Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixologik shart-



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
6.2.2. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixologik shart-
sharoitlari 
Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar jamiyatning roli juda 
kattadir.  Masalan, biror  mahallada  inson shaxsining tarkib  tpishida    faol ta’sir 
koʻrsatuvchi besh yuzta oʻziga xos ijtimoiy muhit bor, degan ma’noni bildiradi. 
Bu yerda shunday bir savol tugʻiladiki: “Tashqi muhit inson shaxsining tarkib 
topishiga qanday ta’sir qiladi?”.  
Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita 
ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi. 
Ikkinchidan,  tashqi  ijtimoiy  muhit  ta’sirining  chuqurroq,  mustahkamroq 
boʻlishiga odamning oʻzi yordam beradi. 


315 
 
Ma’lumki,  bolalar  oʻz  tabiatiga  koʻra,  ilk  yoshlik  chogʻlaridan  boshlab, 
nihoyat darajada taqlidchan boʻladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti – 
harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti – harakatlarni, yaxshi yomon 
fazilatlarni oʻzlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada, koʻcha – koʻyda, katta 
odamlarning  har  bir  harakatlarini,  oʻzaro  munosabatlarini  zimdan  kuzatib  
turadilar. Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muitninsh roli haqida 
gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab oʻtish zarurki, ayrim gʻayritabiiy hodisalar 
inson  shaxsining  tarkib  topishida  tashqi  muhit  ta’sirining  hal  qiluvchi 
ahamiyatga ega ekanligini toʻla tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam 
bolalarining  yovvoyi  hayvonlar  muhitiga  tushib  qolish  hodisasini  nazarda 
tatayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak boʻlsa ham har holda uchrab 
turadi.  Masalan,  Hindistonlik  doktor  Sing  Kalkutta  yaqinidagi  oʻrmonzorda 
boʻri  bolalari  bilan  birga  ikkita  odam  bolasining  ham  toʻrt  oyoqlab  yugurib 
yurganini  koʻrib  qoladi.  Keyin,  ularni  poylab,  qarorgohlarini  topib,  bolalarni 
olib ketadi. Ulardanbiriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom qoʻyadi. SHu 
narsa  xarakterliki,  bolalar  yoshlikdan  boʻrilar  muhitiga  tushib  qolganliklari 
tufayli, fe’l atvorlari, xatti – harakatlar jihatidan boʻrilardan farq qilmas edilar. 
Nut  yoʻq,  demak  tafakkur  ham  nihoyat  darajada  cheklangan  edi.  Juda  katta 
qiyinchiliklar  bilan  qayta  tarbiyalanayotgan  boʻri  boʻri  muhitidagi  bolalar 
shamollash  natijasida  oʻlib  qoladilar.  Bu  hodisa  odamning  shaxs  sifatida 
rivojlanishi  uchun  eng  avval  insoniy  muhit,  ya’ni  ijtimoiy  muhit  boʻlishi 
kerakligini  toʻla  tasdiqlaydi.  Shaxs  va  uning  psixologiyasiga  ta’sir  etuvchi 
ikkinchi omil ta’lim – tarbiyaning ta’siridir.  
Ma’lumki,  ta’lim  –  tarbiya  inson  ongini  shakllantiradi,  uning 
dunyoqarashi,  e’tiqodi,  hayotga 
boʻlgan 
munosabatini 
tarkib 
toptiradi.  Agar  bolalarning  ruhiy 
taraqiyotlari 
va 
shaxsiy 
xususiyatlarning tarkib topishi faqat 
ijtimoiy  muhit  bilan,  ta’lim  – 
tarbiyaning    oʻzigagina  bogʻldiq 
boʻlganda edi, unday paytda biz bir 


316 
 
xilda  sun’iy  va  aynan  bir  xil  ta’lim  –  tarbiya  sistemasini  tashkil  qilib,  har 
tomondan  bab-baravar  taraqqiy  etgan  va  deyarli  bir  xil  shaxsiy  xususiyatlarga 
ega  shaxslarni  etishtirib  chiqarar  edik.  Vaholanki,  bunday  boʻlishi  mumkin 
emas.  Shuni  aytib  oʻtish  kerakki,  bola  shaxsining  tarkib  topishiga  ta’lim 
tarbiyaning  ta’siri  deganda,  albatta,  birinchi  navbatda  tarbiya  muassasalarida, 
ya’ni  bogʻcha,  maktab,  internat,  litsey  va  kollejlarda  beriladigan  tarbiya 
tushuniladi.  Biroq,    bunday  oilada  bolaga  beriladigan  ta’lim  tarbiya  mutlaqo 
mustasno emas. Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan 
ta’lim  tarbiyaning  ham  roli  kattadir.  Bola  tarbiyasi  bilan  sistemai 
shugʻullanadigan  va  umuman  shugʻullanmaydigan  oilalarga  misol  keltirish 
mumkin.  Yuqorida  aytib  oʻtilgan  ikkita  odamdan  tashqari  uchinchi  omil  ham 
mavjudki, bu  nasliy  xususiyatlardir.  Odamga  nimalar  nasliy  beriladi?  Odamga 
nasliy  yoʻl  bilan  ayrim  anatomik  va  biologik  xususiyatlari  beriladi.  Masalan, 
tana  tuzilishi,  sochi  va  koʻzlarining  rangi,  ovozi,  gapirish  uslublari,  ayrim 
harakatlari  tugʻma  berilishi  mumkin.  Lekin,  shuni  xech  qachon  esdan 
chiqarmaslk  kerakki,  odamga  xech  vat  uning  psixik  xususiyatlari,  ya’ni  uning 
aqliy  tomonlari  bilan  bogʻliq  boʻlgan  sifatlari  nasliy  yoʻl  bilan,  ya’ni  tugʻma 
ravishda  nihoyatda  nodir  hollarda  ayrim  hollarda  ayrim  qobiliyatlar,  masalan, 
musiqa, matematik qobiliyatlar nasliy yoʻl bilan berilishi mumkin. 
Odamning  ruhiy  taraqqiyoti  va  shaxsiy  xususiyatlarining  tarkib  topishi 
haqida  gapirar  ekanmiz,  yana  bir  muhim  narsa  ustida  toʻxtalib  oʻtish  kerak. 
Hozirgi  kunda  tez  –  tez  akseleratsiya  terminini  ishlatyapmiz.  Xoʻsh, 
akseleratsiya  bu  nima?  Akseleratsiya  –  “tezlatish”  degan  ma’noni  bildiradi. 
Hozirgi  kunda  bolalarni  ham  jismoniy,  ham  ruhiy  jihatdan  juda  jadallik  bilan 
rivojlanayotganliklarining  guvohi  boʻlib  turibmiz.  Xoʻsh,  buning  sababi  nima 
boʻlishi  mumkin?  Albatta,  bunga  turli  fikrlar  mavjud.  Ayrim  olimlar 
akseleratsiyaning sababini ilmiy texnika taraqqiyoti bilan bogʻlab tushuntirishga 
intimoqdalar. Texnikaning juda jadal temp bilan rivojlanishi bilan insoniyating 
oldiga mislsiz koʻp axborotlarni idrok qilish va fikrda qayta ishlash talablarini 
qoʻyadi. Bu talab oʻz navbatida insonning har tomonlama, ya’ni ham jismoniy 
ham  psixik  jihatdan  tez  rivojlanishiga  olib  keldi.  Yuqorida  aytib  oʻtilgan 


317 
 
olimlarning fikricha, akseleratsiya – bu 20 asrning ikinchi yarmiga xos boʻlgan 
hodisadir. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish