1-hiqildoq usti tog‘ayi 1
1
-ponasimon tog‘ay 2-qalqonsimon tog‘ay 3-shoxsimon
tog‘ay 4-halqasimon tog‘ay elastinkasi 5-halqasimon tog‘ayning shoxi 5
1
-
qalqonsimon kesik 6-qalqonsimon tog‘ay tanasi 7-qalqonsimon tog‘ayning keying
shoxi 8-muskul tarog‘i 9-cho‘michsimon tog‘ayning bo‘g‘im yuzasi 10-
qalqonsimon tog‘ayning bo‘yin yuzasi 11-xalqasimon tog‘ay yoyi 12-kekirdak
tog‘ayi 13-tovush o‘simtasi 13
1
-tovush payi 14-til osti suyagi A-pay.
NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQ VA SAVOLLAR
- nafas olish organlarini preparatlar yordamida o‘rganib, turli xil qishloq
xo‘jalik hayvonlaridagi tafovutlarni aniqlang.
- burun bo‘shlig‘i qanday tuzilishga ega?.
- burun chig‘anoqlari va havo yo‘llarining topografiyasini ayting.
- hiqildoq qaysi tog‘aylardan tashkil topgan?.
- hiqildoq bo‘shlig‘i va muskullarini ayting.
Kekirdak va o‘pkaning tuzilishi
Darsning maqsadi:
kekirdak, uning halqalari, o‘pkaning anatomik tuzilishi
va topografiyasi, hayvonlardagi farq qiluvchi jihatlarini o‘rganish.
Ko‘rgazmali materiallar:
rasm, mo‘lyajlar, ho‘l preparatlar rangli tasvirlar.
Kekirdak – trachea
tog‘ayli halqalardan tashkil
topgan nay shaklidagi
organ bo‘lib, mazkur tog‘aylar kekirdakni doimo ochiq turish imkonini beradi.
Qoramolda bu tog‘ayning soni 48 – 50 ta, qo‘yda esa 53 – 55 tagacha bo‘ladi.
Kekirdak hiqildoqning halqasimon tog‘ayidan boshlanib, hamma bo‘yin
umurtqalarining old tomoni bo‘ylab o‘tadi va dastlabki qovurg‘a sohasida ko‘krak
qafasiga kiradi. U bo‘yin umurtqalari va qizilo‘ngach osti yoki u bilan
yonma-yon
yotadi. Kekirdak pastki tomondan to‘sh-qalqonsimon, to‘sh-til osti va to‘sh-bosh
muskullari bilan qoplangan. 4-5-nchi qovurg‘alararo bo‘shliq to‘g‘risida kekirdak
ikkiga bo‘linadi, ya’ni kekirdak bifurkatsiyasi –
bifurcatio tracheae
ni hosil qiladi.
U bifurkatsiya qilmasdan oldin o‘ng o‘pkaning uchiga kekirdak bronxi –
bronchus
tracheae
ni beradi. Kekirdak tog‘aylarining yuqorigi uchi ingichkalashgan bo‘lib,
ular kekirdakning yuqorigi chetida taroq hosil qiladi. Ko‘ndalang
muskul
halqalarning ichki yuzasiga birlashgan bo‘ladi. Halqalarning oxirgi qismlari
ko‘ndalang fibroz membrana –
membrane transversa
orqali birikkan.
Kekirdakning birinchi tog‘ayli halqasi hiqildoqning halqasimon tog‘ayi
bilan
halqasimon kekirdak nayi –
lig.cricotracheae
orqali, qolgan barcha halqalari bir-
biri bilan halqasimon pay –
lig.anularia
orqali birlashadi.
Kekirdakning shilliq
pardasi tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, unda kekirdak bezlari mavjud.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Otda – kekirdak 48 – 60 ta
tog‘ayli halqalardan tashkil topgan bo‘lib, uzunligi 1 metrgacha etadi;
kesib
ko‘rilganda, ko‘ndalang – uzunchoq shaklda,
pastki tomoni qavariq, yuqorigi
tomoni
esa botiq; kekirdak bifurkatsiyasi 5-6-nchi qovurg‘alararo bo‘shliq
ro‘parasida bo‘ladi.
Cho‘chqada – kekirdak silindrsimon bo‘lib, tog‘ayli halqalari 32 – 36 ta.
Itda – tog‘ayli halqalari 42 – 46 ta, silindr shaklida,
halqalarning oxirgi
uchlari bevosita bir-biriga tegib turmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: