56
Mavzu. Talabalar bilimlari, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish tizimini.
Reja:
1.Talabalar bilimini aniqlash va baholash.
2.Ularni bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish tizimi.
3.Nazariy bilim, amaliy harakat ko'nikma va malakalarini rivojlantirish hamda
takomillashtirish.
4.O'sish darajalarini monitoringini yuritish haqida ma'lumotlarga ega qilish.
ifokor
nazorati.
1.Talabalar bilimini aniqlash va baholash.
Jismoniy tarbiya jarayonida o’rgatishning asosiy xususiyati - bu o’rgatishning harakat malakalari
va maxsus bilimlarni egallashga qaratilganidir. O’rgatish shug’ullanuvchilarning jismoniy
rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Ta’lim-tarbiya amaliyotining har qanday sohasida
bo’lganidek, jismoniy tarbiya jarayonida ham o’qitish o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi
ijodiy faoliyatlaridan tashkil topadi va bunda, albatta, o’qituvchi etakchi rol o’ynaydi.
Harakatlarga o’rgatish umumiy o’qitish tamoyillariga asoslanadi, bu tamoyillar jismoniy tarbiya
sohasida o’z maxsus ifodasini topadi. Bu maxsuslik harakat ko’nikmalari
va malakalarini hosil
qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi.
O’quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta’limi muhim o’rinni egallaydi. Bu jarayonda
harakat faoliyatini yoki uning ma’lum bo’lagini bajarishga o’rgatiladi, jarayon mashq qilish-
takrorlash orqali amalga oshiriladi va shug’ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning
shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya
jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o’zlashtirish va uni o’quvchiga,
shug’ullanuvchiga uzatishning uyushtirilishini yo’lga qo’yishdan iboratdir.
O’qitish amaliyotida “harakat faoliyati ta’limi”, “harakatga o’rgatish”, “harakat malakasi”,
“harakat ko’nikmasi”, “nazariy bilim” kabi atamalardan foydalaniladi
hamda yuqorida qayd
qilinganidek jismoniy ma’lumot berish maqsadi amalga oshiriladi.
Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o’rgatish nisbatan qisqa pedagogik vazifadir.
Harakat faoliyatini o’rgatish atamasi harakat faoliyati aniq bo’lib, uning nazariy bilimi ham
berilganda qo’llaniladi. Harakat faoliyatini o’qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko’nikma
vujudga keladi, bir vaqtning o’zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik,
chaqqonlik, mushaklar egiluvchanligi va bo’g’imlar harakatchanligi rivojlanadi.
Shu sababli
pedagogik jarayonda e’tibor bir narsaga – ta’limga, ya’ni malakani shakllantirishga yoki harakat
sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Harakat faoliyatini o’qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari birgalikda
hal qilinmay, sog’lomlashtirish xususiyatiga ega bo’lgan vazifalar ham amalga oshiriladi. Hech
qaysi umumta’lim predmetida bunchalar yaqqol namoyon bo’lmaydigan sog’lomlashtirish vazifasi
harakat faoliyatini o’qitishda yorqin namoyon bo’ladi.
Harakat faoliyatini o’qitishda bilim berish vazifalari ham o’zining xususiyatlariga ega. O’quv
materiallarini egallash jarayonining etakchi tarkibiy qismi o’quvchilarning faol harakat faoliyatidir.
Ularning o’quv-mehnat faoliyati hammadan avval jismoniy kuch sarflashni talab qiladi.
O’quvchining o’quv faoliyatiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish insonning ish qobiliyati umumiy
qonuniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha omillarga bog’liq:
ajdodlaridan
meros qobiliyatlar, hayotiy jarayonda to’plangan tajribalar va ma’lum belgilangan
sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu omillar qanchalar yaxshi rivojlangan bo’lsa, inson
shunchalar katta ishchanlik qobiliyatini namoyon qila oladi.
57
Odatdagi sharoitda inson o’z ish qobiliyatlarining bir qismidangina foydalana oladi, xolos.
Zahirada deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo’yilgan maksimal talablarga javob berishda
namoyon bo’lishi mumkin. Noodatiy tashqi sharoit zahiradagi
ish qobiliyatining namoyon
bo’lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, inson qobiliyatlarining maksimal darajada rivojlanishini
tarbiyalaydi.
Harakat faoliyatini o’qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shakllantirish
hisoblanadi. Faqat harakat faoliyati tizimigina o’quvchi jismoniy tayyorgarligining
xususiyatini
belgilaydi. Masalan, 30 metrga yugurish 60 metrga yugurish bilan taqqoslanganda, uning boshqa
harakat faoliyatlari bilan ko’p marotaba bog’lanishlarga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Tirmashib
chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa harakat faoliyatlari
tizimiga nisbatan qaram
emas. Bu faoliyatlarning ta’siri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past bo’lishi mumkin.
Uchinchi xususiyati – ta’limni ikki yo’nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks
rivojlantirish bilan aloqadorligi:
a) harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog’liqdir. eng avvalo, aynan o’sha
harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi;
b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo’lgan harakat sifatini rivojlantirish bir
vaqtning o’zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi.
Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa
sifatlarni optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi.
Harakat faoliyatlarini o’rgatishning samaradorligi jismoniy bilim
va jismoniy rivojlanganlik
darajasi ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Bilimlar tizimi va harakat faoliyatlari egallanishini to’g’ri
tashkil etgan pedagogik jarayon, albatta, jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlarining oshishiga olib
keladi.
Bilim berish vazifalarining hal qilinishi tarbiyaviy vazifalarning amalga oshirilishi bilan birga
yuz beradi. O’quv fani tarbiyaning umumiy vazifalarini hal etishga o’z ta’sirini o’tkazmay
qolmaydi, ayni paytda jismoniy tarbiya uchun xos bo’lgan ayrim xususiy vazifalarni ham oldinga
suradi:
Do'stlaringiz bilan baham: