128
7. Ayrim oliy o’quv yurtlarida ikkinchi kursdan boshlab o’qituvchi odobini
shakllantirishga yordam beradigan maxsus fanlar o’qitiladi. Masalan, “pedagogik etika”
(o’qituvchi odobi)dan fakultativ mashg’ulotlar o’tkaziladi. Unda pedagogik kasbning axloqiy
xarakteri, o’qituvchi odobining tushunchalari, norma va qoidalari bayon etiladi. Bu, bo’lajak
mutaxassislarni ma’naviy-axloqiy jihatdan mukammal shakllantirishga yordam beradi.
Talabalarda o’qituvchi odobini shakllantirish pedagogika va psixologiya
hamda ixtisoslik
fanlarini o’qitish jarayonida ham amalga oshiriladi. Bu fanlardan o’qitilayotgan mavz
ularning
mazmuni bilan bog’liq ravishda talabalarning e’tibori kasbiy axloq-odob masalalariga jalb
etiladi.
8. Istiqbolli rejalarning ba’zilarida oliy o’quv yurtini bitirib maktablarda, o’rta maxsus va
kasb hunar o’quv yurtlarida, korxonalarda ishlayotgan kishilar bilan uchrashuvlar, ularning
professional malakasini oshirishga yordam beradigan boshqa tadbirlar ham mo’ljallanadi. Bu,
oliy maktabni bitirib chiqqan kishilar bilan muntazam aloqa o’rnatish maqsadiga xizmat qiladi.
Bu ish alohida diqqatga sazovordir. Chunki u mutaxassislar tayyorlash sohasida amalga
oshirilgan barcha ishlar natijasining samaradorligini aniqlashga, xususan universitetni
tamomlab chiqqan yosh o’qituvchilarning axloqiy sifatlari maktablar va xalq ta’limi
idoralarining shu kundagi talablariga qay darajada mos kelishini aniqlashga yordam beradi.
Oliy o’quv yurtini bitirib chiqqan kishilar faoliyatiga doir axborotlar oliy o’quv yurtida ta’lim-
tarbiya jarayoniga ayrim o’zgarishlar, tuzatishlar kiritishga ham imkon beradi.
9. Talabalarni tarbiyalash sohasidagi ishlarning samarali bo’lishi uchun professor-
o’qituvchilar, ishchi va xizmatchilarni ham mustaqillik g’oyalari, milliy ma’naviyatli
qilib
tarbiyalab borishni jiddiy rejalashtirish zarur. Ayrim oliy o’quv yurtlari talabalarni
tarbiyalashning majmuali rejasi bilan bir qatorda oliy o’quv yurtining xodimlari bilan
o’tkaziladigan tarbiyaviy ishlarning istiqbolli rejasini ham tuzib, uni amalga oshiradilar. Bu
rejalarda oliy o’quv yurtining barcha xodimlarini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga doir
tadbirlar nazarda tutiladi.
10. Oliy maktablar uchun tuzilayotgan tarbiyaviy ishlar dasturi va istiqbolli rejalarda o’quv
yurtining maqsadi, vazifalari, tarbiya printsiplari bayon etiladi, ular tarbiyaviy ishlarning asosiy
yo’nalishlari va mazmunini belgilashga xizmat qiladi. Bir qancha oliy o’quv yurtlarida tuzilgan
bunday dastur va istiqbolli rejalarda talabalarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida
tarbiyalashga imkon beradigan tadbirlar tizimi, faoliyat turlari ko’rsatib berilgan.
11.
Pedagogika institutlari, universitetlar o’rta umumiy ta’lim maktablari uchun yuqori
malakali o’qituvchilar tayyorlashga da’vat etilgan. Shuning uchun ham oliy o’quv yurtining
asosiy maqsadi “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda (1997 yil) belgilangan umumiy o’rta ta’lim
maktabining talab va ehtiyojlaridan, asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
Maktab ta’lim-tarbiya ishini O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar talablari bilan
bog’lab olib boradi va o’quvchilarga tarbiya berishni umuminsoniy va milliy axloq talablari
ruhida amalga oshiradi. Bu muhim vazifani, faqat, atroflicha
va puxta tayyorgarlikka ega
bo’lgan mutaxassisgina amalga oshira oladi. Shuning uchun ham pedagogik ixtisosliklarni
egallayotgan talaba – yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi Kadrlar tayyorlash
milliy dasturida ko’rsatilganidek, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, o’tmishdan qolgan
mafkuraviy sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va
axloqiy talablarga javob beradigan raqobatbordosh kadrlarni tayyorlashdan iborat.
129
12. Kishining barkamol shaxs sifatida rivojlanishi – uning faolligiga bog’liq. Shuning uchun
ham oliy maktabda amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning mohiyati
yigit va qizlarning
xilma-xil faoliyatini oqilona uyushtirish va faoliyatning barcha turlarini boshqarishdan iborat.
Tarbiyaviy ishlar dasturi va istiqbolli rejalar talabalar faoliyatini uyushtirishga qaratilishi
lozim. Talabalar bilan bajariladigan tarbiyaviy ishlar dasturini tuzishda talabalar faoliyatini
quyidagi turlarga bo’lish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: