partonimiya va boshqalar o`rganilib kelinmoqda.
O`zbek tilshunosligida, sal oldinroq frazeologiya, so`z yasalishi, hatto leksikografiya
ham leksikologiya tarkibida o`rganilib kelinar edi. Hozir ularning har biri tilshunoslikning
mustaqil bir sohasi bo`lib ajralib chiqqan. O`zbek semasiologiyasini ham yaratish davri
allaqachonlar yetib keldi.
Leksikologiya tilshunoslikning fonetika va grammatika bo`limlari bilan bevosita
bog`langan: tovush bo`lmasa, so`z bo`lmaganidek so`z bo`lmasa, grammatikaning ham
bo`lishi mumkin emas. Lug`at sostavidan nutqda maqsadga muvofiq tarzda foydalanishni
nazarda tutsak leksikologiya uslubiyat bilan ham uzviy aloqadadir.
TUSHUNCHA VA SO`Z
Tushuncha mantiq kategoriyalaridan biridir. Tushuncha ob’yektiv borliqning
umumiy tomonlarini aks ettiradi. Tushuncha tafakkurning asosiy bir shakli hisoblanadi.
Tafakkur uch shaklda: tushuncha, muhokama va xulosa shakllarida o`z ifodasini topadi.
Tushuncha predmet va voqea-hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi.
Muhokama predmet va voqea-hodisalarning tasdiq, yo inkor shaklida o`zaro aloqa va
munosabatlarini ko`rsatadi. Xulosa ham fikrlash jarayoni bo`lib, bir yoki bir necha
muhokamada yangi bir muhokamaga kelishdir. Masalan: ruchka-yozuv quroli, suv-ichimlik.
So`zlar nutq tovushlaridan (ol, ich) ba’zan bir tovushdan (u,o) iborat bo`ladi,
Fikrning ro`yobga chiqishi, tafakkurning almashuvi gap vositasida yuz beradi. Har bir so`z
ma’noga ega bo`lishi kepak.
So`z ma’nosi nima? Predmet va voqea-hodisalar yoki ular orasidagi munosabatning
kishi ongida aks etishi so`zning ma’nosi deyiladi. So`zlarning ma’no turlariga ko`ra
guruhlanishi:
1.Nomlovchilar: ot, sifat, son, fe’l, ravish
2. Ifodalovchilar: undov, yuklama, ko`makchi, modal so`z
3. Ko`rsatuvchilar: olmosh, bog`lovchi.
Bulardan birinchisi leksikologiyaning tekshirish ob’yektidir.
So`z o`z vazifasini grammatik shakllangandagina ro`yobga chiqaradi: "Biz
universitetda o`qiymiz" gapi grammatik shakllarisiz "Biz, universitet, o`qi" holida fikr
ifodalay olmaydi. Demak, so`zning mohiyatini tushunmoq uchun uning fonetik: semantik
grammatik tomonlariga e’tibor berish kerak.
Shunday qilib, ma’lum tovush yoki tovushlar kompleksidan iborat bo`lib, ma’no
yoki ma’nolar tizimini ifodalaydigan grammatik butunlikka so`z deyiladi: kitob, ruchka,
paxt.
So`z ajralmas uch tarkibiy qismdan iborat. 1. So`zning sema tarkibi. 2. So`zning
fonetik tarkibi. 3. So`zning morfolok tarkibi. So`zning semantik tarkibi shu so`zga xos
ma’no yoki ma’nolar va qo`shimcha ma’nolardan iborat. Boshqacha aytganda, so`z
denotativ (atama) va koniotativ (qo`shimcha ma’no) ma’nolar yig`indisidan iborat. Bas,
shunday ekan, leksikologiya bevosita semasiologiya bilan bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |