grammatikalizatsiyalashadi
. Shu bois bunday so‘z
qo‘shilmalaridagi birinchi fe’l
yetakchi fe’l
hisoblanib, u mazkur birikmadagi asosiy lug‘aviy
ma’noni tashuvchi komponent hisoblanadi. O‘z mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, modal ma’no
ifodalovchi analitik unsurga aylangan fe’l esa
ko‘makchi fe’l
deyiladi:
aytib berdi (aytib—
yetakchi,
berdi —
ko‘makchi). Yetakchi fe’l vazifasida sodda fe’ldan tashqari qo‘shma fe’l (qaror qilib
qo‘ymoq, olib chiqib ketmoq), takroriy fe’l (o‘yib-o‘yib olmoq, chimchib-chimchib olmoq)
ishtirok etishi mumkin.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida quyidagi fe’llar ko‘makchi fe’l vazifasida qo‘llanadi:
boshla, yot, tur, yur, o‘tir, bo‘l, bit, ol, ber, qol, qo‘y, chiq, bor, kel, ket, yubor, tashla, sol,
tush, o‘l, o‘t, yet, ko‘r, qara, boq, yoz
kabilar.
Ko‘makchi fe’llar yetakchi fe’l bilan asosan
–(i)b
yoki
–a, -y
ravishdosh yasovchilari
yordamida birikadi. Ba’zi ko‘makchi fe’llargina yetakchi fe’l bilan grammatik shakl
yordamisiz birikadi. Ko‘makchi fe’l yetakchi fe’l bilan ravishdosh shakli orqali
birikkanda, tuslovchi affikslar ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi. Yetakchi fe’lga grammatik
shakl yordamisiz birikkanda esa yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda, ya’ni
tuslovchi affiklar har ikkala fe’l takibida bo‘ladi:
yozib oldim, yozib olding, yozib oldi;
yoza oldim, yoza olding, yoza oldi; yozdim-oldim, yozding-olding, yozdi-oldi
kabi.
Ba’zi ko‘makchi fe’llar, keltirilgan misoldagi kabi, yetakchi fe’lga har uch shaklda
birikadi, ba’zilari esa faqat ravishdosh shakli yordamida birikadi:
o‘qib chiqdi, yoza
boshladi.
Bulardagi
chiq, boshla
ko‘makchi fe’llari yetakchi fe’l bilan
o‘qidi-chiqdi,
yozdi-boshladi
shaklida birikmaydi. Ayrim ko‘makchi fe’llar yetakchi fe’l bilan
–(i)b
va
–a, -y
ravishdosh yasovchilari yordamida, ba’zilari esa faqat
–(i)b
yoki
–a, -y
affiksi
yordamida birikadi. Masalan,
ber
ko‘makchi fe’li ravishdoshning har ikki shakliga birika
olgani holda,
qara
ko‘makchi fe’li faqat
–(i)b
affiksli ravishdosh shakliga,
yoz
ko‘makchisi
esa faqat –a affiksli ravishdoshga birikadi:
yozib ber
—
yoza ber, o‘qib qara, yiqila yozdi.
Shunga ko‘ra ko‘makchi fe’llarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: 1)
ravishdoshning
–b (-ib)
affiksli turiga birikadigan ko‘makchi fe’llar:
yot, o‘tir, kel, yur,
bo‘l, bit, chiq, yet, o‘t, yubor, tashla, tush, o‘l, qara, boq, qo‘y;
2) faqat ravishdoshning
–a (-y)
affiksli turiga birikadigan ko‘makchi fe’llar:
boshla, bil, yoz
; 3) ravishdoshning
ham
–b (-ib)
ham -
a (-y)
affiksli shakli bilan bog‘lana oladigan ko‘makchi fe’llar:
tur,
bor, ol, ber, qol, ko‘r, ket, sol
kabilar.
O‘zbek adabiy tilida ko‘makchi fe’llarning asosiy qismi yetakchi fe’l bilan
–(i)b
ravishdosh yasovchisi orqali birikadi. Yetakchi fe’lga faqat
–a, -y
ravishdosh yasovchisi
yordamida birikuvchi ko‘makchi fe’l, yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, uchtagina:
boshla,
bil, yoz (ayta boshladi, yoza bildi, to‘kila yozdi).
Yetakchi fe’l bilan ravishdoshiing har ikki turi yordamida birika oladigan ko‘makchi
fe’llar
–(i)b
yoki
–a, -y
affiksi yordamida birikkanda boshqa-boshqa ma’nolar ifodalaydi.
Qiyoslang:
yozib oldi-yoza oldi, kelib qoldi-kela qoldi, aytib ko‘r-ayta ko‘rma.
Yetakchi va ko‘makchi fe’ldan tashkil topgan analitik shakllarda ko‘makchi fe’l
birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ham har bir ko‘makchi fe’l o‘zidan oldingi
fe’l bilan ravishdosh shakllari yordamida birikadi:
aytib berib tUa qol.
Ko‘makchi fe’l
yordamida yasaluvchi analitik shaklning bir yetakchi va bir ko‘makchi fe’ldan hosil bo‘lgan
turi juda ko‘p qo‘llanadi. Ikki va undan ortiq ko‘makchili shakl kam uchraydi. Birdan ortiq
ko‘makchi fe’l qatnashgan shaklda har bir ko‘makchi fe’l o‘z ma’nosi bilan qatnashadi.
Analitik shakl tarkibidan biror ko‘makchi fe’l tushirilsa, unga xos ma’no ham yo‘qoladi:
aytib berib tura qol
-
aytib berib tur
-
aytib ber.
Birdan ortiq ko‘makchi fe’lli analitik
shaklda ravishdoshning
–(i)b
va
–a, -y
affiksi yordamida birikuvchi ko‘makchi fe’l ishtirok
118
etsa, yetakchi fe’lga avval
-(i)b
affiksi yordamida birikuvchi ko‘makchi fe’l, keyin
–a, -y
affiksi yordamida birikuvchi ko‘makchi fe’l qo‘shiladi:
yozib bera qol, yozib ko‘ra
boshladi, ishlab tura ber
kabi.
Aynan bir ko‘makchi bilan yasalgan analitik shakldagi fe’llar uyushiq bo‘lak
vazifasida kelganda, ko‘makchi fe’l uyushiq bo‘laklarning so‘nggisi bilan qo‘llanish hollari
ham uchraydi:
Men uni bir necha yildan buyon yedirib, ichirib kelaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |