N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Yonbosh ichak
– 
intestinum ileum
och ichakning oxirgi o‘ramidan 
boshlanib, ko‘r ichak bilan chambar ichakning oxirgi burmasi oralig‘ida, o‘ng 
yonbosh suyagi ostida joylashadi. U ko‘r ichak va chambar ichak chegarasida 
yo‘g‘on ichak bo‘limiga o‘tadi. 4-nchi bel umurtqasi to‘g‘risida yonbosh 
ichakning chiqish teshigi – 
ostium iliocaecocohicum
bo‘ladi. Chiqish teshigining 
devorida shilliq pardaning halqasimon burmasidan iborat yonbosh ichak klapani – 
valvula iliocaecocolica
mavjud. Bu ichakning oxirgi uchastkasi ko‘richak bilan 
yonbosh-ko‘richak payi – 
ligamentum ileocaecola
orqali birlashib turadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Otda – o‘n ikki barmoq 
ichakning uzunligi bir metrgacha bo‘lib, uning boshlanish qismi jigarga tegib 
turadi va shu erda S – simon qayrilma hosil qiladi; ichak asosan o‘ng qovurg‘alar 
ostida joylashadi; bu erda u jigarning o‘ng bo‘lagi bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi va 


o‘ng buyrakni ostida orqaga qaytadi (birinchi burma); 3-nchi bel umurtqasi 
sohasida u chapga buriladi va oldinga yo‘naladi (ikkinchi burma); ichaking shilliq 
pardasi o‘t yo‘li hamda oshqozon osti bezi yo‘lining quyilish joyida o‘n ikki 
barmoq ichak divertikulasi – 
diverticulum duodeni
bo‘ladi. Och ichak tutqichining 
oldingi ildiziga osilgan bo‘lib, katta chambar ichak va ko‘r ichakning kosasimon 
chuqurchasida joylashadi; u qorin bo‘shlig‘ining chap tomoni yuqorigi va o‘rta 
qismlarini egallaydi. Yonbosh ichak o‘ng yonboshda, 3-4-nchi bel umurtqalari 
to‘g‘risida joylashgan; uning chiqish teshigi ko‘r ichak boshini kichik burmasida 
chambar ichakning chiqish teshigi bilan yonma-yon joylashgan.
Cho‘chqada – ingichka ichaklar bo‘limi ko‘p sonli kalava hosil qilib, 
uzunligi 20 metrgacha boradi. O‘n ikki barmoq ichak qisqa tutqichga osilgan; u 
o‘ng qovurg‘alar ostida oshqozonning pilorus qismidan boshlanib, jigar va 
diafragmaning o‘ng oyoqchasi bo‘ylab to o‘ng buyrakkacha boradi; o‘ng 
buyrakning orqasida birdan chapga buriladi va o‘ng qovurg‘alar ostiga qaytib 
keladi. Shu erda u och ichakka o‘tadi. O‘t yo‘li va oshqozon osti bezining yo‘li 
ichakning turli joylarida ochiladi. Och ichak ko‘pgina ilmoqlar hosil qilib, jigar 
hamda chambar ichak oralig‘ida joylashadi. Yonbosh ichak yuqoriga ko‘tarilib, 
o‘ngga o‘tadi va chambar hamda ko‘r ichak chegarasida yo‘g‘on ichaklar 
bo‘limiga ochiladi. Yo‘g‘on ichaklar bo‘limiga o‘tish joyida vtulkasimon klapani 
bo‘ladi.
Itda – o‘n ikki barmoq ichak yo‘g‘onroq, pilorusdan boshlanib, yuqori – 
orqa tomondan qovurg‘alar ostiga keladi, jigar oldidan o‘ngga o‘tib, yuqoriga 
ko‘tariladi va o‘ng buyrakkacha boradi. So‘ngra 5-6-nchi bel umurtqalari sohasida 
chapga buriladi va oldinga yo‘naladi hamda pilorusgacha etib boradi. Bu erda u 
pastga tushadi va och ichakka o‘tadi. O‘t yo‘li hamda oshqozon osti bezining yo‘li 
alohida-alohida bitta umumiy so‘rg‘ichga quyiladi. Och ichak katta qorin yog‘i 
(salnik)da yotadi, uzun tutqichga osilgan. Yonbosh ichak pastdan yuqoriga to 1-2-
nchi bel umurtqalarigacha boradi va chambar hamda ko‘r ichaklar chegarasida 
ochiladi.
Jigar
– 
hepar
eng yirik bez bo‘lib, ovqat hazm qilish jarayonida juda muhim 
vazifalarni bajaradi. U ko‘p miqdordagi jigar xujayralaridan tarkib topgan, bu 
xujayralar jigar o‘siqlari va jigar bo‘lakchalarini hosil qiladi. Kavsh qaytaruvchilar 
jigari qavariq botiq shaklda bo‘lib, qizg‘ish rangli, o‘ng qovurg‘alar ostida 
joylashib 6-7-nchi qovurg‘alar tekisligidan to 2-3-nchi bel umurtqalarigacha 
boradi. Unda o‘t pufagi bo‘ladi. Jigarda yuqorigi o‘tmas cheti – 
marqo obtisus
hamda pastki o‘tkir cheti – 
marqo actus
va diafragmaga tegib turuvchi qavariq 
diafragmal yuzasi – 
facies diaphraqmalis
va oshqozon-ichaklar tomonga qaragan 
botiq visseral yuzasi – 
facies visceratis
farqlanadi. 


Jigarning o‘tkir uchida kesik – 
incisura
mavjud bo‘lib, uni chap, o‘ng va 
o‘rta bo‘laklarga ajratib turadi. 
Jigarning chap bo‘lagi – 
lobus sinister,
yumaloq pay – 
liq. teres
dan chapda 
joylashadi; o‘ng bo‘lagi – 
lobus dexter
o‘t pufagidan o‘ngda joylashadi; o‘rta 
bo‘lagi – 
lobus medialis
chap va o‘ng bo‘laklar oralig‘ida joylashadi.
O‘t pufagi – 
vesica fellae
jigarning visseral yuzasida, uning o‘ng va o‘rta 
bo‘laklari oralig‘ida joylashib, u jigarni pastki uchidan pastga osilib turadi. 
Jigarning markazida qon tomirlarni jigarga kiradigan joyi – jigar qopqasi – 
porta hepatis
bo‘lib, u jigarning o‘rta bo‘lagini pastki kvadrat bo‘lagi – 
lobus
caudatus
ga va yuqorigi dum bo‘lak – 
lobus quadratus
ga ajratib turadi. Dum 
bo‘lagida 2 ta: chap tomonga yo‘nalgan so‘rg‘ichsimon o‘simta – 
processus 
papillaris
va orqa tomondan jigarning o‘ng bo‘lagiga osilib tushuvchi dum o‘simta 
– 
processus caudatus
mavjud. O‘ng bo‘lak hamda dum o‘simtada botiq buyrak 
yuzasi – 
impression renalis
bo‘ladi. Jigarning o‘tmas uchida, uning chap va dum 
bo‘laklari oralig‘ida qizilo‘ngach o‘tishi uchun o‘yiq – 
incisura oesophagea;
o‘ng 
va dum bo‘laklari oralig‘ida esa orqa kovak vena – 
vena cava caudalis 
joylashib 
turadigan jiyak – 
sulcus 
bo‘ladi.
O‘t pufagidan pufak yo‘li – 
ductus cysticus
ajralib, u jigar yo‘li – 
ductus 
hepaticus
bilan birgalikda o‘t yo‘li – 
ductus choleductus
ni hosil qiladi. O‘t yo‘li 
o‘n ikki barmoq ichakka quyiladi. 
Jigar tashqi tomondan shilliq parda bilan qoplangan. U tojsimon, o‘ng va 
chap uchburchak paylar yordamida o‘z joylashuv holatini saqlab turadi. Tojsimon 
pay – 
ligamentum coronarium
jigarning o‘tmas chetidan to diafragmagacha boradi 
va u o‘ng hamda chap uchburchak pay – 
ligamentum dextrum et sinistrum 
ga 
aylanadi. 
Jigar o‘ng buyrak bilan buyrak-jigar payi – 
ligamentum renohepaticum;
oshqozon bilan oshqozon-jigar payi – 
ligamentum gastrohepaticum;
o‘n ikki 
barmoq ichak bilan o‘n ikki barmoq ichak-jigar payi – 
ligamentum 
hepatoduodenale
yordamida birlashadi. Bundan tashqari, jigarda o‘roqsimon
hamda yumaloq paylar ham bo‘lib, ular hayvonning yoshi o‘tishi bilan yo‘qolib 
ketadi. O‘roqsimon pay – 
ligamentum falciformes
jigarning diafragma yuzasida 
tugaydi. Yumaloq pay – 
ligamentum teres
kindik halqasidan to jigarning kindik 
o‘yig‘igacha u bo‘shab qolgan kindik venasi hisoblanadi. Jigarning chap bo‘lagi 
to‘sh suyagiga yaqin joylashadi, o‘ng bo‘lagi esa diafragmaning o‘ng oyoqchasiga 
birlashib turadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda – jigarning katta qismi 
o‘ng va kichik qismi chap qovurg‘alar ostida joylashadi; o‘t pufagi bo‘lmaydi; o‘t 
bo‘lagi o‘rta bo‘lakdan chuqur o‘yiq orqali, o‘rta bo‘lagi chap bo‘lakdan yumaloq 
pay orqali ajralib turadi; dum bo‘lagida o‘simtalar yaxshi rivojlanmagan; o‘ng 


bo‘lakda buyrak chambar va ko‘r ichak, chap bo‘lakda esa oshqozon chuqurliklari 
mavjud; jigarning yuqorigi uchida qizilo‘ngach o‘tishi uchun o‘yiq va orqa kovak 
vena uchun jiyak bo‘ladi; jigar yo‘li jigar qopqasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘n ikki 
barmoq ichak divertikulasiga boradi; tojsimon pay jigarning o‘tmas chetidan to 
diafragmagacha boradi, o‘ng tomonda u o‘ng burchak payga, chap tomonda esa 
chap burchak payga o‘tadi. 
Cho‘chqada – jigarning chap va o‘ng bo‘laklari chuqur kesik orqali chap va 
o‘ng lateral hamda chap va o‘ng lateral hamda chap va o‘ng medial (o‘rta) 
bo‘laklarga bo‘linadi; kvadrat bo‘lagi jigarning pastki uchigacha etib bormaydi
pufak yo‘li jigar yo‘li bilan qo‘shilishib, bitta, uzun umumiy o‘t yo‘lini hosil 
qiladi; buyrak chuqurligi bo‘lmaydi. 
Itda – jigari katta, kesiklari chuqur bo‘ladi va uni 7 ta bo‘lakka ajratib turadi: 
1) chap yon tomon (lateral) – eng katta bo‘lagi; 2) chap ichki (medial); 3) o‘ng yon 
tomoni; 4) o‘ng ichki; 5) o‘rta; 6) kvadrat – eng kichik; 7) dum. Dum bo‘lagining 
yuqorigi uchida qizilo‘ngach uchun kesik mavjud bo‘lib, orqa kovak vena ham shu 
erdan o‘tadi. So‘rg‘ichsimon o‘simtasi jigar qopqasi tomon yo‘nalgan, dum 
o‘simtasi esa kuchli taraqqiy etgan, ayrim hollarda ikkiga ajralgan bo‘ladi. O‘t 
pufagi o‘ng ichki hamda kvadrat bo‘laklari oralig‘ida joylashadi. Jigar o‘ng va 
chap qovurg‘alar ostida joylashgan, o‘ng yon tomon bo‘lakning yuqorigi cheti va 
dum o‘simtasi o‘ng buyrakka birlashadi.
Jigar diafragmaga tojsimon, o‘ng uchburchak, yumaloq, chap uchburchak 
va o‘roqsimon paylar yordamida birikkan. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish