N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

partes laterals nasi 
ga aylanib boradi. 
Burunning asosiy qismi (ildizi) – 
radex nasi
burun bilan peshona sohasi 
chegarasida joylashadi, burunning devori hamda yon devorlarining davomi 
hisoblanadi. 
Burun uchi – 
apex nasi
yuqorigi lab ustida bo‘lib, unda burun bo‘shlig‘iga 
kirish teshigi, burun katagi – 
nares 
joylashadi. 
Qoramolda bular nisbatan kichikroq, keng, yumaloq, uncha katta bo‘lmagan, 
qanotsimon jiyak – 
sulcus alares
ko‘rinishida bo‘ladi. Burun katagi tevaragidan 
qalin, kam harakatchan, burun qanoti – 
alae nasi
orqali chegaralangan. Burun 
kataklari oralig‘ida teri qoplami burun-lab yaltirog‘i – 
planum nasolabiale
ni hosil 
qiladi.
Burun bo‘shlig‘i – cavum nasi
boshning yuz bo‘limida joylashgan bo‘lib, 
havo o‘tkazish, hid bilish, havoni isitish, namlash va uni tozalash kabi vazifalarni 
bajaradi. Burun bo‘shlig‘ining hosil bo‘lishida yoki uning o‘q skeleti bo‘lib burun, 
yuqorigi jag‘, peshona, panjarasimon, tanglay suyaklari, dimog‘, burun 
chig‘anoqlari, burunning tog‘ayli to‘siqlari va burun tog‘aylari hisoblanadi. Burun 


bo‘shlig‘i o‘qining ichki tomoni shilliq parda bilan qoplangan. Burun bo‘shlig‘i 
to‘siq orqali o‘ng va chap bo‘laklarga bo‘lingan va har qaysi bo‘lakning kirish 
(burun katagi) hamda chiqish (xoana) teshiklari, qopqog‘i, tubi, yon va o‘rta 
devorlari bo‘ladi. 
Burun to‘sig‘i – 
septum nasi
panjarasimon suyakning vertikal varag‘i 
hisoblanadi. Bu varaqning oldingi, suyaklashmagan qismi burun bo‘shlig‘ini bo‘lib 
turadi va burunning tog‘ayli to‘sig‘i 
– cartilage septi nasi
deb ataladi. 
Yon tog‘aylari – 
cartelogenes laterales
burun qopqog‘ini va uning yumshoq 
qismi yon devorini hosil qilib, ular qanotsimon tog‘aydan kesik orqali ajralib 
turadi. Yon tog‘ay o‘rta tomonga egilib qanoti burmalarini hosil qiladi. Har ikkala 
tomonning qanotsimon tog‘ayi – 
cartelogenes alares
ga burun to‘sig‘ining dorsal 
chetidan boshlanuvchi varag‘i – 
lamella
mavjud. U yon tomonga hamda pastga 
tushib, burun katagining pastki uchi asosida yotuvchi, ikkiga ajralgan langarsimon 
o‘simta hosil qiladi. Burun bo‘shlig‘i devori ichki yuzasining oldingi tomoni teri 
bilan qoplangan. Bo‘shliqning bu qismi burun dahlizi – 
vestibulum nasi
deb ataladi 
va unda ko‘z yoshi-burun teshigi bo‘ladi. Xususiy burun bo‘shlig‘i shilliq parda 
bilan qoplangan. Burun bo‘shlig‘ining shilliq pardasi qizg‘ish rangda bo‘lib, 
ko‘plab burmalar hosil qiladi. Ular bo‘shlig‘ining yon devorlarida yuqorigi va 
pastki chig‘anoqlarni, orqa qismida esa panjarasimon suyakning labirintlarini hosil 
qiladi. 
Burunning yuqorigi chig‘anog‘i – 
concha nasi dorsalis
tor va uzun bo‘lib, 
uning shilliq pardasi oldingi tomonda to‘g‘ri burma – 
plica rectae
ga o‘tadi. 
Burunning pastki chig‘anog‘i – 
concha nasi ventralis
keng, uning shilliq pardasi 
old va yuqori tomonda qanot bo‘rma – 
plica alares
ni, old va pastki tomonda esa 
burun bo‘shlig‘i tubining burmasi 
– plica fundalis
ni hosil qiladi. Pastki 
chig‘anoqning orqa cheti xoana sohasiga o‘tib turadi. 
Burun chig‘anoqlari burun bo‘shlig‘ini yuqorigi, pastki va umumiy burun 
yo‘llariga ajratib turadi. Burunning yuqorigi yo‘li – 
meatus nasi dorsalis
burun 
bo‘shlig‘i qopqog‘i bilan burunning yuqorigi chig‘anog‘i o‘rtasida bo‘lib, tarqoq. 
U panjarasimon suyak labirintining hid bilish sohasi tomon o‘tadi. 
Burunning o‘rta yo‘li – 
meatus nasi medius
yuqorigi va pastki chig‘anoqlar 
oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uning orqa uchi 2 ta yo‘lga bo‘linib ketadi; bu yo‘ldan 
jag‘, tanglay, ko‘z yoshi, peshona kovaklariga, shuningdek, burunning yuqorigi va 
pastki chig‘anoq bo‘shliqlariga havo kiradi. 
Burunning pastki yo‘li – 
meatus nasi ventralis
keng bo‘lib, burunning pastki 
chig‘anog‘i hamda burun bo‘shlig‘ining tubi oralig‘ida joylashgan. U xoanaga 
yaqin joyda ikkinchi bo‘lakning xuddi shunday (analogik) yo‘li bilan birlashadi. 
Burunning pastki yo‘li burun-tanglay kanali – 
canalis nasopalatinus
orqali og‘iz 


bo‘shlig‘i bilan tutashadi. Burun-tanglay kanali dimog‘-burun organi – 
organon 
vomeronasalis
ga ochiladi. 
Burunning umumiy yo‘li – 
meatus nasi communis
burun to‘siqlari hamda 
chig‘anoqlari oralig‘ida joylashib, unda yuqoridagi uchala yo‘l ham ochiladi, u esa 
orqa tomondan burun-tomoq yo‘li – 
meatus nasi pharyngeus
ga qo‘shilib ketadi. 
Burun bo‘shlig‘ining oldingi nafas oluvchi qismini shilliq pardasi hilpillovchi 
epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, qizg‘ish rangda bo‘ladi, orqa hid bilash qismi esa 
hid bilish epiteliysi bilan qoplangan. Burun to‘sig‘i va pastki devorining shilliq osti 
qavati ko‘p miqdordagi tomirlar chigaliga (g‘ovak tana) ega. Burunning yon 
bezlari qoramolda bo‘lmaydi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda – burunning yuqori qismi, 
yon qismlari, uchi va ildizi yaxshi taraqqiy etgan; burun kataklari katta, burun 
to‘siqlarining oxirgi tomonida yuqorigi yon tog‘aylari T –shaklida ajralib ketadi; 
to‘siqlar qanotsimon tog‘ay bilan birlashgan; burun kataklarining pastki bo‘limi 
kengaygan, yuqorigi bo‘limi esa toraygan; burun kataklari burunning medial 
hamda lateral qanotlari orqali chegaralangan; burunning yon devorlari burun va 
jag‘ oraliq suyaklari bilan birgalikda yumshoq burunni hosil qiladi, unda 5 – 7 sm 
li burun divertikulalari – 
diverticulum nasi
bo‘ladi. Divertikulalarning mavjudligi 
burun kataklarini juda kuchli kengayishiga imkon beradi. Burunning pastki 
burchagida ko‘z yoshi, burun kanalining teshiklari joylashgan. Burunning yuqorigi 
chig‘anog‘i shilliq pardasi burun bo‘shlig‘ining oldingi bo‘limida 2 ta to‘g‘ri 
burmalarni hosil qiladi; burunning markaziy chig‘anog‘ini shilliq pardasi oldingi 
tomonda qanotsimon burma va burun tubi burmasini hosil qiladi. 
Cho‘chqada – burun bo‘shlig‘i nisbatan tor va uzun; burun uchi xartum – 
rostrum
ni hosil qiladi. U bevosita yuqorigi lab bilan birlashib turadi; unda 
yumaloq tuxumsimon burun kataklari joylashadi; xartumning terisi – 
planum 
rostrale
ko‘plab jiyaklarga bo‘lingan, juda kam sezuvchi tukchalari bo‘ladi; unda 
xartum bezi – 
glandulae rostrales
ning chiqaruvchi yo‘llari teshiklari mavjud. 
Xartumning asosida xartum suyagi – 
os rostri
bo‘lib, u harakatchan va burun 
hamda jag‘ oraliq suyaklari oralig‘ida yotadi; xartum suyagining yuqori qismidan 
yon tomonlarga tog‘ay plastinkalari, pastki qismidan esa o‘ng va chap tomonga 
tog‘ayli shoxchalar ajraladi. Ularning har biri burunning yon qanotlarini hosil 
qiladi. Burunning yuqorigi chig‘anog‘i uzun va tor, pastki chig‘anog‘i esa 
birmuncha kengroq. Ko‘z yoshi kanali ko‘pincha ikkita teshik hosil qilib burun 
dahlizida tugaydi. Burun yon bezlari burunning o‘rta yo‘liga ochiladi. 
Itda – burunning oldingi qismi serharakatchanligi bilan ajralib turadi
burunning orqa chegarasi taxminan qoziq tish to‘g‘risidan o‘tadi, oldingi uchi esa 
oldinga, jag‘ oraliq suyagi tanasining to‘g‘risigacha chiqadi. Burunning tog‘ayli 
to‘sig‘i oldingi tomonda yuqorigi va pastki yon tog‘aylarni hosil qiladi. 


Uchburchak shakldagi qo‘shimcha tog‘ay burunning o‘rta uchi bo‘lib xizmat 
qiladi. Burun yaltirog‘ining terisida tuk va bezlar bo‘lmaydi. Burun kataklarini 
kengaytiruvchi muskullar bo‘lmaydi. Burun dahlizi shilliq pardasining burmalarida 
tog‘ay varaqlari, burunning ichkariroq bo‘limi burmalarida esa nafis suyak 
plastinkalari mavjud. Burunning yuqorigi chig‘anog‘i burun va peshona 
suyaklariga, pastki chig‘anog‘i esa yuqorigi jag‘ga birlashadi. Burun dahlizi 
sohasida qanotsimon burma deb yuritiluvchi pastki chig‘anog‘i qalinlashgan. Ana 
shu erda unga burunning o‘rta tog‘ayi – 
cartilago nasi medialis
birlashadi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish