V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya
kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni ilmiy
tushunchalarni oʻzlashtirilishini tashkil
qiladi. Bunda oʻquvchilar tomonidan ta’lim
jarayonida nazariy tushunchalar tizimini
oʻzlashtirilishi lozim boʻlib, bu oʻz oʻrnida
xususiydan
umumiy
bilimlarga
oʻtilishini ta’minlaydi.
Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan
bogʻliq
boʻlib,
L.V.Zankov
va
300
A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta’limda muammoli
darslarni tashkil etishga qaratilgandir.
Ta’limning psixologik asoslari muammosi koʻpgina masalalarni qamrab
oladi. Ta’limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bogʻliq boʻladi.
Avvalo, oʻquvchining oʻqishga boʻlgan munosabatiga toʻxtaylik. Bu munosabat
diqqatda, his – tuygʻularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning
tutgan yoʻlida namoyon boʻladi.
Ta’lim jarayoni avvalo oʻquvchilar diqqatini yoʻlga solishni talab etadi.
Darslarda koʻrgazmali qurollardan, axborot texnologiyalari vositalaridan
foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta’lim
jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga
keltirishdagina emas, balki oʻquvchilarning darsda oʻtiladigan materialini idrok
etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida oʻquvchilarning
diqqati oʻzgarib turadi. Oʻqitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va
oʻquvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni
takrorlash kerak.
Ta’lim jarayonining samaradorligi koʻp jihatdan oʻqituvchi tomonidan
beriladigan koʻrsatmalarga ham bogʻliq. Oʻqituvchining roli shundan iboratki, u
oʻquvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod
esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan faqat tushunib
olish kifoya qilishini, nimani soʻzma – soʻz esda olib qolishni, nimaning ma’nosini
oʻz soʻzlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini koʻrsatib oʻtish
lozim. Kuzatishlar koʻrsatadiki, bunday
koʻrsatmalar berilmaganda, oʻquvchilarda
koʻpincha notoʻgʻri tasavvurlar vujudga
keladi.
Oʻqitishning
emotsionalligi
ta’limning
muvaffaqiyatliligini
ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim
berish jarayoni emotsional jarayon. Agar
oʻquvchilarga berilayotgan axborot ularda
hech qanday his – tuygʻu uygʻotmasa, uni
301
oʻquvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap oʻquvchilarning psixik
holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi
kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat oʻquv faoliyatini juda
samarali qiladi. Oʻquvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq
oʻzlashtirib oladilar.
Oʻtkazilgan tajribalar oʻquvchilar hech qanday his – tuygʻu
uygʻotmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq
eslab qolishlarini koʻrsatadi. Oʻqituvchi oʻquv jarayonining emotsional tomoni
haqida gʻamxoʻrlik qilishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega.
Chunki, ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa gʻoyatda
kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli oʻzlashtirilishiga erishish uchun
oʻquvchilarning kuchaytirish lozim. Ijobiy tuygʻular oʻquv mehnatining
samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan begʻaraz munozara
paydo boʻladi, bahslashiladi, befarq qaragan yoki undan ham salbiy
munosabatda boʻlgan ishga esa, hech qanday hafsala boʻlmaydi.
Jamiyatimizdagi mehnat – haqiqiy ijod, quvonch manbai. Maktab
oʻquvchilarida oʻquv mehnatiga ijobiy munosabat uygʻotib, mehnatning haqiqiy
ijodga, quvonch manbaiga aylanishiga koʻmaklashish kerak.
Qadimda greklar juda ajoyib iborani qoʻllaganlar: “Talaba – toʻldirilib
turilishi kerak boʻlgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim boʻlgan
mash’aldir”. Bu fikrning tagida juda chuqur ma’no bor. Zero, oʻqituvchi biz
yuqorida ta’kidlab oʻtgan ta’lim metodlari: muammoli ta’lim, qisman izlanish
metodi va tadqiqot metodlaridan keng qoʻllanilishi kerak. Ta’lim jarayonini
bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga
ega boʻlgan shaxsni shakllantirish boʻlib, yuqorida aytib oʻtilgan metodlardan
foydalanish uchqunlardan katta mash’allar paydo boʻlishini ta’minlab beradi.
Ta’lim jarayonida oʻquvchilarning bilishga qiziqishlari gʻoyat katta rol
oʻynaydi. Ma’lumki qiziqish oʻquvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni,
biror faoliyatni tanlash munosabati va yoʻnalishidir.
Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi oʻquvchilarning ta’lim
jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita
qiziqish. Har bir oʻqituvchi oʻz oʻquvchilarida oʻz faniga nisbatan bilvosita
302
qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali oʻquvchilarda
ta’limga faol munosabat namoyon boʻladi. Psixologiyada qiziqish – bu
shaxsning oʻzi uchun qimmatli yoki yoqimli boʻlgan muayyan narsa yoki
hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual
xususiyatlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Qiziqishlar oʻquvchi hayotida katta rol
oʻynaydi. Ular oʻquv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar – motivlardir.
Qiziqishlar maktab oʻquvchisiga fan asoslarini durustroq oʻzlashtirib
olishlariga, aqliy qobiliyatlarning oʻsishiga,bilim doirasining kengayishiga
imkon beradi. Oʻqituvchilarning vazifasi oʻquvchini dastlab qiziqtirib qolgan
ishning oʻzi bilan shugʻullanishga majbur qilish emas, balki undagi
qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish, qiziqishlarining
markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shugʻullanish istagiga, mayliga
aylantirishdir.
Oʻquvchilarning muayyan maqsadni koʻzlab ish tutishida, qiyinchiliklarni
yenga olishida, ishdan chalgʻitadigan narsalar bilan shugʻullanishdan oʻzini tiya
olishida, unda oʻqishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon boʻladigan iroda,
ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.
Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu shaxsning oʻz oldiga
qoʻygan maqsadini aniqligi, uni amalga oshirish uchun intilishi, maqsad yoʻlida
ma’lum bir qarorga kelish tezligi va uni oʻz vaqtida ijro etishi bilan
belgilanadigan sifatidir. Ta’lim jarayonida oʻquv materialiga boʻlgan
diqqatning barqaror boʻlishida irodaviy zoʻr berishning ahamiyati nihoyatda
kattadir. Ta’limda iroda oʻquvchida maktab va uyda oʻtkaziladigan
mashgʻulotlarga tayyor turishda namoyon boʻladi. Oʻquv materialini oʻrganish,
eslab qolish va oʻquvchining irodaviy zoʻr berishiga bogʻliq. Iroda
oʻquvchilarning fikrlash faoliyatlarida – masalani yechishga, qoʻyilgan savolga
javob topishga va intilishida namoyon boʻladi. Ular oʻquvchilarda koʻnikma va
malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi.
Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda oʻquvchilar tomonidan berilgan
materialning oʻzlashtirilishi koʻp jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bogʻliqdir.
Irodaviy aktivlik ta’limning zarur shartidir. Ta’lim muassasijdagi ta’lim
jarayonining oʻzi oʻquvchilardan irodaviy oʻstirish omillaridan biridir. Bunda
303
oʻquvchilarning kundalik rejimi, oʻqish va oqilona dam olishni bir – biri bilan
toʻgʻri almashtirib turishda katta rol oʻynadi.
Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishda alohida e’tibor
berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat boʻlib, unda jonli
mushohadadan mavhum tafakkurga, mavhum tafakkurdan esa amaliyotga
oʻtiladi, ana shundan soʻng ob’yektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz
birinchi navbatda koʻrib chiqshimiz lozim boʻlgan narsa oʻquv materialini idrok
qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va
hodisalarni sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida
yaxlit obrazini paydo boʻlishi boʻlib, idrok etish jarayoni ta’limda turli
formalarda oʻqituvchining ogʻzaki hikoya qilishida, suhbat oʻtkazishda, ma’ruza
oʻqishida, kinodars, televizion parcha, sxemalar va koʻrgazmali qurollar
koʻrsatish, ekskursiyalar oʻtkazish, oʻquvchining oʻziga darsliklar hamda
boshqa qoʻllanmalarni oʻqitish tarzida oʻtishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, idrokni tarkib toptirishda oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga
olish nihoyatda muhimdir. Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda
ham yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |