N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Cho‘michsimon tog‘ay
– 
cartilogenes arytaenoideae
notug‘ri uchburchak 
piramidalar shaklidagi juft tog‘ay bo‘lib, oldingi yuqori burchagi ilgak shaklida, 
yuqoriga qaytgan, elastik tog‘aydan tuzilgan va shoxchali tog‘ay – 
cortilago 
corniculata
deb yuritiladi. Bu tog‘ayning pastki burchagi yaxshi rivojlangan 
bo‘lib, u tovush o‘simtasi – 
processus vocalis
deb ataladi. Cho‘michsimon 
tog‘ayning yuqorigi orqa burchagi pay yordamida halqasimon tog‘ayga birlashadi. 
Hiqildoq usti tog‘ayi
– 
cartilago epiglottidis
yaproqsimon shaklda bo‘lib, 
elastik tog‘aydan tuzilgan. U qalqonsimon tog‘ayning membranasiga hamda til osti 
suyagiga birlashib turadi. Hiqildoqning ichki tomoni shilliq parda bilan qoplangan. 
SHilliq parda hiqildoq usti va cho‘michsimon tog‘aylar oralig‘ida, cho‘michsimon-
hiqildoq usti burmalar – 
plicae aryepiglotticae
hosil qiladi. Hiqildoqning yon 
devorlarida, cho‘michsimon tog‘ayning tovush o‘simtasi va qalqonsimon tog‘ay 
tanasi o‘rtasida esa tovush lablari – 
labia vocale
ni hosil qiladi. Tovush lablari 
cho‘michsimon tog‘ay bilan birgalikda keng yoriqcha 
– rima glottidis
bo‘lib, uning 
ustki tomoni havo o‘tkazish uchun, pastki tomoni esa tovush chiqarish uchun 
xizmat qiladi. Tovush labining asosini elastik to‘qimadan tuzilgan tovush payi va 
tovush muskuli – 
lig.vocalex et m.vocalis
tashkil etadi. 
Hiqildoq bo‘shlig‘i – 
cavum laryngis
ni tovush lablari dahlizga, tovush 
yoriqchasiga va hiqildoqning orqa bo‘shlig‘iga ajratib turadi. 
Hiqildoq dahlizi – 
vestibulum laryngis
tovush lablarining old tomonida 
tovush yoriqchasi – 
rima glottidis
cho‘michsimon tog‘ay bilan tovush lablari 
oralig‘ida hiqildoqning orqa (kaudal) bo‘shlig‘i – 
cavum laryngis caudale
tovush 
lablarining orqa tomonida joylashadi. Hiqildoq dahlizi hamda tovush chiqaruvchi 


lablarning shilliq pardasi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan, hiqildoqning orqa 
bo‘shlig‘i esa hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. 
Hiqildoq dahlizining pastki devorida, hiqildoq usti tog‘ayining orqasida 
shilliq pardasini burmasidan hiqildoqning o‘rta xaltachasi –
ventriculus laryngis 
medialis
hosil bo‘lgan. Bu xaltacha qoramolda va qo‘yda yaxshi rivojlanmagan.
Hiqildoqning yon devorlari esa hiqildoqning yon xaltachalari – 
ventriculus 
laryngis lateralis
dan hosil bo‘lgan. Qoramol va qo‘yda bu xaltachalar bo‘lmaydi. 
Hiqildoqning boshlanish qismi – 
aditus laryngis
hiqildoq usti va cho‘michsimon 
tog‘aylar oralig‘i hisoblanadi. Hiqildoq tog‘aylarining tashqi tomonida uni 
kengayib va torayib turishini ta’minlovchi muskullar joylashadi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish