O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

SEMASIOLOGIYA 
So`zning ma’no tarkibi va u bilan bog`liq hodisalarni o`rganuvchi soha 
semasiologiya deyiladi. 


46 
So`zning ma’nosi va semantik tarkibi boshqa-boshqa hodisadir. So`zning ma’nosi 
deganda, shu so`zning u yoki bu bitta ma’nosi anglashiladi, Masalan: kitob-so`zining 
ma’nosi o`quv quroli, non-oziq-ovqat. So`zning ma’no tarkibiga uning o`z yoki ko`chma, 
bir yoki ko`p ma’nosi hamda ekspressiv hissiy ma’nolari kiradi: Masalan: Bosh, qosh, 
go`zap. 
So`zning ma’no tarkibini o`rganishda keyingi davr tilshunosligida komponent tahlil 
metodi vujudga keldi. Buning o`zbek tiliga tadbiq etilishida prof. I.Qo`chqortoyev. Sh. 
Rahmatullayev, H.Ne’matov, R.Rasulovlar katta rol o`ynaydi. Ular tomonidan O`zbek 
tilshunosligida komponent taqlil usuli tadbiq etildi. Komponent tahlil metodida bir so`zning 
turli semalari tahlil etiladi va uning valentligi aniqlanadi. Masalan: tuz leksemasining oq, 
kristall, sho`r, ovqatga solinadigan ximiyaviy element semalari mavjud. Chog`ishtiring: Non 
sindi. Non-qattiq, qattiq narsa sinadi. Suv sindi: suv-yumshoq bu sinmaydi. Demak, non va 
suv so`zlari "qattiq" va "yumshoq" semalari valenlligiga ko`ra farqlanadi. Bu hodisa 
uslubiyat uchun ham muhim ahamiyatga egadir. 
So`z va uning ma’no tarkibini izchil o`rganish tilga yaxlit bir tizim (sistema) sifatida 
qaralgandagina amalga oshishi mumk in 
O`zbek tilshunosligida tilga sistema (tizim) sifatida yondashish, asosan, 80-yillardan 
paydo bo`ldi. Hozir tilshunoslikdagi eng ilg`or metod sifatida rivojlanib bormoqda. Bu 
o`rinda til leksikasining sistem qurilishi haqida ma’lumot berish lozim. 
Sistem qurilishning mohiyati shundan iboratki, til strukturasida so`zlar izohli yoki 
ters lug`atlarda joylashgani kabi tasodifiy belgilar (masalan, alfavit shaklida) asosida emas, 
balki so`zlar orasidagi ma’no hamda vazifa o`xshashliklari asosida ma’lum guruhlarga-
leksik semantik guruhlarga (to`dalarga) (LSG) birlashgan holda yashaydi. Masalan o`zbek 
tilida shaxsni yosh xususiyati jihatidan baholovchi LSG o`z ichiga: ninni, chaqaloq, go`daq 
norasida, bola, qiz, o`g`il, o`smir o`spirin, yigit, juvon, keksa, qariya, chol, kampir, kabi 
so`zlarni' asliy sifatlarning ijobiy baho LSGi: yaxshi, tuzuq durust chiroyli, suluv, go`zal, 
zebo, ko`rkam, ajoyib, ajib kabi so`zlarni oladi. 
Bir LSGga kiruvchi so`zlarning ma’no va vazifalarini aniqlashda ular tarkibidagi 
integral (birlashtiruvchi) va differensial (farqlovchi) semalar muhim rol o`ynaydi. 
Boshqacha aytganda, so`zning ma’nosi va ma’no tuzilishi turlicha integral va differensial 
semalar yig`indisidan iborat. 
So`z ma’nosi (semema)ning kichik tarkibiy qismlari semalardir. 
Tabiiy moddalar kimyoviy tarkibiga ko`ra ularni tashkil etuvchi elementlarga 
bo`lingani kabi (chunonchi, suv H
2
O, tuz-NaS!) so`zning ma’nosi ham yaxlit bir butun 
ko`rinsa-da, bu nisbiy bo`lib, u tarkibiy qismlarga-semalarga bo`linadi. 
So`z ma’nosi (semema) nutqda muayyan sema "qobig`iga yashirinadi" va bu sema 
nutqda asosiy yetakchi sanaladi. So`z ma’nosi (semema) tarkibida boshqa semalar bilan 
o`zaro bog`lanib o`ziga xos mikrosistemasini tashkil qilib so`z ma’nosining yaxlitligini 
ta’minlaydi. M: aka va opa so`zlari bitta element (semasi) bilan, ya’ni biri erkak biri ayol 
jinsiga xos shaxsni ifodalashi bilan farqlanadi. Bu so`zlarda farklovchi -differensial sema 
jins. Ammo "qon-qarindoshlik", "bir ota-onadan tug`ilish", "yosh jihatdan kattalik", "bir 
avlodga mansublik" umumiy (integral)likni bildiradi. 
Bir kimyoviy element rang-barang moddalar tarkmbida uchrab turgani kabi ayrim 
LMGning differensial va integral semalari boshqa LSGlarda takrorlanib turadi. Chunonchi, 
"Erkak yoki ayol jinsiga mansublik"ni farqlash semasi uka-singil, er-xotin, yigit-qiz, kuyov-
kelin, qo`chqor-qo`y kabi minglab so`zlar tarkibida takrorlanadi. 
So`z ma’nosi (sememalar)ning semantik tuzilishini o`rganishda komponent tahlil 
metodining ahamiyati katta. Bu metod orqali so`z ma’nosi, uni tashkil qiluvchi tarkibiy 
qismlar, bu tarkibiy qismlarning o`zaro munosabati, til va nutqdagi roli, o`rni va vazifasi, 
ahamiyati aniqlaniladi. 
So`z tilda til birligi (leksema), nutqda nutq birligi sifatida o`rganiladi. So`zning 
nutqda o`rganilishi, uning boshqa so`zlar bilan birika olish imkoniyati, semantik sintagma 


47 
tuzishi, o`z ma’nosini to`la ochish unun muayyan so`z va so`z shakllarini talab etishi 
valentlik nazariyasining asosini tashkil etadi, So`z valentligi substantsial-semantik hodisa 
sifatida so`z ma’nosi va uning gapda namoyon bo`lishi bilan bog`liqdir. 
Valentlik nazariyasi ob’yektiv, muhim va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Chunki u 
so`zning ichki imkoniyati, so`zga xos muayyan semantik xususiyatlarni ochishda muhim rol 
o`ynaydi. 
So`zlarning semantik bog`lanishi bevosita ular semalarining semantik munosabatini 
yuzaga keltiradi. Biror so`zning biror boshqa so`z bilan birikishi uning semantik 
imkoniyatiga ko`ra sodir bo`ladi. 
Chog`ishtiring: suv so`zida "yumshoqlik", "suyuqlik" semalari mavjud. Shuning 
uchun ham u "ichmoq" fe’li bilan bevosita birika oladi. Chunki "yumshoq" va "suyuq" 
narsalar ichilish imkoniyatiga ega. 
So`zlar orasidagi semantik munosabat esa bevosita sintaktik munosabatni yuzaga 
keltiradi, ya’ni sintaktik konstruktsiyalar tuziladi. Chunki sintaktik munosabat asosida 
semantik munosabat yotadi. Bu o`z navbatida semantika va sintaksisning o`zaro dialektik 
bog`liqligini ko`rsatadi. 
Ammo shu narsani ta’kidlash joizki, sintaktik aloqadan valentlik kelib chiqmaydi, 
balki valentlikdan sintaktik aloqa kelib chiqadi. 
Valentik va sintaktik aloqaga xos xususiyatlarni aniqlashda quyidagilarga e’tibor 
qaratish lozim. 
Valentlik-ichki imkoniyat, potentsiya bo`lsa, sintaktik aloqa uning voqe bo`lishidir. 
Valentlik–til birligi bo`lsa, sintaktik aloqa nutq birligi. 
Valent1ik–mohiyat bo`lsa, sintaktik aloqa hodisadir. 
Valentlik–umumiy bo`lsa, sintaktik aloqa xususiydir. 
Valentlik–zarurat bo`lsa, sintaktik aloqa tasodifdir. 
Xullas, so`z valentligi va sintaktik aloqa o`zaro bog`liq, bir butun, ajralmas, ayni 
vaqtda har biri nisbiy "mustaqil" bo`lgan faol lingvistik hodisadir. 
Valentlik nazariyasi so`zlar orasidagi mantiqiy munosabat mohiyatini bilishda, turli 
sintaktik birliklarning hosil bo`lish mexanizmini ochishda katta ahamiyatga ega. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish