Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
2.3.5. Oʻqish faoliyatini boshqarish 
Ta’lim  jarayonida  oʻzlashtirishning  muvaffaqiyati  quyidagilarga 
bogʻliq: 1. Ta’lim mazmuniga. 2.Oʻquv rejalari, dasturlari, dasrliklar va oʻquv 
qoʻllanmalarining  mavjudligiga;  3.  Ta’lim  metodikalarini  takomillashganligi;              
4. Oʻqituvchi mahoratiga; 5. Oʻquvchining individual psixologik xususiyatlari. 
Tadqiqotlar  shuni  koʻrsatadiki,  turli  individual  tipologik  xususiyatlarga  ega 
oʻquvchilar  uchun  ta’limning  yagona,  qulay,  optimal  sharoitlarini  yaratish 
mumkin  emas.  Ammo  oʻzlashtirishning  samaradorligini  oshirishda  muammoli 
ta’lim, noan’anaviy ta’lim usullarini qoʻllash muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim 
oluvchilarning  ta’lim  faoliyatiga  koʻra  ta’limning  quyidagicha  metodlari 
ajratiladi:  1.  Tushuntiruv-koʻrsatmalilik  metodi  -  bu  metod  reproduktiv  metod 
boʻlib,  unda  faoliyat  oʻqituvchi  tomonidan  olib  boriladi.  Oʻquvchilar  ta’lim 
jarayonida  bilim  oladilar,  tanishadilar.  Bu  metod  juda  keng  tarqalgan 
metodlardan  biri  boʻlib,  uni  takomillashtirilgan  usullari  mavjud,  bu  - 


131 
 
programmalashtirilgan  ta’limdir.  2.  Reproduktiv  metodda  oʻquvchi  faoliyat 
koʻrsatib,  unda  oʻquvchiga  berilayotgan  bilimni  qayta  xotirada  tiklab,  olingan 
bilimni  nusxa  sifatida  qabul  qiladi.  3.  Muammoli  ta’lim  metodi  -  oʻqituvchi 
tomonidan  tashkil  etilib,  u  produktiv  xarakterga  egadir.  Ushbu  metod  orqali 
oʻquvchi  bilim  va  malakalarini  shakllantiradi.  Ushbu  metodning 
takomillashtirish yoʻllaridan biri ishchan oʻyinlarni tashkil etishdan iboratdir. 4. 
Qisman  izlanish  metodi.  Oʻqituvchi  nazorati  ostida  tashkil  etiladigan  metod 
boʻlib,  u  produktiv  xarakterga  ega,  bunda  oʻquvchi  ijod  qiladi.  5.  Tadqiqot 
metodi.  Oʻqituvchi  ilm  yordamisiz  tashkil  etiladigan  ta’lim  metodi  boʻlib,  u 
oʻquvchining  mustaqil  izlanishi,  fikrlashi  va  bilimlar  transformatsiyasini  talab 
etadi.  Oʻqituvchi  oʻzining  pedagogik  vazifalarini  bajarishda  oʻquv  materiallar 
turlarini  tizimlashtirish  uchun  maqsadli  shakllar,  samarli  usullar,  oqilona 
uslublar  va  ta’limning  kengroq  maqsadga  yoʻnaltirilgan  vositalaridan 
foydalanadi. Shunday qilib u ta’lim oluvchilarni oʻquv materialini qabul qilishga 
tayyorlaydi,  ularni  toʻliq  mutaxassislik  va  oʻquv  fanlariga  kasbiy  qiziqishi  va 
bilish  faolligini  rivojlantiradi.  Bir  vaqtning  oʻzida  oʻqituvchi  tinglovchi  va 
kursantlarning mustaqil ravishda bilimlarga erishishlarini, shuningdek, oldilarida 
turgan  kasbiy  faoliyatdagi  koʻnikma  va  malakalarni  egallashga  oʻrgatadi.  U 
ta’lim  oluvchilarning  ishlarini  tahlil  qiladi,  oʻzining  pedagogik  faoliyati 
natijalarini  tanqidiy  baholaydi  va  dasturiy  materiallarni  oʻzlashtirishni 
tekshirishni amalga oshiradi. Bu kompleks oʻzaro bogʻliq vazifalarni hal etishda 
oʻqituvchi  oʻquv-  tarbiyaviy  jarayonda,  tashkilotchi  va  tarbiyachi,  pedagog 
sifatida namoyon boʻladi. 
Strategiyalardan  birini  oʻqituvchilar  koʻpincha  foydali  deb  bilishadi,  u 
oʻqituvchilarga  samarali  oʻquv  tadbirlarini  tanlash  va  ishlab  chiqish,  oʻquv 
mazmunini  tizimli  tashkil  etish  imkonini  beradi.  Ta’lim  jarayonini  tashkil 
etishda  keng  qoʻllaniladigan  ramka(chegara)lardan  biri,  masalan    pedagog 
Bendjamin  Blum  tomonidan  taklif  etilgan  tasniflash  sxemasidir.      U  ta’limiy 
maqsadlar taksonomiyasi degan ancha salmoqli nom bilan ataladi. 
(Blum  va  boshq.  1956.  Anderson&Krathwohl,  2001).  Blum 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish