483
o‘tkazilib, ushbu natijalar barcha ommaviy axborot vositalarida, radio va
televideniyeda muntazam ravishda e’lon qilib borilyapti. 2007-yil
birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan reytingda
mamlakatimizda
faoliyat ko‘rsatayotgan 29 ta tijorat bankidan 21 tasi
qatnashib quyidagi natijalarga erishdilar ( 65,66 -jadvallar)
22F
1
.
Tijorat banklari faoliyatining 2007-yil 1
yarim yillik yakunlari
bo‘yicha reytingining o‘rtacha ko‘rsatkichi 40,95 ballni tashkil etdi, bu
esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada yuqoridir.
(2006-yilning birinchi yarim yilligida ushbu ko‘rsatkich 34,10 ballni
tashkil etgan). Bunga banklar faoliyatining ko‘lamlilik va rentabellik
ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi sabab bo‘ldi.
64-jadval.
Yirik tijorat banklari faoliyatining
reyting baholari
Bank nomi
Yakuniy reyting bali
“O‘zsanoatqurilishbank”
80.61
“Paxtabank” 76.88
“Ipotekabank” 70.14
“G‘allabank” 57.12
“Kapitalbank” 51.52
“Ipak yo‘li banki”
50.12
ABN AMRO BANK MB
O‘zbekiston AJ
12.24
Ko‘lamlilik ko‘rsatkichining o‘sishi tijorat banklari jami aktivlari va
umumiy daromadlarining ijobiy dinamikasi evaziga yuz berdi. Tahlil
qilinayotgan davr mobaynida reytingda ishtirok
etgan tijorat banklari
aktivlari 45,2 foizga o‘sdi. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida aktiv-
larning yuqori o‘sish sur’atlari Alp Jamol bank (145 foiz), Trastbank
(137 foiz), ABN AMRO Bank (hozirgi RGB) MB O‘zbekiston AJ (109
foiz), Ipotekabank (62 foiz) va O‘zsanoatqurilishbank (52 foiz) larda
kuzatilmoqda. Jalb qilingan mablag‘larning 45,0 foizga o‘sishi banklar
aktiv operatsiyalari hajmining kengayishini ta’minladi.
Nomoliyaviy sektor depozitlari va olingan
ssudalar banklarning jalb
qilingan mablag‘larining asosiy manbayi hisoblanadi. Ularning umumiy
hajmi banklarning umumiy majburiyatlarining 80 foizdan ko‘prog‘ini
tashkil qilmoqda. Banklarning depozit bazasi 56,1 foizga o‘sdi.
Depozitlarning o‘sishi asosan talab qilib olinguncha (63,5 foizga) va
1
“Bank axborotnomasi” 2007 yil sentabr
№
36
484
muddatli (51,8 foizga) depozit hisobvaraqlari qoldiqlarining ortishi
evaziga yuz berdi. Ularning jami depozitlar tarkibidagi ulushi tegishli
ravishda 71,5 foiz va 22,1 foizni tashkil qildi.
Boshqa banklardan jalb
qilingan mablag‘lar qoldig‘i 96,6 foizga o‘sdi. Depozit bazasining
yuqori o‘sish sur’ati Trastbank (164 foiz), Alp Jamol bank (96 foiz),
O‘zsanoatqurilishbank (87 foiz), G‘allabank (85 foiz) va Paxtabank (66
foiz) larda kuzatilmoqda.
Bank aktivlarining asosiy qismini kredit qo‘yilmalar va likvid
mablag‘lari tashkil qilib, ularning umumiy hajmi banklar aktivlarining
85,4 foizini tashkil qilmoqda. Kredit qo‘yilmalari (sof qoldiq)
tahlil
qilinayotgan davr mobaynida 35,4 foizga o‘sdi. O‘tgan davr mobaynida
banklarning lizing faoliyati jadallashib, ularning lizing portfeli 52,1
foizga o‘sdi. Banklarning likvid mablag‘lari (naqd pul qoldig‘i,
Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi hisobvaraqlar qoldig‘i) 58,5
foizga o‘sdi. Natijada tijorat banklari likvid mablag‘larining jami
aktivlardagi ulushi 33,9 foizga oshdi.
2007-yilning birinchi yarim yilligi davomida banklarning umumiy
daromadi 29,2 foizga ortdi. Umumiy daromadlarning 52,6 foizini foizli
daromadlar tashkil qilmoqda. Foizli daromadlar
tahlil qilinayotgan davr
mobaynida 36,6 foizga o‘sdi. Ssuda va lizing operatsiyalaridan olingan
Do'stlaringiz bilan baham: