Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

V.V.Davidov  nazariyasi.  Ushbu  nazariya 
kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni ilmiy 
tushunchalarni  oʻzlashtirilishini  tashkil 
qiladi.  Bunda  oʻquvchilar  tomonidan  ta’lim 
jarayonida  nazariy  tushunchalar  tizimini 
oʻzlashtirilishi  lozim  boʻlib,  bu  oʻz  oʻrnida  
xususiydan 
umumiy 
bilimlarga        
oʻtilishini ta’minlaydi. 
Qator  nazariyalar  muammoli  ta’lim  bilan 
bogʻliq 
boʻlib, 
L.V.Zankov 
va 


300 
 
A.M.Matyushkin  tomonidan  olib  borilgan  tadqiqotlar    ta’limda  muammoli  
darslarni tashkil etishga  qaratilgandir.
 
 
Ta’limning psixologik asoslari  muammosi koʻpgina masalalarni qamrab 
oladi. Ta’limning muvaffaqiyati bir qator  psixologik omillarga bogʻliq boʻladi. 
Avvalo, oʻquvchining oʻqishga boʻlgan munosabatiga toʻxtaylik. Bu munosabat 
diqqatda,  his  –  tuygʻularda,  qiziqishlar  va  irodada,  shuningdek,  shaxsning  
tutgan yoʻlida namoyon boʻladi. 
Ta’lim jarayoni avvalo oʻquvchilar diqqatini yoʻlga solishni  talab etadi. 
Darslarda    koʻrgazmali  qurollardan,  axborot  texnologiyalari  vositalaridan 
foydalanish  ta’lim  oluvchida    ixtiyorsiz  diqqatni  yuzaga  keltiradi.  Ta’lim 
jarayonida  ta’lim  beruvchining  vazifasi  darsda  ishlash  holatini  yuzaga 
keltirishdagina emas, balki oʻquvchilarning  darsda oʻtiladigan materialini idrok 
etishga    tayyor  turishlarini  kuzatish  hamdir.  Dars  jarayonida  oʻquvchilarning  
diqqati oʻzgarib turadi. Oʻqitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va  
oʻquvchilar diqqatini    materialning asosiy  jihatlariga    jalb  etish  hamda    ularni 
takrorlash kerak. 
Ta’lim  jarayonining  samaradorligi    koʻp  jihatdan  oʻqituvchi    tomonidan  
beriladigan  koʻrsatmalarga  ham  bogʻliq.  Oʻqituvchining  roli  shundan  iboratki,  u 
oʻquvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod 
esda olib qolishi  kerakligini, nimani butunlay  esda olib qolmasdan faqat tushunib 
olish kifoya  qilishini, nimani soʻzma – soʻz esda olib qolishni, nimaning ma’nosini  
oʻz soʻzlari bilan aytib berish uchun  esda olib qolish zarurligini  koʻrsatib oʻtish 
lozim.  Kuzatishlar  koʻrsatadiki,  bunday 
koʻrsatmalar  berilmaganda,  oʻquvchilarda  
koʻpincha  notoʻgʻri    tasavvurlar  vujudga 
keladi. 
Oʻqitishning 
emotsionalligi 
ta’limning 
muvaffaqiyatliligini  
ta’minlovchi  omillardan  biridir.  Ta’lim 
berish  jarayoni  emotsional  jarayon.  Agar 
oʻquvchilarga  berilayotgan  axborot ularda 
hech qanday  his – tuygʻu uygʻotmasa, uni 


301 
 
oʻquvchilar  yaxshilab  esda  olib  qolmaydilar.  Gap  oʻquvchilarning    psixik 
holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi 
kerak,  albatta.  Ulardagi  quvonchli,  optimistik    kayfiyat  oʻquv  faoliyatini  juda 
samarali  qiladi.  Oʻquvchilar    emotsional    ruhdagi    materialni    durustroq  
oʻzlashtirib oladilar. 
Oʻtkazilgan  tajribalar  oʻquvchilar  hech  qanday  his  –  tuygʻu 
uygʻotmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi  materialni yaxshiroq 
eslab qolishlarini koʻrsatadi. Oʻqituvchi oʻquv jarayonining emotsional tomoni 
haqida    gʻamxoʻrlik  qilishi  kerak.  Bu  muammo  juda  muhim  ahamiyatga  ega. 
Chunki,  ta’limning  mazmuni  nihoyatda  murakkablashib,  hajmi  esa  gʻoyatda 
kattalashib  ketgan.  Uning  muvaffaqiyatli  oʻzlashtirilishiga    erishish  uchun 
oʻquvchilarning    kuchaytirish  lozim.  Ijobiy  tuygʻular  oʻquv  mehnatining  
samaradorligiga  kuchli ta’sir etadi. Hafsala bilan  bajarilgan begʻaraz munozara 
paydo  boʻladi,  bahslashiladi,    befarq  qaragan  yoki  undan  ham  salbiy 
munosabatda boʻlgan ishga esa, hech qanday hafsala boʻlmaydi. 
Jamiyatimizdagi  mehnat  –  haqiqiy    ijod,  quvonch  manbai.  Maktab 
oʻquvchilarida oʻquv mehnatiga ijobiy munosabat uygʻotib, mehnatning  haqiqiy 
ijodga, quvonch manbaiga  aylanishiga koʻmaklashish kerak. 
Qadimda  greklar  juda  ajoyib  iborani  qoʻllaganlar:  “Talaba  –  toʻldirilib 
turilishi  kerak  boʻlgan  idish  emas,  balki  yoqib  turilishi  lozim  boʻlgan  
mash’aldir”.  Bu  fikrning  tagida  juda  chuqur  ma’no  bor.  Zero,  oʻqituvchi    biz 
yuqorida ta’kidlab oʻtgan  ta’lim metodlari: muammoli ta’lim, qisman izlanish 
metodi  va  tadqiqot  metodlaridan    keng  qoʻllanilishi  kerak.  Ta’lim  jarayonini 
bugungi  kundagi  asosiy  talablaridan  biri  erkin  fikrlovchi,  mustaqil  tafakkurga  
ega boʻlgan shaxsni  shakllantirish boʻlib, yuqorida aytib oʻtilgan metodlardan 
foydalanish uchqunlardan  katta mash’allar paydo boʻlishini ta’minlab beradi. 
Ta’lim  jarayonida    oʻquvchilarning  bilishga  qiziqishlari  gʻoyat  katta  rol 
oʻynaydi. Ma’lumki qiziqish oʻquvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni, 
biror faoliyatni  tanlash munosabati va yoʻnalishidir. 
Ma’lumki,  psixologiyada    qiziqishning  ikki  turi    oʻquvchilarning  ta’lim 
jarayonida  aniqlanadi.  Birinchisi,  bevosita  qiziqish,  ikkinchisi  bilvosita 
qiziqish.  Har  bir  oʻqituvchi    oʻz  oʻquvchilarida    oʻz  faniga  nisbatan  bilvosita 


302 
 
qiziqishni  tarkib  toptirishga  harakat  qiladi.  Qiziqishlar  orqali    oʻquvchilarda 
ta’limga  faol  munosabat  namoyon  boʻladi.  Psixologiyada  qiziqish  –  bu 
shaxsning    oʻzi  uchun  qimmatli  yoki  yoqimli    boʻlgan  muayyan  narsa  yoki 
hodisalarga    munosabatidir.  Qiziqishlar  shaxsning  muhim  va  individual 
xususiyatlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Qiziqishlar oʻquvchi hayotida  katta rol 
oʻynaydi.  Ular  oʻquv  faoliyatini  faollashtiruvchi  asosiy  turtkilar  –  motivlardir. 
Qiziqishlar  maktab  oʻquvchisiga  fan  asoslarini    durustroq  oʻzlashtirib 
olishlariga,  aqliy  qobiliyatlarning  oʻsishiga,bilim  doirasining  kengayishiga 
imkon  beradi.  Oʻqituvchilarning  vazifasi  oʻquvchini  dastlab  qiziqtirib  qolgan 
ishning    oʻzi  bilan  shugʻullanishga    majbur  qilish  emas,  balki  undagi 
qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish,  ta’sirchan qilish, qiziqishlarining 
markaziga  aylanib  qolgan    faoliyat  bilan  shugʻullanish    istagiga,  mayliga 
aylantirishdir. 
Oʻquvchilarning muayyan maqsadni koʻzlab ish tutishida, qiyinchiliklarni  
yenga olishida, ishdan chalgʻitadigan narsalar bilan shugʻullanishdan oʻzini tiya 
olishida,  unda  oʻqishga  ishtiyoq  tarkib  toptirishda  namoyon  boʻladigan  iroda, 
ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. 
Umumiy  psixologiya  kursidan  ma’lumki,  iroda  bu  shaxsning  oʻz  oldiga 
qoʻygan maqsadini aniqligi, uni amalga oshirish uchun intilishi, maqsad yoʻlida 
ma’lum  bir  qarorga  kelish  tezligi  va  uni  oʻz  vaqtida  ijro  etishi  bilan 
belgilanadigan  sifatidir.  Ta’lim  jarayonida    oʻquv  materialiga    boʻlgan 
diqqatning  barqaror  boʻlishida  irodaviy  zoʻr  berishning    ahamiyati  nihoyatda 
kattadir.  Ta’limda  iroda  oʻquvchida  maktab  va  uyda  oʻtkaziladigan 
mashgʻulotlarga tayyor turishda  namoyon boʻladi. Oʻquv  materialini oʻrganish, 
eslab  qolish  va  oʻquvchining  irodaviy  zoʻr  berishiga  bogʻliq.  Iroda 
oʻquvchilarning  fikrlash faoliyatlarida – masalani yechishga, qoʻyilgan  savolga 
javob topishga va intilishida namoyon boʻladi. Ular oʻquvchilarda koʻnikma va 
malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi. 
Psixologlar  olib  borgan  tadqiqotlarda  oʻquvchilar  tomonidan  berilgan 
materialning oʻzlashtirilishi koʻp jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bogʻliqdir. 
Irodaviy  aktivlik  ta’limning  zarur  shartidir.  Ta’lim  muassasijdagi  ta’lim 
jarayonining  oʻzi  oʻquvchilardan  irodaviy    oʻstirish  omillaridan  biridir.  Bunda 


303 
 
oʻquvchilarning kundalik rejimi, oʻqish va oqilona dam olishni bir – biri bilan 
toʻgʻri almashtirib turishda katta rol oʻynadi. 
Ta’lim  jarayonida  bilish  jarayonlarini    shakllantirishda  alohida  e’tibor 
berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda  murakkab faoliyat boʻlib, unda jonli 
mushohadadan    mavhum  tafakkurga,  mavhum  tafakkurdan  esa  amaliyotga 
oʻtiladi,  ana  shundan  soʻng  ob’yektiv  haqiqat  bilib  olinadi.  Binobarin,  biz 
birinchi navbatda koʻrib chiqshimiz lozim boʻlgan  narsa oʻquv materialini idrok 
qilish  jarayonidir.  Umumiy  psixologiya  kursidan  ma’lumki,  idrok  bu  narsa  va 
hodisalarni  sezgi  organlariga  ta’sir  etishi  natijasida  ularning  kishi  psixikasida  
yaxlit  obrazini  paydo  boʻlishi    boʻlib,  idrok  etish  jarayoni    ta’limda  turli 
formalarda oʻqituvchining ogʻzaki hikoya qilishida, suhbat oʻtkazishda, ma’ruza 
oʻqishida,  kinodars,  televizion  parcha,  sxemalar  va  koʻrgazmali  qurollar  
koʻrsatish,  ekskursiyalar    oʻtkazish,  oʻquvchining  oʻziga  darsliklar  hamda 
boshqa  qoʻllanmalarni oʻqitish tarzida oʻtishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash 
lozimki, idrokni tarkib toptirishda oʻquvchilarning  yosh xususiyatlarini  hisobga 
olish nihoyatda muhimdir. Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda 
ham yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud boʻladi. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish