Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Oʻquv faoliyatining psixologik mohiyati



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
2.1.2. Oʻquv faoliyatining psixologik mohiyati 
Oʻqitish(ta’lim)da muammolar mavjudmi? 
Ta’limot oʻtmishdan farq qiladimi? Qanday?   Bu muammo juda muhim 
ahamiyatga  ega.  Chunki,  birinchidan,  ta’limning  mazmuni  nihoyatda 
murakkablashib,  xajmi  esa  gʻoyat  kattalashib  ketgan.  Uning  muvaffaqiyatli 
oʻzlashtirilishiga erishish uchun oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini kuchaytirishi 
lozim.  Ijobiy  tuygʻular  oʻquv  mehnatining  samaradorligiga  kuchli  ta’sir  etadi. 
Hafsala bilan bajarilgan begʻaraz munozara paydo boʻladi, bahslashiladi, befarq 
qaragan  yoki  undan  ham  beshbattar,  salbiy  munosabatda  boʻlishgan  ishga  esa 
hech  qanday  xafsala  boʻlmaydi.  Jamiyatimizdagi  mehnat  -  ijod,  quvonch 
manbai.  Oʻquv  maskani  oʻquvchilarida  oʻquv  mehnatiga  ijodiy  munosabat 
uygʻotib,  mehnatning  xaqiqiy  ijodga,  quvonch  manbaiga  aylanishiga 
koʻmaklashishi kerak. 
Qadimda  greklar  juda  ajoyib  iborani  qoʻllaydilar:  "Talaba  -toʻldirilib 
turilishi  kerak  boʻlgan  idish  emas,  balki  yoqib  turilishi  lozim  boʻlgan 
mash’aldir". Bu fikrning tagida chuqur ma’no bor. Zero, oʻqituvchi biz yuqorida 
ta’kidlab oʻtgan ta’lim  metodlari muammoli ta’lim, qisman izlanish metodi va 
tadqiqot  metodlaridan  keng  qoʻllanishi  kerak.  Ta’lim  jarayonini  bugungi 
                                                 
1
 Kelvin Seifert Educational Psychology 2009. 12-bet. 
 


90 
 
kundagi  asosiy  talablaridan  biri  erkin  fikrlovchi,  mustaqil  tafakkurga  ega 
boʻlgan  shaxsni  shakllantirish  boʻlib,  yuqorida  aytib  oʻtgan  metodlardan 
foydalanish  uchqunlardan  katta  mash’allar  paydo  boʻlishini  ta’minlab  beradi. 
Ta’lim  jarayonida  oʻquvchilarning  bilishga  qiziqishlari  gʻoyat  katta  rol 
oʻynaydi. Ma’lumki, qiziqish oʻquvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni, 
biror  faoliyatni  tanlash  munosabati  va  yoʻnalishidir.  Ma’lumki,  psixologiyada 
qiziqishning  ikki  turi  oʻquvchilarning  ta’lim  jarayonida  aniqlanadi.  Birinchisi, 
bevosita  qiziqish,  ikkinchisi  bilvosita  qiziqish.  Har  bir  oʻqituvchi  oʻz 
oʻquvchilarida oʻz faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat 
qiladi.  qiziqishlar  orqali  oʻquvchilarda  ta’limga  aktiv  munosabat  namoyon 
boʻladi. Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning oʻzi uchun qimmatli yoki yoqimli 
boʻlgan  muayyan  narsa  yoki  hodisalarga  munosabatidir.  Qizikishlar  shaxsning 
muhim  va  individual  xususiyatlaridan  biri  boʻlib  hisoblanadi.  Qiziqishlar 
oʻquvchilar hayotida katta rol  oʻynaydi. Ular oʻquv faoliyatini faollashtiruvchi 
asosiy  turtkilar  -  motivlaridir.  Qiziqishlar  ta’lim  maskanlari  oʻquvchisiga  fan 
asoslarini  durustroq  oʻzlashtirib  olishlariga,  aqliy  qobiliyatlarning  oʻsishiga, 
bilim  doirasining  kengayishiga  imkon  beradi.  Oʻqituvchilarning  vazifasi 
oʻquvchini  dastlab  qiziqtirib  qolgan  ishning  oʻzi  bilan  shugʻullanishga  majbur 
qilish  emas,  balki  undagi  qiziqishlarni  chuqurlashtirish  va  kengaytirish, 
ta’sirchan  qilish,  qiziqishlarining  markaziga  aylanib  qolgan  faoliyat  bilan 
shugʻullanish  istagiga,  mayliga  aylantirishdir.  Oʻquvchilarning  muayyan 
maqsadni  koʻzlab  ish  tutishida,  qiyinchiliklarni  enga  olishida,  ishdan 
chalgʻitadigan narsalar bilan shugʻullanishdan oʻzini tiya olishida, unda oʻqishga 
ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon boʻladigan iroda ta’lim jarayonida alohida 
ahamiyat  kasb  etadi.  Umumiy  psixologiya  kursidan  ma’lumki,  iroda  bu 
shaxsning oʻz oldiga qoʻygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish uchun 
intilishi, maqsad yoʻlida ma’lum bir qarorga kelish tezligi va uni oʻz vaqtida ijro 
etishi bilan belgilanadigan sifatidir.  
Ta’lim  jarayonida  oʻquv  materialiga  boʻlgan  diqqatning  barqaror 
boʻlishida irodaviy zur berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta’limda iroda 
oʻquvchida  oʻquv  maskani  va  uyda  oʻtkaziladigan  mashgʻulotlarga  tayyor 
turishda  namoyon  boʻladi.  Oʻquv  materialini  oʻrganish  -  eslab  qolish  va 


91 
 
oʻquvchining irodaviy zoʻr berishganiga bogʻliq. Iroda oʻquvchilarning fikrlash 
faoliyatlarida  -  masalani  echishga,  qoʻyilgan  savolga  javob  topishga  va 
hokazolarga  intilishida  namoyon  boʻladi.  Ular  oʻquvchilarda  koʻnikma  va 
malakalarni  hosil  qilishda  ham  tarkib  topadi.  Psixologlar  olib  borgan 
tadqiqotlarda  oʻquvchilar  tomonidan  berilgan  materialning  oʻzlashtirilishi koʻp 
jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bogʻliqdir. Irodaviy aktivlik ta’limning zarur 
shartidir.  Ta’lim  muassasasidagi  ta’lim  jarayonining  oʻzi  oʻquvchilardan 
irodaviy  oʻstirish  omillaridan  biridir.  Bunda  oʻquvchilarning  kundalik  rejimi, 
oʻqish  va  okilona  dam  olishni  bir-biri  bilan  toʻgʻri  almashtirib  turish  katta  rol 
oʻynaydi. Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e’tibor 
berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda  murakkab faoliyat boʻlib, unda jonli 
mushohadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga oʻtiladi, ana 
shundan soʻng ob’yektiv haqiqat bilib olinadi.   Binobarin, biz birinchi navbatda 
koʻrib chiqishimiz lozim boʻlgan narsa oʻquv materalini idrok qilish jarayonidir. 
Umumiy  psixologiya  kursidan  ma’lumki,  idrok  bu  narsa  va  hodisalarni  sezgi 
organlariga  ta’sir  etishi  natijasida  ularning  kishi  psixikasida  yaxlit  obrazini 
paydo  boʻlishi  boʻlib,  idrok  etish  jarayoni  ta’limda  turli  formalarda 
oʻqituvchining  ogʻzaki  xikoya  qilishida,  suxbat  oʻtkazishda,  leksiya  oʻqishida, 
koʻrgazmali  qurollar  koʻrsatish,  ekskursiyalar  oʻtkazish,  axborot  va  pedagogik 
texnologiyalaridan  foydalanish,  oʻquvchining  oʻziga  darsliklar  hamda  boshqa 
qoʻllanmalarni oʻqitish tarzida oʻtishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 
idrokni  tarkib  toptirishda  oʻquvchilarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olish 
nihoyatda  muhimdir.  Chunki, fazoni, vaqtni va  harakatlarni idrok  etishda ham 
yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud boʻladi.  
Biz  bu  energiyalarini  motivatsiya  termini  yoki  bazida  oʻrganish  uchun 
motivatsiya  deb  ataymiz.  Koʻrib  turganimizdek,  motivatsiyadagi  turli-
tumanliklar  sinfxonalardagi  tafovutning  muhim  sababi  avvalgi  bilimlarni, 
qobiliyatni,  oʻqishdagi  rivojlanishni  farqlashda  taqqoslanuvchi  ahamiyat  kasb 
etadi.  Maktabdagi  oʻqish  vaqti  kelganida,  aksariyat  hollarda,  oʻquvchilarning 
motivatsiyasi muhim rol oʻynaydi, chunki oʻquvchilarning oddiy darsda ishtirok 
etishlarini  oʻzlari  xohlashlari  kafolatlanmagan  (albatta).  Bu  oʻquvchilarning 


92 
 
yosh  odamlarni  maktabga  borishini  talab  qiluvchi  jamiyatda  yashashlarining 
belgisidir. 
Zamonaviy  ta’lim  majburiy  boʻlar  ekan,  oʻqituvchilar  oʻquvchilarning 
oʻqish  uchun  motivatsiya  hosil  qilishga  ishontirish  mas’uliyatini  oladilar. 
Qanday  qilib  boʻlsa  ham  oʻqituvchilar  oʻquvchilarning  qilishi  shart  boʻlgan 
ishlarini  xohlab  bajarishga  koʻndirishlari  shart.  Tushunish  va  oʻquvchilarning 
oʻqish  borasida  motivatsiyalariga  ta’sir  koʻrsatish  bu  bobning  eng  asosiy 
maqsadidir. Baxtimizga, koʻrib turganimizdek, oʻquvchilarning tanlovini, orzu-
havasini  va  urinishlarini  hurmat  qilishni  amalga  oshirish  uchun  yoʻllar  bor. 
Motivatsiyaning  oʻziga  oʻxshab  uning  nazariyalari  ham  turli-tumanlikka  toʻla. 
Farqlardagi  tafovutlarni  ajratish  uchun,  quyidagi  asosiy  motivlar  nazariyasini 
koʻrib chiqamiz.   
(1)-maqsadni belgilovchi motivlar; 
(2)-qiziqish motivlari; 
(3)- muvaffaqiyat eltuvchi yoki qochuvchi motivlari;  
(4)- ishonch motivlari; 
(5)- irodaviy  motivlar deb ataymiz. 
1
 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish