N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Oshqozon osti bezi
– 
pancreas
ko‘kimtir sariq rangda bo‘lib, bo‘lakchali, 
murakkab naysimon-alveolyar bezdir. Bu bezning jigarga qaragan boshi yoki o‘rta 
bo‘lagi – 
caput pancreatis, s. lobus medius,
o‘ng bo‘lagi – 
lobus dexter
va chap 
bo‘lagi yoki dum qismi – 
lobus sinister, s. cauda pancreatis
bo‘ladi. Bezning boshi 
va bo‘laklari o‘rta sagittal tekislikdan o‘ngda joylashib, 12-nchi qovurg‘adan to 2-
4-nchi bel umurtqasi to‘g‘risigacha cho‘ziladi. O‘ng bo‘lagi orqaga yo‘nalgan, 
o‘ng buyrak ostida joylashib, o‘n ikki barmoq ichakka va chambar ichak ilmog‘iga 
tegib turadi. Qisqa chap bo‘lagi esa katta qorin va diafragma oyoqchasi o‘rtasida 
joylashib, taloq bilan chegaradosh. 
Oshqozon osti bezi qopqa venani o‘rab oladi. Bezning chiqaruvchi yo‘llari – 
ductus pancreaticus
o‘ng bo‘lakning oxiridan chiqib, 4-nchi bel umurtqasi 
tengligida o‘n ikki barmoq ichakka ochiladi. Oshqozon osti bezining og‘irligi 
qoramolda – 350-500 g., qo‘yda 50-70 gramgacha bo‘ladi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda – oshqozon osti bezi 
qizg‘ish-ko‘kimtir rangli, jigarning orqasida, oshqozon bilan o‘n ikki barmoq ichak
o‘rtasida, o‘ng va chap qovurg‘alar ostida joylashadi. Uning o‘rta bo‘lagi o‘n ikki 
barmoq ichakni S – simon qayrilmasiga va jigarga tegib turadi. O‘ng bo‘lakchasi, 


odatda, bez boshi bilan qo‘shilib ketadi; chap bo‘lagi yaxshi ko‘rinib turadi va 
oshqozonning kichik burmasida joylashadi. CHiqarish yo‘li ikkita, asosiy yo‘l va 
jigar yo‘li bilan birga ochiladi, qo‘shimcha yo‘l esa uning qarshisida ochiladi. 
Bezning og‘irligi 250 – 350 gramgacha bo‘ladi. 
Cho‘chqada – oshqozon osti bezi sarg‘ish rangda bo‘lib, boshchadan, chap 
va o‘ng bo‘laklardan iborat; bezning bosh qismi 12 barmoq ichakning tutqichida 
joylashgan; o‘ng bo‘lagi 12 barmoq ichak bo‘ylab orqaga, to o‘ng buyrakkacha 
boradi; chap bo‘lagi taloqqa va chap buyrakka tegib turadi; u oxirgi 2 ta ko‘krak va 
dastlabki 2 ta bel umurtqalari chegarasida joylashadi. Uning chiqaruvchi yo‘li
pilorusdan 15 – 25 sm beriroqda ochiladi. Og‘irligi 110-150 gramgacha bo‘ladi.
Itda – oshqozon osti bezi ensiz va uzun lentasimon; o‘ng bo‘lagi 12 barmoq 
ichakni oldida joylashgan, chap bo‘lagi esa oshqozonga tegib turadi, o‘rta bo‘lagi 
yaxshi ko‘rinmaydi. Bezning chiqaruvchi yo‘li bitta, ikkita, hatto uchta bo‘ladi. 
Agar ikkita yo‘li bo‘lsa, asosiy yo‘l o‘t yo‘li bilan birgalikda 12 barmoq ichakni 
so‘rg‘ichiga, qo‘shimcha yo‘l undan 3 – 5 sm orqaroqda ochiladi. 
Yo‘g‘on ichaklar bo‘limi – 
intestinum crassum
ko‘r, chambar va to‘g‘ri 
ichaklardan tarkib topgan. Qoramolning yo‘g‘on ichaklarida lenta va 
cho‘ntakchalar bo‘lmaydi, chunki ularning diametri kichik. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish