80
II BOB. KASBGA OʻQITISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
2.1. Oʻqitishning rivojlanish tarixi
Kasbiy psixologiya 1800-yillarda yaratilganidan buyon mustaqil fan
sohasida ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdi. 2-jahon urushidan buyon
psixologiyaning talablarida olimlarning klinik amaliyotlari juda ham yaxshi
muvaffaqiyatlarga erishdi. 1961-yillarda Amerika Psixologlari Assotsiyasining
soʻnggi prezidenti E.L.Kelly Professional psixologlar uchun 1-ruxsatnomani
Amerika Qoʻshma shtatlarida qabul qilingan.
1
Hozirgi davrda kasbiy psixologiyaning muhim vazifalaridan biri - oʻquv
maskanidagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini
ishlab chiqishdan iborat boʻlib, bu xil yangi ta’lim dasturiga oʻtish munosabati
bilan bogʻliqdir. Kasbiy ta’lim psixologiyasi shu bilan birga oʻquvchilar
shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning oʻquvchilarga
koʻrsatadigan ta’sirini oʻrganadi hamda oʻquvchilarning oʻz-oʻzini
tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi. Sрuningdek, kasbga
oʻqitishning asosida oʻqituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlari
ham oʻrganiladi. Bunda oʻqituvchining ta’lim–tarbiya ishlaridagi yutuqlarni
ta’minlovchi sifatlariga urgu berish bilan birga, uning bilim, koʻnikma, malaka
va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari
aniqlanadi. Kasbiy psixologiya fanini oʻrganish ham nazariy, ham amaliy
ahamiyatga ega boʻlib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy
tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada
tuplangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi,
rivojlanishi, oʻzgarishi yuzasidan bahs yuritadi.
Ta’lim va tarbiya bilan bogʻliq dastlabki pedagogik-psixolgik
mazmundagi asarlar XIX asrning boshlarida vujudga kelgan boʻlishiga qaramay,
uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va karor topish yuli ancha murakkab
kechgandir. Oʻtmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini,
muayyan ilmiy yoʻnalishda oʻrganmagan boʻlsalar-da, biroq allomalarning
qoʻlyozmalarida mazkur holatlarning namoyon boʻlishi, inson kamoloti
1
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 1-bet.
81
borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi. Jumladan,
Abu Nasr Forobiy pedagogik faoliyat masalalarini va ular bilan bogʻliq boʻlgan
psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy xal etishda insonni har tomonlama
yaxlit va oʻzaro oʻzviy bogʻliq boʻlgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy
mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha
inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tugʻilishda mavjud, lekin aqliy bilimi,
ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy hislatlari, harakteri, dini, urf-odatlari,
ma’lumoti tashki muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga
keladi, inson oʻz faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning
aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng etuk maxsuli boʻladi, deb ta’kidlaydi.
Oʻqituvchi shaxsining psixologik xususiyatlari masalasida Abu Nasr Forobiy:
―Oʻqituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqga ega boʻlishi va oʻquvchilarga
aytmoqchi boʻlgan fikrlarini toʻla va aniq ifodalay olishni bilmogʻi zarur‖,
―Oʻqituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga oʻxshaydi,
shu sababli oʻqituvchi eshitgan va koʻrganlarining barchasini eslab qolishi, aql-
farosatga, chiroyli nutqga ega boʻlishi, oʻquvchilarga aytmoqchi boʻlgan
fikrlarini toʻla va aniq ifodalab berishni bilmogʻi lozim. Shu bilan birga oʻz or-
nomusini qadrlashi, adolatli boʻlishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning
yuksak darajasiga ega boʻladi va baxt choʻqqisiga erishadi , deb ta’kidlaydi.
Oʻqitishning afzallik jihatlari.
Nega oʻqituvchi boʻlmoqchisiz? Javoblar qisqa va oson:
yoshlardagi oʻsishning turli-tumanligi va oʻrganishdan ularning
quvonchlariga guvoh boʻlasiz
oʻzingiz va boshqalar uchun butun hayot davomida oʻqib-oʻrganishni
ta’minlash
fikrlash va qiziqarli qilish , yoshlar uchun hayot faoliyatini yuzaga
keltirish uchun boʻlgan chaqiriqlarni oʻz tajribasiga koʻra bilish
Bu yerda albatta, oʻqitishning yuqorida aytib oʻtilgan qiymatlaridan
tashqari boshqa koʻproq jihatlar ham bordir. Masalan, tasavvur qiling, “yoshlar”
yuqoridagilardan foydalanishlari mumkin. Ular bir sinfning oʻzida olti yosh
boladek, boshqasida oʻn olti yosh yoki undanda katta boladek tutishlari mumkin.
Ular boy yoki kambagʻal yoki qandaydir boshqacha iqtisodiy sharoitda
82
boʻlishlari mumkin. Ular turli etnik qatlamlardan kelib chiqqan boʻlishlari
mumkin. Ularning birinchi tillari ingliz tili yoki boshqa til boʻlishi mumkin. Bu
yerda barcha turdagi ehtimolliklar mavjud. Lekin muayyan turdagi talabalar kim
boʻlishidan qat’i nazar ular inson boʻlishda imkoniyatlari bor: iqtidorlar va
shaxsiy xususiyatlar oxirigacha ehtimol amalga oshirilmagandir, rahbar va
mutaxassislarning yoki boshqalarning tarafdorlarining jamiyatdagi ishtirokini
oshirish. Oʻqituvchining ishi – aslida Oʻqituvching majburiyatlaridir, va unga
oʻziga xos boʻlgan yoshlarning imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish kiradi.
1
Abu Rayxon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei,
inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik
va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uygunlik
tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni
tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi.
Beruniy ta’lim jarayonining mohiyatiga chuqur kirib borib, bolalarning
yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan oʻqitish samarali boʻlishini
uqtiradi. Beruniy pedagog ijodida inson va uning baxt–saodati, ta’lim–tarbiyasi,
kamoloti bosh masala boʻlgan. Oʻrta asrda yashab, ijod etgan donishmand,
tabobat ilmining doxiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va kalbning
birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning
tarmoklanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar
tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha:
―...Oʻqituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgoʻy va bolani tarbiyalash
metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam boʻlmogʻi lozim.
Oʻqituvchi oʻquvchining butun ichki va tashki dunyosini oʻrganib, uning aql
qatlamlariga kira olmogʻi lozim.
Yusuf Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri - komil insonni
tarbiyalashdir. U oʻz asarlarida eng komil, jamiyatning oʻsha davrdagi
talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan boʻlsa, shu
asosda u oʻz tamoyillarini izchil bayon etadi. «Qutadgʻu bilig» («Saodatga
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009, 8-bet.
83
yoʻllovchi bilim») asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yoʻl–
yoʻriqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini oʻzida mujassamlashtirgan, ahloq va
odobga doir ma’naviy manbadir. Abduraxmon Jomiyning «Bahoriston»,
«Xirandnomai Iskandari», «Tuhfat-ul-axror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat,
ta’lim-tarbiya, kasb- xunar oʻrganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari
ifodalangan. Ta’lim va tarbiya jarayonida tarbiyachi va oʻqituvchi shaxsi eng
muhim omil boʻlganligi tufayli Nasriddin Tusiy ―Oʻqituvchilarni tarbiyalash
toʻgʻrisida degan asarida shunday ifodalaydi: ―Oʻqituvchi munozaralarni olib
borishni, rad etib boʻlmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, oʻz fikrlarining
toʻgʻriligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan
boʻlishi lozim... Oʻqituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali,
qoʻpol yoki qattiq boʻlishi mumkin emas. Dars paytida oʻqituvchi oʻzini tuta
olmasligi ishni buzishi mumkin....
Alisher Navoiyning «Xazoyin-ul-maoniy», «Maxbub-ul-qulub» va boshqa
shu singari asarlarida etuk, barkamol insonning ahloqi, ma’naviyati, oʻzgalarga
munosabati, iste’dodi va qobiliyati toʻgʻrisida qimmatli mulohaza lar yuritilgan.
Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning karor topishi uchun muhim
ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. SHu bilan birga oʻqituvchi mexnatini
xolisona baholab: ―Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga)
qulluq qilsa arziydi‖, deydiki, bu orqali ta’lim va tarbiya jarayonidagi oʻqituvchi
shaxsining markaziy shaxs sifatida koʻradi. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh
avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning
iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohaza lari alohida oʻrin
egallaydi. Navoiy «Hamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat’iyatlilik,
itoat, insonparvarlik tuygʻulari, ijodiy hayolot, insonning murakkab ichki
kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek, bu borada Mahmud Qoshgʻariy,
Ulugʻbek, Naqshbandiy, Ogahiy singari buyuk Sharq mutafakkirlarining yoshlar
tarbiyasiga, oʻqituvchi, tarbiyachining jamiyatdagi oʻrni, ahloq-odob, fe’l-atvor,
oilaviy hayot, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida
ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin.
Nimani oʻrgatishingizdan qat’i nazar siz yangi gʻoya va qobiliyatlarni
samarali bogʻlovchi murakkab faoliyatlarni loyihalash va instrumentlashdan
84
qoniqish hosil qilishga tayyor boʻlishingiz kerak. Musobaqalashishga boʻlgan
chaqiriqlar koʻplab oʻqituvchilarni jalb qiladi, negaki ular bu yerda toʻgʻri
mushohada yurita olishlari va san’atkorliklarini eng sodda va odatiy yoʻllar bilan
koʻrsata oladilar. Sizning talabangiz sizning rejalashtirish va boshqarish
qobiliyatingizga bogʻliq boʻladi, ular shuni qanday qila olishlarini ba’zida
oʻzlariga tasavvur qilsalar ham. Oʻqituvchilar gʻoyalarni qanday qilib tushunarli
tushuntirishni, yangi materiallarni togʻri ketma-ketlikda va muvofiq tempda
berishni, avval bilganlari va yangi oʻrganganlari orasidagi aloqalarni
yoʻnaltirishni bilishda sizga muhtojdirlar. Shunga qaramay, bu qobiliyatlar
mutaxassisdan butun umrini talab etadi, ular hatto boshlangʻich oʻqituvchilar
tomonidan muvafaqqiyatli mashq qilinishi mumkin va ular oʻqitishning darsdan
tashqari vaqtida davom ettirilib bir maromda rivojlantiriladi. Boshlanishidan
keyin toʻgʻri boʻlishiga qaramay, oʻquv kursining aloqasi va loyihasidagi
mahorat ishning asosiy “daromad”laridan biridir.
Auditoriya hayotining juda murakkabligi oʻqitishni hech qachon zerikarli
boʻlmasligini amalda kafolatlaydi. Siz hech boʻlmaganda biron-bir yangi va
havotirga soluvchi jihatlarni kutasiz ularning esa, boʻlishi shartdir. Talaba siz
koʻrishingiz mumkin boʻlmagan mohiyatni sizga koʻrsatadi yoki siz shuni sizga
koʻrsata olishiga ishonchiz komil boʻlganda muvafaqqiyatsizlikka uchraydi.
Faoliyat kutilganidan yaxshiroq yoki yomonroq yoki faqatgina boshqacha
boʻlishi mumkin. Oldinlari nega muayyan turdagi talaba oʻzini oʻzi
xohlaganidek tutishini va kelajakda talabaning oʻzini tutishini yanada foydali
qanday foydali ta’sir qilishini oʻylash boshlanganini tushundingiz. Maxsus
maqsadli oʻqitishni oʻrgatishdan soʻng, siz buni avvalgi oʻylaganlarizga
qaraganda farqli tushunganingizni va hokazolarni bir necha marotaba tasavvur
qildingiz. Ish har doim bir xil boʻlib qolavermaydi; u davomli ravishda
rivojlanib boradi. Oʻqitishda qanchalik uzoq qolsangiz, yangiliklar bilan bogʻliq
kasbingiz boʻladi.
1
Oʻquv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari
shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi.
1
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 8-bet
85
Oʻquv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon buluvchi
uzluksiz jarayondir. Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va
amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan oʻquv faoliyatida oʻsishini
ta’kidlaydi. D.B.Elkonin esa oʻquv faoliyatining xususiyatlarini koʻrsatib, uni
mohiyatiga, mazmuniga va oʻzini namoyon boʻlish shakliga koʻra ijtimoiyligini
ta’kidlaydi. Oʻquv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo
oʻquvchida oʻzgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, qurilgan
boʻlishi darkor. Bu motivlar bevosita oʻquvchi shaxsining oʻsishi va rivojlanishi
bilan bogʻliq boʻlishi kerak.
Oʻquv faoliyati ta’lim, oʻqish va oʻrganish degan tushunchalar bilan
bevosita bogʻliqdir. Ta’lim oʻqituvchi va oʻquvchi hamkorligidagi oʻquv
faoliyati, oʻqituvchining bilim, koʻnikma va malakalarini oʻquvchilarga
oʻrgatish jarayonidir. Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni,
xulq- atvorning shakllarini oʻzlashtirishga qaratilgandir. Oʻqish va oʻrgatish
tushunchalari oʻquv faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, ular bilim, koʻnikma va
malakalarni oʻzlashtirishga, oʻrgatishga xizmat qiladi. Oʻquv faoliyatining besh
elementi mavjud: 1. Oʻquv motivlari. 2. Oʻquv topshiriklari. 3. Oʻquv
harakatlari. 4. Oʻqituvchining nazorati. 5. Oʻqituvchining baholashi.
D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, oʻquv faoliyatining shakllantirilishi bu
faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta -sekinlik bilan oʻquvchining oʻziga
oʻqituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun oʻtkazilishidir. Ta’lim
jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat boʻlib, u
oʻquvchilarning oʻquv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta’lim
jarayoni besh elementdan iborat: 1. Ta’limning maqsadi - nima uchun oʻqitish
kerak? 2. Ta’limning mazmuni - nimaga oʻqitish kerak? 3. Ta’limning
metodlari, usullari va pedagogik muloqot yoʻllari. 4. Ta’lim beruvchi. 5.
Oʻquvchi.
Ta’lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu
turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur boʻlgan tashqi olamning muhim
ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning oʻzlashtirilishi: - faoliyatning ana
shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining oʻzlashtirilishiga; -
maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni toʻgʻri tanlash va
86
foydalanishga bogʻliq. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati: 1. Motivatsiya. 2.
Ma’lumot usullari. 3. Ma’lumotning tushunarliligi. 4. Xotira. 5. Ma’lumotni
qoʻllash. Ta’lim va ta’lim jarayonida bolani rivojlanish muammosi psixologik
markaziy masalalardan biridir.
Oʻquv faoliyati motivlarining paydo boʻlishi va ularni shakllantirishga
doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan boʻlib, ulardan biri: 1. Aqliy hatti-
harakatlar, bilimlar, malaka va koʻnikmalarni bosqichma- bosqich rivojlantirish
nazariyasi (P.Ya.Galperin). P.Ya.Galperin nazariyasi boʻyicha bilimlarni
oʻzlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga: 1. Motivatsiya. 2.
Tushuntirish. 3. Moddiy formadagi hatti-harakatlarni bajarish. 4. Baland ovozda
hatti-harakatlar va vazifalarni bajarish. 5. Bajariladigan hatti-harakatlarni ichki
rejada ovoz chiqarmay bajarish. 6. Faoliyatni fikran bajarish kiradi. Ushbu
nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajratiladi: - birinchi turda - hatti-
harakatlarni oʻzlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material yetarli
darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib
etmaydi; - ikkinchi turda - materialni nisbatan dadil va toʻla tushunilishi va
material bilan bogʻliq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi; - uchinchi
tur - tez, samarador va bexato hatti-harakatlarni oʻzlashtirilishini ta’minlab
beradi.
V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi
oʻquvchilarni ilmiy tushunchalarni oʻzlashtirilishini targʻib qiladi. Bunda
oʻquvchilar tomonidan ta’lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini
oʻzlashtirilishi lozim boʻlib, bu oʻz oʻrnida xususiydan umumiy bilimlarga
oʻtilishni ta’minlaydi. Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan bogʻliq boʻlib,
L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta’limda
muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir.
Ta’limning psixolik asoslari muammosi koʻpgina masalalarni qamrab
oladi. Ta’limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bogʻliq boʻladi.
Avvalo oʻquvchining oʻqishga boʻlgan munosabatiga toʻxtaylik. Bu munosabat
diqqatda, his-tuygʻularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan
yoʻlida namoyon boʻladi. Ta’lim jarayoni avvalo oʻquvchilar diqqatini yoʻlga
solishni talab etadi. Darslarda koʻrgazmali qurollardan, texnik va EXM
87
vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi.
Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga
keltirishgina emas, balki oʻquvchilarning darsda oʻtiladigan materialini idrok
etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida oʻquvchilarning
diqqati oʻzgarib turadi. Oʻqitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va
oʻquvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni
takrorlash kerak. Ta’lim jarayonining samaradorligi koʻp jihatdan oʻqituvchi
tomonidan beriladigan koʻrsatmalarga ham bogʻliq. Oʻqituvchining roli shundan
iboratki, u oʻquvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha,
nimani umrbod esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib
qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani soʻzma-soʻz esda olib
qolishni, nimaning ma’nosini oʻz soʻzlari bilan aytib berish uchun esda olib
qolish zarurligini koʻrsatib oʻtishi lozim. Kuzatishlar koʻrsatadiki, bunday
koʻrsatmalar berilmaganda, oʻquvchilarda koʻpincha notoʻgʻri tasavvurlar
vujudga keladi. Oʻqitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini
ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsional jarayon. Agar
oʻquvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuygʻu uygʻotmasa,
uni oʻquvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap oʻquvchilarning psixik
holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi
kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistiq kayfiyat oʻquv faoliyatini juda
samarali qiladi. Oʻquvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq oʻzlashtirib
oladilar.
Oʻtkazilgan tajribalarda oʻquvchilar hech qanday his-tuygʻu
uygʻotmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq
eslab qolishlarini koʻrsatadi. Oʻqituvchi oʻquv jarayonining emotsional tomoni
haqida gʻamxoʻrlik qilishi kerak.
Bu oʻrinda oʻquvchi-oʻsmirlarning oʻqishga boʻlgan motivatsiyasini
uygʻotish maqsadga muvofiqdir. Hali hech qancha boʻlgani yoʻq, Barbara Fuller
ismli oʻqituvchi boshlangʻich bosqichdagi oʻquvchilarga umumiy bilimni
oʻrgatdi va uning darslaridan biri oʻrgimchak va hashorotlar haqida edi. U
darsining bir qismi sifatida oʻquvchilardan oʻzlarining uylaridan yoki
xonalaridan hashorot va oʻrgimchaklarni qidirishini buyurgan. Ular tirik
88
mavjudotlarni maktabga olib kelishdi, oʻzlarining jurnallaridagi savollarga javob
berishdi, soʻng oʻzlarining topilmalari haqida auditoriyaga qisqacha ogʻzaki
ma’lumot berishdi. Baholash halol tarzda boʻlgandek tuyuldi, lekin, Barbara
oʻquvchilarning darsga turli xil yoʻllar bilan javob berganini aniqladi. Quyida
Barbaraning talabalarni qanday javob berganini tasvirlagani keltirilgan:
“Esimda Joze boshlashni kutib turolmadi va baholashni tugashini ham
kutib turolmadi. Har kuni u 25 xil turdagi oʻrgimchak va hashorotlarni olib
keldi. Har kuni u hashorotlarning rasmlarini oʻzining jurnaliga chizdi va ular
haqida izoh yozdi. Oxirida u 3-kurslar ichida eng yaxshi ogʻzaki namoyish
koʻrsatdi. U buni “Ular bizlardan oshib ketdi” deb atadi. Qaniydi men uni
koʻrganimda, u juda bosiq va zavqqa toʻlgan edi.
Shundan soʻng hatto uni qiziqtirmasa ham hamma narsada eng yaxshi
boʻlishni istaydigan qiz – Lindsey chiqdi. U ishni ozgina sekin – bir qancha
hashorot va bittagina oʻrgimchak olib kelgan holda boshladi. Lekin u
boshqalarning nimalar va qanchadan olib kelayotganiga koʻz tashladi. U
Jozening qancha hashorot olib kelayotganini koʻrib, oyoqlarini qoʻliga olib,
Jozening darajasiga etishishga kirishdi. U Joze olib kelganidek turli xil hashorot
olib kelish oʻrniga, koʻpdan-koʻp bir xil hashorot – deyarli 20 ta oʻlgan uy
pashshalarini olib keldi, huddi men eslaganimdek! Uning prezintatsiyasi yaxshi
edi – unga yomon baho qoʻyolmasdim, lekin u Jozenikidek yaratuvchan yoki
farosatli emas edi. Oʻylashimcha u uning materiallariga nisbatan koʻproq
baholandi.
U erda shuningdek umidsizlanayotgan Tobias bor edi. U ishini zoʻrgʻa
bajargan. Men uni boshqalarning hashorotlar kolleksiyasini va jurnallarini
koʻrayotganini payqadim. U aldamayotgan edi, men ishonaman. Shunchaki u
ishining darajasi qanday ekanligi va yutqazmaslik uchun nima qilish kerakligini
aniqladi. U aksariyat oʻquvchilarga nisbatan kamroq hashorot olib kelgan edi.
Shuningdek u jurnalidagi savollarga qisqacha javob bergan edi va eng qisqa
ogʻzaki ma’lumot berdi.
Nihoyat Zoey. U ancha shoshqaloq edi! Men uni ustidan na kulishni, na
yigʻlashni bilmasdim. U topshiriqni bajarishga qarshilik qilmadi, lekin boshqa
oʻquvchilar bilan muloqot qilishni xohladi. Shuningdek u osongina chalgʻitildi
89
va ishini namoyish qilayotgan vaqtda jurnalidagi ma’lumotlarni aytishni esidan
chiqarib qoʻydi. Mana uni nima saqlab qoldi – mana uni yuqori ball olishiga
sabab boʻldi – shuki u ishini 2 ta qiz bilan oʻzaro fikr almashib tugatdi. Qolgan 2
ta qiz topshiriqni juda ajoyib tayyorlagan – ajoyib hashorotlar toʻplami,
jurnaliga yaxshi ma’lumotlar yozilgan va ogʻzaki prezintatsiyasi ham qiziqarli
edi. Shuning uchun Zoey ular bilan suhbat qurishga urinsa, suhbat qanday yoʻl
bilan boʻlsa ham tugallandi. U qizlarga uning fikrini qoʻllab-quvvatlagani uchun
rahmat aytdi. Zoey ularning yordamisiz nima qilardi, bilmadim”.
Barbaraning xotirasi ma’lum qilishicha, oʻquvchilar ilmiy faoliyat bilan
shugʻullanishda turli xil nazariya va urinishlarni koʻrsatishdi – shaxsiy fikrlar va
urinishlar qaysiki energiyalarini turli xil yoʻllar bilan yoʻnaltirilgan.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |