O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

LEKSIK MA’NO VA QO`SHIMCHA MA’NO
So`zning ob’yektiv borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi dastlabki ma’nosi so`zning 
leksik yoki denotativ ma’nosi deyiladi. Masalan: non-oziq-ovqat, keldi-harakat. So`zning 
leksik ma’nosi uning o`zak negizida bo`ladi. 
So`zning leksik ma’nosiga qo`shimcha tarzda sub’yektning his-tuyg`u, kayfiyatini, 
turli munosabatini ifodalovchi ma’no so`zning qo`shimcha (konnotativ) ma’nosi deyiladi. 
Masalan: yuz, aft, chehra. Bu sinonimik qatorda atash ma’nosi bitta, qo`shimcha ma’no har 
xil. Emotsional-ekspressiv yoki qo`shimcha ma’no so`zning semantik tarkibida bo`lishi 
ham, bo`lmasligi ham mumkin. Masalan: novcha so`zining leksik ma’nosi-uzun, qo`shimcha 
ma’nosi yo`q. Naynov so`zida leksik ma’no va salbiy munosabat mavjud, ya’ni emotsional-
ekspressiv munosabat bor. So`zlardagi uslubiy belgi so`zning nutq funksional stillaridan 
biriga xosligini ham ko`rsatadi. Masalan: ozod so`zi neytral, hur so`zi badiiy uslubga xosdir. 
Demak, so`zlardagi qo`shimcha ma’no emotsional-uslubiy va funksional-uslubiy 
ma’nolar shaklida ifodalanishi mumkin. Leksik ma’no va grammatik ma’no 
Gapni tashkil etgan har bir so`z o`zining leksik ma’nosi bilan bir qatorda kamida ikki 
va undan ortiq grammatik vazifani bajaradi. Paxta gulladi. Paxta so`zi texnika o`simligining 
bir turini, gulladi esa holati-o`zgarganligi, ya’ni gullaganini bildiradi. Bu gapdagi so`zlar 
yuqorida qayd qilingan ma’nolardan tashqari, paxta predmet nomini bildiradi, bosh kelishik 
va birlik sonida, gapda ega vazifasida kelgan. Gulladi so`zi fe’l, o`tg`an zamon, birlik, 
uchinchi shaxs, o`timsiz, aniqlik maylini bildiradi, gapda esa kesim vazifasida kelgan. 
Shunday qilib, so`zning biror tushuncha, ya’ni denotat ifodalashi so`zning leksik 
ma’nosi deyiladi. 


48 
So`zning morfologik va sintaktik xususiyatlari uning grammatik ma’nosi deyiladi. 
So`zlar gapda ma’lum sharoitda o`z leksik-grammatik ma’nosini o`zgartirishi 
mumkin. 
1. Yakka so`zlar boshqa so`zlar bilan aloqaga kirmay leksik-grammatik ma’noga ega 
bo`ladi: tosh, yog`och, temir so`zlari predmet, bosh kelishi, birlikni bildiradi. 
2. So`zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan bog`langanda dastlabki leksik-grammatik 
ma’nosini saqlagan holda, ya’ni boshqacha leksik-grammatik ma’no kasb etadi: tosh yul, 
yo`g`och ko`prik temir eshik. Bu so`zlar asl leksik ma’nolarini saqlagan holda predmet 
ma’nosidagi keyingi so`zlarning belgisini, qanday materialdan yasalganligini ko`rsatyapti. 
Leksik-grammatik ma’no nutqda so`z ma’nolarini va vazifalarini turini anglashga 
yordam beradi. Jumladan, o`zbek tilida ot va otlashgan so`zlar egalik, kelishik affikslarini 
qabul qiladi. Fe’llar tuslanadi: Rejali ish buzilmaydi. Ikkinchidan, predmetga so`zlovchining 
munosabatini bildiradi: Kichkina dekcha - ichi to`la mixcha. Bu munosabatlar gapdagi 
grammatik shakllar-gina -kina, -cha kabi kichraytish erkalash ma’nosidagi qo`shimchalar 
bilan ro`yobga chiqqan.

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish