64
Mavzu Mutaxassislarni tayyorlashda turli sport tadbirlari va musobaqalarini tashkil qilish hamda
o'tkazish bilimlarini shakllantirish.
Reja:
1.Jismoniy tarbiya o'qituvchilarini tayyorlashda talabalarni maktabda o'quv kun tartibini
tashkil etish.
2. Sport turlari bo'yicha musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish, musobaqa nizomlarini tuzish
va hakamlik qilish malakalarini shakllantirish haqida ma'lumotlarga ega qilish.
1.Jismoniy tarbiya o'qituvchilarini tayyorlashda talabalarni maktabda o'quv kun tartibini
tashkil etish.
Gigienik gimnastika quyidagi vazifalarni echishga xizmat qiladi: organizmning asosiy fiziologik
(mushak, asab) tizimlarini ishga tayyorlashni tezlashtirish; xizmatchining hissiy tonusini ko’tarish;
organizmning mehnat faoliyatiga moslashish fazasi davomiyligini qisqartirish; butun mehnat kuni
mobaynida yuksak ish qobiliyatini saqlashga xizmat qilish.
Gigienik gimnastika ish kunining boshida 4-10 daqiqa davomida o’tkaziladi.
Uni faqat birinchi
smenadagina emas, balki ikkinchi smenada ham o’tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga,
kechki smenadagi kirishish gimnastikasi organizmning mehnat jarayonida asosiy yuklama
tushadigan organlari va tizimlari faolligini oshirishga yo’naltirilgan bo’lishini inobatga olish kerak.
Gigienik gimnastikada mehnat jarayonida bajariladigan harakatlar xususiyatiga mos jismoniy
mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuning uchun mashqlarni tanlashda mehnat jarayoni
harakatlarini yaxshi o’rganish va jismoniy tarbiya mashqlari majmuasiga shunday mashqlarni
kiritish kerakki, ular organizmning aniq mehnat turi jarayonida etakchi rol o’ynaydigan fiziologik
funksiyalarini tezlashtirishga yordam bersin.
Xususan, boshlang’ich gimnastikada harakat sur’ati o’sib boruvchi
mashqlardan foydalanish
lozim. Shu bilan birga, harakatlarning ishchi sur’atini tez o’zlashtirish uchun oddiydan ancha
yuqori sur’atni rivojlantirish tavsiya etiladi.
Mehnat xususiyati va shart-sharoitlariga bog’liq holda gigienik gimnastika jismoniy mashqlari
majmuasining quyidagi uchta varianti o’zaro farqlanadi: chigal yozish mashqlari, profilaktik faol
dam olish va yaxlit ta’sirli mashqlar majmuasi.
Chigal yozish mashqlari variantidan og’ir jismoniy mehnat bilan shug’ullanadigan ishchilar
uchun majmualar tuzishda foydalaniladi. Ularga mehnat jarayonida
asosiy yuklama tushadigan
mushak guruhlarini ketma-ket jadal faoliyatga jalb qiladigan, koordinatsiyasi bo’yicha oddiy
dinamik mashqlar kiritiladi. Mashqlarni bajarish sur’ati – o’rtacha yoki tezkor. Mashqlar
majmuasida yuklama asta-sekinlik bilan ortib boradi va majmua oxirida minimumga tushadi.
Profilaktik dam olish varianti harakatlanish stereotipi aniq qayd etilgan (masalan dastgohda
ishlovchi) ishchilar uchun gigienik gimnastika majmuasi asosini tashkil etadi. Mehnat
operatsiyalarida bevosita ishtirok etuvchi mushak guruhlari faoliyatini
jalb etadigan dinamik
mashqlardan foydalaniladi. Majmuaning o’rtasigacha jismoniy yuklama tobora orttirilib, keyin
asta-sekinlik bilan pasaytirib boriladi. Harakatlanish sur’ati – o’rtadan yuqori. To’g’ri nafas
olishga, mushaklarning cho’zilishiga va harakatchanligining ortishiga e’tibor qaratish kerak.
Yaxlit ta’sir ko’rsatuvchi variant mehnat faoliyati uzoq muddat kuchli diqqat-e’tiborni talab
etadigan (aqliy mehnat xizmatchilari,
transport haydovchilari, konveer xizmatchilari va b.)
xizmatchilar uchun mo’ljallangan. Mashqlar, asosan, bo’lajak ishlab chiqarish faoliyatida bevosita
band bo’lmagan mushak guruhlariga, organizmning tizim va organlariga ta’sir etadi. Bunday
mashqlar murakkab koordinatsiyali bo’ladi, chunki qo’llar, gavda, oyoqlarning qo’shimcha
harakatlarini o’z ichiga oladi va diqqat-e’tiborning jamlanishini talab qiladi. Sur’at – oldingi
ishdagi singari. Mehnati aniq harakatlar bilan bog’liq bo’lgan shaxslar uchun (masalan, mayda
mexanizmlarni yig’uvchi yoki transport haydovchilari) maksimal
jismoniy yuklama birinchi
65
mashqlarga to’g’ri keladi, qolgan kontingent uchun katta yuklama majmuaning 4-6-mashqlariga
to’g’ri keladi.
Gigienik gimnastika majmualarida quyidagi jismoniy mashq guruhlari qo’llanadi: kerishish
(cho’zilish), yon tomonga egilishlar, o’tirib turishlar, hamla qilish, sakrashlar,
sport yurishi,
yugurish, oldinga egilish, bo’shashish elementlari ishtirok etgan siltanish harakatlari, orqaga
egilishlar, qo’l va elka kamari mushaklarini bo’shashtirish, koordinatsiyaga, aniqlikka va diqqat-
e’tiborga yo’naltirilgan mashqlar.
Turli kasb egalari uchun boshlang’ich gimnastika majmualarini tuzishda
mehnat faoliyatining
quyidagi xususiyatlarini inobatga olish tavsiya etiladi:
1) ishlash (o’tirib, turib) holatini, gavda vaziyatini (egilgan yoki to’g’ri, erkin yoki kuchlanishli);
2) ish harakatlari (tezkor yoki sekin, kuchlanishli yoki kuchlanishsiz, katta yoki kichik
amplitudali, simmetrik yoki asimmetrik, bir xil yoki turli xildagi harakatlar va b.);
3) mehnat faolligi xususiyati (harakatlar aniqligi, harakatlarning takrorlanuvchanligi, reaksiya
tezligi, diqqat-e’tiborning kuchliligi va konsentratsiyasi, sezish organlariga yuklama,
mehnatning
bir maromliligi va b.);
4) sub’ektiv ko’rsatkichlar bo’yicha charchashning darajasi va xususiyati (diqqat-e’tiborning
tarqoqligi, mushaklarda og’riq sezish, bosh og’rishi, asabiylashish va boshqalar);
5) jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilar orasida salomatligida og’ishi bo’lgan shaxslar
mavjudligi (ular uchun xususiy mashqlar tanlash maqsadga muvofiq);
6) sanitariya-gigienik omillar (yoritilganlik, shovqin, keragidan ortiq gaz mavjudligi).
Do'stlaringiz bilan baham: