O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

Boshqa, tashqari, bo‘lak, o‘zga
ko‘makchilari mustasnolik ma’nosini ifodalaydi: 
Kampir anhorga tikildi, nishab oqayotgan suvda o‘zining aksidan boshqa(tashqari,bo‘lak) 
hech narsa ko‘rinmadi. (I.R.) Sendan o‘zga jonon ko‘rinmas ko‘zga. (Muqimiy.)
Beri, buyon
ko‘makchilari ko‘pincha harakatning boshlanish vaqti bilan bog‘liq
bo‘lgan payt oralig‘i ma’nosini ifodalaydi: 
Undan bir oydan beri (buyon) darak yo‘q. 
Shuningdek, 
nari (nariga)
ko‘makchisi ish-harakatning chegarasi yoki darajasini, 
burun, ilgari
ko‘makchilari ish-harakatning o‘tgan zamonda sodir bo‘lganligini, 
boshlab, 
tortib
ko‘makchilari esa ish-harakatning sodir bo‘lishidagi boshlang‘ich vaqt, o‘rini, manbai 
ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi. 
Ko‘makchi otlar
o‘zining leksik ma’nolarini saqlagan mustaqil so‘z bo‘lishiga 
qaramay, ularning ma’nolari ko‘pincha metaforik usulda ko‘chgan holda yordamchi so‘zlar 
kabi munosabatlarni bildirib keladi. Xususan, 
ost, ust,old, orqa, yon, ich, ora, bosh, o‘rta 
so‘zlari ko‘makchi otlardir. Ko‘makchi otlar, asosan, belgisiz qaratqich kelishigidagi so‘z-
dan keyin kelib, mazkur so‘zlarni o‘zi o‘rin-payt va chiqish kelishigi hamda egalik 
qo‘shimchalarini qabul qilgan holda fe’lga bog‘lash uchun xizmat qiladi: 
yer ostidan 
qaramoq, bir hafta ichida uchrashmoq
kabi. Ko‘makchi ot vazifasida keluvchi bu so‘zlar 
belgili qaratqich kelishigi-dagi ot bilan birikkanda, o‘z mustaqil lug‘aviy ma’nosini 
saqlaydi. Masalan 
uyning ichida, binoning yonida, poydevorning ostidan 
kabi. 
 
16.2. Bog‘lovchilar. 
1-§.
Bog‘lovchilar gapdagi uyushgan bo‘laklarini va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-
biriga bog‘laydigan yordamchi so‘zlardir. Masalan: 
Haqiqat va to‘g‘rilikni sevuvchi odamlar doimo 
vijdon amriga bo‘ysunadilar.
Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1) yakka bog‘lovchilar uyushgan bo’laklar va 
ayrim gaplar orasida yakka holda qo‘llanadi: 
va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, 
vaholanki, yoki, yoxud, yo, gar, agar, agarda, basharti, chunki, garchi, go‘yo, go‘yoki, -ki, -kim; 
2) 
takroriy bog’lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o‘rinda gap bo‘laklari bilan, shuningdek, 
qo‘shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi: 
dam..., dam, ba’zan..., ba’zan, 
ham..., ham, bir..., bir, yoki..., yoki, yo..., yo, goh..., goh, xoh...., xoh. 
Takroriy bog’lovchilar takrorlangan gap bo‘lagi yoki ayrim gaplarning oldida 
qo‘llanadi. Takroriy bog‘lovchilarning bir qismi yakka holda ham qo‘llanishi mumkin. 
Masalan, 
yo, yoki 
bog‘lovchilari ana shunday bog‘lovchilardandir: 
Sen bu gaplardan 
xabaring yo‘q, yoki bilib bilmaslikka olayapsan.
Takroriy borlovchilarning ayrimlari faqat takrorlangandagina bog‘lovchi hisoblanadi, 
yakka qo‘llanganda esa o‘zi mansub bo‘lgan so‘z turkumiga taalluqli bo‘ladi. 
Masalan:
bir.....bir
bog‘lovchi
, bir 
— son, 
ham... ham 
bog‘lovchi, ham— yuklama, 
ba’zan.... ba’zan 
bog‘lovchi
, ba’zan 
— ravish kabi.
Bog‘lovchilar grammatik jihatdan o‘zgarmaydi va lug‘aviy ma’noga ham ega emas. 
Ular o‘zi bog‘lagan ayrim so‘zlar va sodda gaplarni o‘zaro qanday munosabatda 
ekanliklarini, shuningdek, shu munosabatlarning xilini ko‘rsatadi. Shunday vazifasiga ko‘ra 
bog‘lovchilar teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi. 


124 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish