Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


motivatsiyani tushunishni 3 bosqichga boʻlinishini talab qildi



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

motivatsiyani tushunishni 3 bosqichga boʻlinishini talab qildi
 
avtonomiya – hulqda tashqi majburlikning erkin his qilishning ehtiyoji; 
 
iste’dod – mahoratli yoki uddalay olishni his qilish ehtiyoji; 
 
qarindoshlik  –  boshqalar  bilan  bogʻlangan  yoki  inkor  qilingan 
hissiyotlarga ehtiyoj.  


127 
 
Ta’lim  jarayonida  oʻquvchilarning  bilishga  qiziqishlari  gʻoyat  katta  rol 
oʻynaydi. Ma’lumki, qiziqish oʻquvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni, 
biror  faoliyatni  tanlash  munosabati  va  yoʻnalishidir.  Ma’lumki,  psixologiyada 
qiziqishning  ikki  turi  oʻquvchilarning  ta’lim  jarayonida  aniqlanadi.  Birinchisi, 
bevosita  qiziqish,  ikkinchisi  bilvosita  qiziqish.  Har  bir  oʻqituvchi  o  ‘z 
oʻquvchilarida oʻz faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat 
qiladi.  Qiziqishlar  orqali  oʻquvchilarda  ta’limga  aktiv  munosabat  namoyon 
boʻladi. Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning oʻzi uchun qimmatli yoki yoqimli 
boʻlgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir.  Qizikishlar shaxsning 
muhim  va  individual  xususiyatlaridan  biri  boʻlib  hisoblanadi.  Qiziqishlar 
oʻquvchilar hayotida katta rol  oʻynaydi. Ular oʻquv faoliyatini faollashtiruvchi 
asosiy  turtkilar  -  motivlaridir.  Qiziqishlar  ta’lim  maskanlari  oʻquvchisiga  fan 
asoslarini  durustroq  oʻzlashtirib  olishlariga,  aqliy  qobiliyatlarning  oʻsishiga, 
bilim  doirasining  kengayishiga  imkon  beradi.  Oʻqituvchilarning  vazifasi 
oʻquvchini  dastlab  qiziqtirib  qolgan  ishning  oʻzi  bilan  shugʻullanishga  majbur 
qilish  emas,  balki  undagi  qiziqishlarni  chuqurlashtirish  va  kengaytirish, 
ta’sirchan  qilish,  qiziqishlarining  markaziga  aylanib  qolgan  faoliyat  bilan 
shugʻullanish  istagiga,  mayliga  aylantirishdir.  Oʻquvchilarning  muayyan 
maqsadni  koʻzlab  ish  tutishida,  qiyinchiliklarni  yenga  olishida,  ishdan 
chalgʻitadigan narsalar bilan shugʻullanishdan oʻzini tiya olishida, unda oʻqishga 
ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon boʻladigan iroda ta’lim jarayonida alohida 
ahamiyat  kasb  etadi.  Umumiy  psixologiya  kursidan  ma’lumki,  iroda  bu 
shaxsning oʻz oldiga qoʻygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish uchun 
intilishi, maqsad yoʻlida ma’lum bir qarorga kelish tezligi va uni oʻz vaqtida ijro 
etishi bilan belgilanadigan sifatidir.  
Ta’lim  jarayonida  oʻquv  materialiga  boʻlgan  diqqatning  barqaror 
boʻlishida irodaviy zur berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta’limda iroda 
oʻquvchida  oʻquv  maskani  va  uyda  oʻtkaziladigan  mashgʻulotlarga  tayyor 
turishda  namoyon  boʻladi.  Oʻquv  materialini  oʻrganish,  eslab  qolish  va 
oʻquvchining irodaviy zoʻr berishganiga bogʻliq. Iroda oʻquvchilarning fikrlash 
faoliyatlarida  -  masalani  yechishga,  qoʻyilgan  savolga  javob  topishga  va 
hokazolarga  intilishida  namoyon  boʻladi.  Ular  oʻquvchilarda  koʻnikma  va 


128 
 
malakalarni  hosil  qilishda  ham  tarkib  topadi.  Psixologlar  olib  borgan 
tadqiqotlarda  oʻquvchilar  tomonidan  berilgan  materialning  oʻzlashtirilishi koʻp 
jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bogʻliqdir.  
 
Irodaviy aktivlik ta’limning  zarur shartidir. Ta’lim muassasasidagi ta’lim 
jarayonining  oʻzi  oʻquvchilardan  irodaviy  oʻstirish  omillaridan  biridir.  Bunda 
oʻquvchilarning  kundalik  rejimi,  oʻqish  va  oqilona  dam  olishni  bir-biri  bilan 
toʻgʻri  almashtirib  turish  katta  rol  oʻynaydi.  Ta’lim  jarayonida  bilish 
jarayonlarini  shakllantirishga  alohida  e’tibor  berish  lozim.  Zero,  bilish 
jarayonlari  juda  murakkab  faoliyat  boʻlib,  unda  jonli  mushohadadan  abstrakt 
tafakkurga,  abstrakt  tafakkurdan  amaliyotga  oʻtiladi,  ana  shundan  soʻng 
ob’yektiv haqiqat bilib olinadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, idrokni tarkib 
toptirishda  oʻquvchilarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olish  nihoyatda 
muhimdir.  Chunki,  fazoni,  vaqtni  va  harakatlarni  idrok  etishda  ham  yosh 
xususiyatlarda turli farqlar mavjud boʻladi.  
Ta’lim  olish  jarayoni  insondagi  motivlar  bilan  bevosita  bogʻliq  boʻlib, 
uning  mohiyati  -  inson  xulq-atvorining  ichki  barqarorligi,  harakatga  undovchi 
tushunchada ifodalanadi. Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik 
boshqarishning  dinamik  jarayoni  boʻlib,  unga  tashabbus,  yoʻnalganlik 
tashkilotchilik,  qoʻllab-  quvvatlash  kiradi.  Ta’lim  jarayonida  oʻqish  motivlari 
"nima  uchun?",  "nimaga?",  "qanday  maqsad  bilan?"  kabi  savollar  asosida 
yuzaga  keladi.  Motivlar  birinchidan,  oʻquv  faoliyatiga  undasa,  ikkinchidan, 


129 
 
maqsadga erishish uchun zarur yoʻl va usullar tanlashga yordam beradi. Oʻquv 
faoliyatida  oʻquv  motivlar  oʻquvchilar  tomonidan  tanlanib,  ular  oʻquvchining 
maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bogʻliq boʻladi.  
Yosh  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  xolda  oʻquv  motivlari  turli  yosh 
davrlarida turlicha boʻladi. Oʻquv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjud 
boʻlib,  ularga  quyidagilar  kiradi:  1.  Ichki  manbalar.  Ular  insoniy  tugʻma  yoki 
orttirilgan  ehtiyojlari  bilan  belgilanadi.  Ulardan  eng  muhimi  tugʻma 
informatsiyaga boʻlgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy, 
ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi. 2. Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot 
shart-sharoitlari  bilan  belgilanadi.  Imkoniyatlar  -  shaxs  faoliyatini  belgilovchi 
ob’yektiv shart-sharoitlardir. Masalan, bolaning undan boy kutubxona uni kitob 
oʻqishga  undaydi.  3.  SHaxsiy  manbalar:  bu  shaxsning  qadriyatlari  sistemasi 
ustanovkalari  gʻoyalaridir.  Bu  manbalar  har  bir  shaxs  faoliyatida  u  yoki  bu 
darajada  mavjud.  Ularning  barchasi  faoliyatning  ketishiga  ta’sir  etib  ta’lim 
jarayonining  motivatsiyasini tashkil etadi.  

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish