N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Chambar ichak
– 
intestinum colon
qoramolda - uzunligi 6 – 9 metrgacha 
bo‘lib, 3 qismga bo‘linadi: 1) boshlanish qismi; 2) spiralsimon labirinti; 3) oxirgi 
boshlanish qismi – 
ansa coli proximalis
– bu ko‘r ichakni davomi bo‘lib, ular 
orasidagi chegara yonbosh ichakni ko‘r ichakka kirish teshigi hisoblanadi. Bu 
chegaradan chambar ichakning boshlanish qismi oldinga yo‘naladi; o‘ng 
buyrakning ostida u orqaga buriladi va o‘zining dastlabki uchastkasi ustidan tos 
tomonga o‘tadi, shu erdan chap tomonga o‘tadi, ko‘richak yonida yana bir marta 
burma hosil qilib, oldinga yo‘naladi va 3-nchi bel umurtqasi tengligida spiralsimon 
labirintga o‘tadi. 
Spiralsimon labirint – 
ansa spiralis
katta qorinning devoriga tegib turadi va 
ikki qator: markazga boruvchi hamda markazdan qochuvchi spiral hosil qiladi. 
Markazga boruvchi spiral 
– gyri centripetales,
bunda ichak burmasi 1,5 – 2 marta 
aylanib soat mili bo‘yicha markazga boradi.
Markazda u markaziy burma –
flexura centralis
hosil qilib, yana 1,5 – 2 
marta soat miliga teskari markazdan qochuvchi spiralsimon – 
gyri centrifugales 
ga 
aylanadi va boshlang‘ich burmaga etib borib, oxirgi qismga o‘tadi. Oxirgi qismi – 
ansa distalis 
boshlanish qismiga nisbatan kichik diametrli. U tos tomonga 
yo‘naladi, so‘ngra umurtqalar ostida oldinga qarab buriladi, yana orqaga qaytadi va 
to‘g‘ri ichakka o‘tadi. Yo‘g‘on ichaklar bo‘limi qorin bo‘shlig‘ining o‘ng tarafida 
joylashadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda – chambar ichak katta va 
kichik chambar ichaklarga bo‘linadi. 
Katta chambar ichak
– 
colon crassum
ko‘r ichakdan boshlanadi, qorin 
bo‘shlig‘ining o‘ng tomoni bo‘ylab oldinga yo‘naladi va pastki o‘ng holat – 
colon 
ventrale dextrum
ni hosil qiladi. Katta chambar ichak diafragmaga yaqin joyda 
o‘ngdan chapga buriladi va pastki diafragmal holat – 
colon ventrale diaphragmale 
ni hosil qilib, so‘ngra u qorin bo‘shlig‘ining chap tomoni bo‘ylab orqaga, to tos 
bo‘shlig‘iga kirish joyigacha boradi va pastki chap holat – 
colon ventrale sinistrum


ni hosil qiladi; u tos bo‘shlig‘iga kirish joyida yuqoriga va orqaga burilib, tos 
burmasi – 
flexura pelvi 
ni hosil qiladi. Katta chambar ichak pastki holatda turib 
yuqorigi chap holat – 
colon dorsale sinisitrum
ni hosil qilib, u pastki chap holatdan 
och hamda kichik chambar ichaklarning burmalari orqali ajralib turadi.
Yuqorigi diafragmal holat – 
colon dorsale diaphragmale
va yuqorigi o‘ng 
holat – 
colon dorsale dextrum
bel sohasida kuchli siqiladi va kichik chambar 
ichakka o‘tadi. Katta chambar ichakda 4 ta lenta va 4 qator cho‘ntakchalar bo‘ladi; 
uning tos burmasida bu lenta va cho‘ntakchalar yo‘q; ichak diametri esa 
kichrayadi; yuqorigi chap holatda ichak diametri kattarib boradi hamda 3 ta lenta 
va 3 qator cho‘ntakchalar paydo bo‘ladi. Katta chambar ichakning eng yuqori 
diametri uning yuqorigi o‘ng holatida bo‘ladi, ya’ni shu erda oshqozonga o‘xshash 
kengaytma vujudga kelgan. Ichakning boshlanish qismi ko‘r-chambar ichak nayi 
yordamida ko‘r ichak bilan birlashib turadi.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish