonning bu noyobligini uning ruhiy dunyosi tashkil qiladi. Lekin, inson, ayni vaqtda, ijtimoiy tarixiy taraqqiyotining mahsuli bo’lgan ijtimoiy mavjudot hamdir. Bular inson mavjudligining o’lchovi sifatida inson borlig’ining boshlang’ich xarakterli belgilaridir. Inson borlig’i borliqning bir butun birligida qanday ahamiyatga ega va unda qanday o’rin tutadi? - degan masala faylasuflarni doimo qiziqtirib keladi. Oddiy qaraganda, inson, uning hayoti poyonsiz va cheksiz dunyoda arzimas bir narsa, qisqa, oddiy lavhaga o`xshab tuyuladi. Aslida esa bunday emas.

Inson dunyoda faqat mavjud bo’lib qolmasdan, balki u o’z-o’zini anglaydi, o’zi yashayotgan dunyoni biladi, va unga ta’sir qiladi, dunyoni va o’zini o’zlashtirib, o’zgartirib boradi; ma’naviy ijodiyotlarga ishtirok etadi. Inson bunda, avvalo, o’z borlig’ini bilish uchun, o’z borlig’i uchun qayg’uradi. U bir butun borliq tizimida o’zining ziddiyatli rolini anglab olishi, o’z borlig’ini va dunyo borlig’i oldida o’z ma’suliyati, javobgarligini sezishi, xis qilishi muhimdir. Inson uchun yana ham muhimroq narsa-bu har bir kishining o’zi va butun insoniyat taqdiri uchun inson zoti va insoniyat sivilizatsiyasi oldidagi mas’ulliyatini to’g’ri anglashidir. Bunda kishining ma’naviy yuksakligi va aqli rasoligi muhim rol o’ynaydi. Chunki har bir alohida kishining hayoti, faoliyati, uning o’zi uchun ham real hayot, real faoliyatdir. Bundagi har bir kishining o’z tanasi , o’z ruhiyati, o’tmishi, hozirgi va kelajagiga nisbatan alohida reallik; alohida kishining individual 17 ongi, his-tuyg’ulari va fikrlari ham o’z –o’ziga, boshqa kishilar, bir butun insoniyat ongiga, his-tuyg’u va fikrlariga nisbatan ham real borliqdir. Shuning uchun ham kishi ongida uning atrofidagi butun borliq bilan birga, uning o’zining individual borlig’i ham o’z-o’zini anglash sifatida aks etgan bo’ladi.

Kishi ongini nafaqat tabiiy narsalar, shu bilan birga, barcha ma’naviy-g’oyaviy narsalar ham uning amaliy va nazariy faoliyatlarida o’zlashtirilib, haqiqiy o’ziga xos reallikni kasb etadi. Bu o’z tabiatiga ko’ra ma’naviy borliq, deyiladi.

Falsafa shunday u o`ylanadi, fikr etiladi, g`oyalar jamlanadi, to`planadi, qisqacha aytganda fikrlar isloh etiladi.

3. O`ylaymizki, har qanday noma’lum so’z mazmunini uning qanday kelib chiqishi, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, bu atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali avloddan avlodga o’tuvchi bilim va insonning o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.

Yevropada xristianlikning, Sharqda islom dinining vujudga kelishi va mustahkamlanishi natijasida o’rta asrlar falsafasi teotsentrik yunonchadan olingan bo`lib, theos – markazdan o’rin olgan xudo xususiyat kasb etdi, ya’ni Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uyg’onish davrida falsafa san’atga ya’ni estetikaga va ko’p jihatdan insonga murojaat qilindi.. Yangi davr deb nomlanuvchi XVII-XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog’landi, natijada falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o’rin oldi

Man shu davrning farzandi bo`lgan faylasuflardan biri bu Georg Wilhelm Friedrich Hegel oʻz falsafiy taʼlimotini butun Gʻarb falsafasi rivojining yakuni, deb hisoblagan boʻlsada, aslida, uni Yangi davr Yevropa falsafasi taraqqiyotining soʻnggi, yuqori bosqichi deyish mumkin. Gegel falsafiy taʼlimotida barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning tubida "olamiy ruh", "olamiy aql", "mutlaq ruh", "mutlaq gʻoya", deb atalmish mavhum ruhiy ibtido borligini asoslashga harakat qilgan. Mazkur ruhiy ibtido shuning uchun ham olamiy, mutlaqki, uning mavjudligi hech qanday boshqa narsaga bogʻliq boʻlmay, u tabiat va jamiyat vujudga kelgunicha mavjud boʻlgan. Bu maʼnoda, "olamiy", "mutlaq" ruh tushunchasi "ilohiy ong" tushunchasiga hamohang va mutanosibdir. Faylasufning eʼtirof etishicha, falsafaning mazmuni, uning ehtiyoj va manfaatlari dinning ehtiyoj hamda manfaatlari bilan tamomila mushtarak, umumiydir; dinga xos narsa abadiy haqiqat, xudo va uni anglashdir; falsafa dinni qay darajada kashf qilsa, oʻzini shu darajada namoyon etadi va aksincha, u qay darajada oʻzini namoyon etsa, dinni shu darajada kashf qiladi; din va falsafa oʻzaro mutanosibdir. Gegelning fikricha, agar Xudo dinda eʼtiqod shaklida tasavvur qilinsa, u falsafada mantiqiy yoʻl bilan bilinadi. Gegelning taʼkidlashicha, Xudo barcha narsalarda mavjud boʻlib, u faqat sof tafakkurdagina, oʻzining mohiyatiga mutanosib shaklda, mukammal namoyon boʻladi. Gegel falsafasida yakun topgan mutlaq bilim Xudoning inson timsolidagi "oʻzini oʻzi bilishdan" boshqa narsa emas.

Gegel taʼlimotida rivojlanish "triada" deb nomlanadi. Bu bosqich tezis, antitezis va sintez shaklida yuz beradi. Shunga muvofiq, mazkur falsafaning markaziy tushunchasi — "mutlaq ruh" dialektik rivojlanish jarayonida 3 bosqichni bosib oʻtadi:

1. "Mutlaq ruh" ning tabiat yaratilganiga qadar boʻlgan sof tafakkur bosqichi;

2. "Mutlaq ruh" ning tabiatga aylanishi;

3. "Mutlaq ruh" ning tabiatning inkori sifatida yana oʻziga qaytishi.

Gegel taʼlimotiga binoan olam ruhiy tabiatga ega, uning rivoji shu sababdan ham yuz beradiki, sof ilohiy tafakkurning ichki mazmuni, muayyan bosqichda, unga hech ham mutanosib boʻlmagan jismiy borliq — tabiat shakliga oʻtadi va shu bois, uning uchun mudhish holat — ziddiyat vujudga keladi. Harakat — dialektik rivojlanishning muhim tamoyili boʻlib, u ayni ziddiyatning mahsulidir. Xuddi tabiatning oʻzida ruhning undan, yaʼni oʻzining "oʻzgacha borligʻi — begonalashuvidan" yana "oʻziga qaytishi" boshlanadi. Oʻz hayotining ilk bosqichlarida hali tabiat qoʻynida boʻlgan inson ongning vujudga kelishi (fenomenologiya) natijasida oʻz mavjudligining ibtidoiy holatidan asta-sekin uzilib, koʻtarila, yuksala boshlaydi va u ruhiy mavjudot ya’ni "subʼyektiv ruh" sifatida, oʻzining bunday mohiyatini tegishli anglovchi va xohlovchi xususiyati va uning mazmuniga mos tarzda payqamas, oʻzlashtirmas ekan, ibtidosi qanday boʻlsa, shundayligicha qolaveradi.

Gegel falsafasidan bilishimiz mumkinki – "Obʼyektiv ruh" ning koʻrinishlari ijtimoiy hayot shakllari — huquq, axloq, urf-odat va davlat ham xuddi shunday tadrijiylik jarayonlarini bosib oʻtadi. Bu yerda ham boshqa joylardagidek, uchinchi bosqich o`zidan avvalgi ikkitasining omixtasi ya’ni sintezi hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda huquqiy mazmun bilan axloqiy eʼtiqodning mushtarakligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mazkur mushtaraklik davlat timsolida oʻzining oliy ifodasini topadi.

Xudo subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning biluvchi va biluvchiga bogʻliq boʻlmagan mohiyatining birligidir.

Substansiya – mohiyat va biluvchi – subʼyekt ning mutlaq aniqligini mushohada qilish, tasavvur etish va bilish, yaʼni "mutlaq ruh" ning uchta shakli "obʼyektiv ruh" ning tegishli koʻrinishlariga tayanadi. Mazkur mushtaraklik sanʼatda "mushohada" qilinadi, dinda esa "tasavvur" etiladi, faqat mutlaq ilm — falsafada u bilinadi, yaʼni ayni shu yerda pirovard maqsadga — inson cheklangan mohiyatining cheksizlikka daxldor boʻlishligiga erishiladi. Ilohiy aql bilan ana shu mushtaraklik Gegel falsafasining sir-sinoati, asl maʼnosini tashkil etadi. Gegel ning falsafiy taʼlimoti davlat va tarixni tushunish sohalariga katta taʼsir kursatdi. U umumiy jahon tarixiga "olamiy ruh" ning oʻzini oʻzi anglash jarayoni va shu bilan birga "ozodlikni anglashdagi taraqqiyot" sifatida qaraydi. Biroq ozodlik shundan iboratki, inson oʻzining "mutlaq gʻoya" bilan mohiyatan birligini biladi va oʻzini obʼyektiv ruh hosilalari hamda uning xohish-irodasi bo`lmish davlat va huquq bilan tenglashtiradi. Bu hosilalar pirovard natijada "mutlaq ruh" tomonidan vujudga keltirilgandir.

Ozod fuqaro oʻzining umumozodlik bilan jiddiy oʻxshashligini anglaydi, qonun tashqi buyruqqa oʻxshab koʻrinishini uning oʻzi biladi.

Gegel falsafasida tabiat va tafakkurning, ayni paytda jamiyat dialektik rivojlanishining poydor tamoyillari — ziddiyat, sifat va miqdor oʻzgarishlari, inkorni inkor konunlari ifodalangan.



Gegel taʼlimoti tizimining turli sohalarida Sharq, jumladan Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi, falsafasi, diniy, badiiy va umuman maʼnaviy dunyosi masalalari tegishli tarzda talqin topgan.

Shuningdek, Hegel falsafada qadimgi yunon faylasufi Platon izidan borib, mutlaq g`oyani asos deb qabul qiadi. Bu uning ob’ektiv idealistik tizimiga asos bo`ladi. Uning mutlaq g`oya fikridagi so`zlari 1817-yilda yozilgan ”Falsafiy fanlar ensiklopediyasi” asarida mujassam etgan. Hegelning “Tabiat va jamiyatning barcha hodisalari zamirida “mutlaq g`oya”, “olamiy aql yoki “olamiy aql” asos bo`lib yotadi”, degan fikrlari aynan shu asarda bayon etilgan. Uning fikricha, “mutlaq g`oya” dastlabki ibtido va u o`z faoliyatida faoldir, u o`zgarish va rivojlanishdadir. ““Mulaq g`oya” o`zining tarqqiyotida uch bosqichni mujassam etadi”, - deydi Hegel. Ya’ni: 1. “Mutlaq g`oya”ning o`z bag`rida “Sof tafakkur holatida o`sib borishi (bunda mulaq g`oya o`z asosini bir-biriga o`tib turadigan mantiqiy kategoriyalar tizimida namoyon qiladi”; 2. “Mutlaq g`oya”ning “o`zga shaklga o`zgarishi, ya’ni tabiat qiyofasida o`sib borishi, bunda aslida, tabiat rivojlanmaydi, balki bunda uning ruhiy mohiyatini tashkil etuvchi mantiqiy kategoriyalar o`z-o`zicha o`sib borishi ifodalanadi; 3. Nihoyat “Mutlaq g`oya”ning kishilar tafakkurida va jamiyat tarixida rivojlanishi, bu bosqichda “Mutlaq g`oya” insonlar va jamiyat paydo bo`lishi, uni kishilarning anglab olishi bilan o`zining asl holiga qaytadi. Hegelning fikricha, mutlaq g`oyaning o`z-o`zicha rivojlanishi va shu bilan birga, o`z-o`zining bilishi bilan oldingi holatga qaytishi bu jarayonda o`z rivojini yakunlaydi. Bundagi rivojlanish hozirgi zamon so`zi bilan aytganda, konsepsiyasi Hegel dialektikasini tashkil etadi. Hegel dialektikasining to`liq mazmunini to`liq o`zining 1812-1816 – yillarda yozgan “Mantiq fani” asarida o`z ifodasini topgan. Hegel falsafasining eng zarvorli yutug`i ayni mana shu dialektikasi bo`lib, unda dialektikaning eng muhim qonunlari va kategoriyalari bayon qilingan. Leki Hegelning mehnati bu bilan cheklanmaydi. Uning falasafadagi asosiy mehnati shundaki, u birinchi bo`lib, butun tabiiy, tarixiy va ma’naviy jarayonni yaxlit bir g`oyaviy retsept shaklida tushuntirib berdi. “Mutlaq g`oya”ni tinimsiz harakat, o`zgarish, rivojlanish, bir holatdan ikkinchi holatga o`tib turishini tekshirdi hamda bu harakat, o`zgarish, rivojlanishlarning o`zaro ichki bog`lanishi va ziddiyatlarini ochishga urindi. Hegel nemis mumtoz falsafasida Kant g`oyalari ila ilgari surilgan dialektik qarashlarni ilgari surib, ya’ni rivojlantirib, o`zining dialektik modelini kashf etdi. Uning bu modeliga ko`ra, dunyo ruhining harakat o`zgarish va rivolanish manbai uning ichki qarama-qarshiligidadir. Shu ichki qarama-qarshiliklar asosida ruh doim harakat, o`zgarish, rivojlanish jarayonida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o`tib, g`oyalar shaklida o`z-o`zini yangilab, tug`dirib, ifodalanib turadi. Hegelning fikricha, tafakkur va aql o`z rivojini turli bosqichi sifatida turli tamoyillarni, turli kategoriyalarni vujudga keltiradi. Bu tamoyillar va kategoriyalar sof aqlning turli bosqichlari, oddiy predmet va hodisalarga nisbatan birlamchi, ularning mazmuni bo`lib, ularning tub mohiyatini tashkil etadi. To`g`ri, Hegelgacha ham jahonning turli mamlakatlaridagi kuchli faylasuflarning asarlarida dialektikaning elementlari va shu asnoda yozgan asarlari albatta uchraydi. Yuzaki qaraganda, Hegel va ular o`rtasida farq yo`qdek go`yo. Lekin bu sohaning ich-ichiga kirar ekanmiz, biz turfa hillikni ko`rishga muyassar bo`lamiz.

Hegelning ulardan farqi nimada ekan?

Hegelning xizmati shundaki, u o`z davridagi tabiatshunoslik, ijtimoiy-gumanitar bilimlar yutuqlarini umumlashtirib, birinchi bo`lib dialektik uslubni ishlab chiqdi. Bu izlanishda Hegel dialektikada uch asosiy qonuni va hamma kategoriyalarni ta’riflab berdi. Bundan yana shu ham inson e’tiborini tortadiki, Hegel qarashicha, dialektika, uning qonunlari va kategoriyalari umumiy bir yo`lga ega bo`lib, ular borliqning hamma sohalarida o`z ifodalarini topadi.

Bugungi zamon nafasi, talab va doiralaridan kelib chiqib shuni aytish joizki, Hegelning Dialektik modeli o`z davri falsafiy fikrining eng katta mehnati bo`lgan bo`lsa ham, u bir tomonlama, faqat tafakkurga g`oyatda mos dialektikadir.

Bunday fikr yuritilsada, Hegel falsafasi, uning dialektik uslubi kelgusi davr insoniyat falsafiy fikri rivojiga sezilarli darajada hissa qo`shadi.

Falsafa bu – fikr bilan qurshab olingan davrdir. Ya’ni Faylasuflar tafakkuri ular yashayotgan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan belgilanadi.

Georg Wilhelm Friedrich Hegel

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1. O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 2000-2005 – yillar;



2. Gunnar Skirbekk, Nils Gile. Falsafa tarixi T-;2002 y;

3. S.Yo`ldoshev. Yangi va eng yangi davr Yevropa falsafasi. T-;2002 y.
Download 182,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish