Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/139
Sana22.07.2022
Hajmi1,32 Mb.
#836123
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   139
Bog'liq
4aac197b9862bee10c3328de4cd64a92 JISMONIY TARBIYA VA SPORT NAZARIYASI VA METODOLOGIYASI

Jismoniy tarbiya pauzasi 
Jismoniy tarbiya pauzalari charchashning rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik, organizmning 
funksional holatini yaxshilash, ishchi ritm, sur’at, diqqat-e’tibor konsentratsiyasini yuksak darajada 
saqlab turish, gavdaning ishchi vaziyati va kasbiy faoliyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish, 
harakat tanqisligini ma’lum darajada bartaraf etish maqsadida o’tkaziladi.
Gigienik gimnastikadan farqli o’laroq, jismoniy tarbiya pauzasi bevosita mehnat faoliyati 
jarayonida, odatda, ish smenasining birinchi va ikkinchi yarimlarida ikki martadan bajariladi.
Jismoniy tarbiya pauzasi, hal qilinadigan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda, ishchilarda 
charchoqning rivojlanishi arafasida yoki ish qobiliyati pasayishining birinchi alomatlari paydo 
bo’lishi bilanoq o’tkazilishi kerak. Muddatidan oldin jismoniy mashqlar majmuasini o’tkazish ish 
ritmining buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Odatda, jismoniy 
tarbiya pauzalari tushlik tanaffusdan yoki ish smenasi tugashidan 1–2 soat oldin o’tkaziladi. Agar 
jismoniy tarbiya yo’riqchisi har bir aniq ishlab chiqarish uchastkasidagi ishchilar ish 
qobiliyatlarining o’zgarishi asosida ish ko’rsa, yanada ijobiyroq holat kuzatiladi.
Quyidagi uslubiy qoidalarga rioya qilinganda, jismoniy tarbiya pauzasining foydasi ortadi:
- mashg’ulotlarni o’tkazish vaqti charchoqning dastlabki alomatlari paydo bo’lish lahzasi bilan 
aniq mos tushishi kerak; 
- jismoniy mashqlar to’g’ri bajarilishi, mashg’ulotlar jonli, qiziqarli tarzda, musiqa sadolari 
ostida o’tkazilishi kerak; 
- majmualardagi yuklama shug’ullanuvchilarning yoshiga, jinsiga, jismoniy tayyorgarlik 
darajasiga va salomatlik holatiga bog’liq holda tabaqalashtirilishi kerak; 
- kunning ikkinchi yarmida jismoniy tarbiya pauzasini o’tkazishda uning yuklamalari yig’indisi 
kunning birinchi yarmidagi yuklamadan 30–40 % kam bo’lishi kerak.
Mashg’ulot o’tkazishning guruhli usulida shug’ullanuvchilar uch guruhga bo’linadilar. Birinchi 
guruhga deyarli sog’-salomat kishilar, ikkinchisiga salomatlik holatida deyarli sezilmaydigan
og’ishlari bor shaxslar, uchinchisiga esa yoshi katta odamlar va salomatlik holatida jiddiy og’ishlari 


66 
bor shaxslar kiritiladi. Agar majmuadagi ayrim mashqlarni bajarishda yuklama qiymati birinchi 
guruh vakillari uchun 100 % ni tashkil etsa, u holda ikkinchi guruh uchun 90 %, uchinchisi uchun 
esa 80 % bo’lishi kerak. 
Jismoniy tarbiya pauzalari uchun majmua mashqlarini tanlash quyidagilarga bog’liq holda 
amalga oshiriladi: 
a) majburiy ish vaziyati (pozasi) va texnologik jarayon sababli vujudga keladigan salbiy 
ta’sirlarni kamaytirishi; 
b) mehnat jarayonida ishtirok etayotgan mushak tizimlari va organlarning dam olishlariga
xizmat qilish darajasi;
v) harakatsiz mushaklarga qancha yuklama berishi.
Jismoniy tarbiya pauzalaridagi mashqlarni o’rtacha va tez sur’atda bajarish kerak. Mashqlar 
majmuasini har to’rt haftada almashtirib turish tavsiya etiladi. Umumiy holda yuklama mashqlar 
majmuasining o’rtasida ortadi, keyinchalik pasayadi. 
Kasbga bog’liq holda jismoniy tarbiya pauzalarining namunaviy majmualari ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, hamma kasblar mehnat turiga qarab to’rtta guruhga bo’linadi:

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish