480
Daromad keltiruvchi
aktivlarga ishlayotgan aktivlar (barcha kredit
qo‘yilmalar va qimmatli qog‘ozlar) kiradi. Daromad keltirmaydigan
aktivlarga nomoddiy xarajatlar, binolar, kapital xarajatlar va to‘lov
muddati 90
kundan oshgan kreditlar, shuningdek, kreditlar va amal
qilmaydigan deb tan olingan kreditlar bo‘yicha foizlar taalluqlidir.
Daromad keltiruvchi aktivlar kredit salohiyatining asosini va
bankning ssuda portfelini tashkil etadi. Shu bois bank kapitalini oshirish
va kredit potensialini mustahkamlash
ham uning daromadliligiga
bog‘liq. Bankning daromadi, asosan, kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi,
kredit qo‘yilmalar hajmi va bank likvidliligiga bog‘liq.
Bank daromadlarni quyidagi manbalardan oladi:
operatsiyalardan (olingan foizlar);
qimmatli qog‘ozlar savdosidan;
foizsiz daromad hisobidan;
mulkni
va boshqa aktivlarni sotishdan;
boshqa manbalardan.
«CAMEL» tizimi daromadlarni miqdor va sifat tomonlarini hisobga
olgan holda baholashni tavsiya etadi. Daromadlilik darajasi quyidagi
ikki ko‘rsatkichni tahlil qilishni taqozo etadi:
balans foydasining aktivlarga nisbati;
soliqlar chegirib tashlangan foydaning aktivlarga nisbati.
Daromad yo‘nalishining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilish va
baholashda dastlab quyidagi masalalar:
tushumning o‘zgarmasligi yoki jami
aktivlarga nisbatan foiz
hisobida kamayishi;
operatsion xarajatlarning operatsion daromadlarga nisbatan
o‘zgarishi;
foizli xarajatlar bilan foizli daromadlar o‘rtasidagi marjaning
o‘zgarishi;
foizsiz xarajatlar va daromadlarlarning o‘zgarishlari inobatga
olinadi.
Bank daromad va xarajatlarining salbiy
va ijobiy moddalarini
aniqlashda asosan quyidagi omillarga ahamiyat beriladi:
aktivlarning foydaliligi;
kapitalning foydaliligi;
aktivlar va passivlar asosiy kategoriyalarining o‘sish koef-
fitsiyenti;
daromadning asosiy manbalari;
481
xarajatlarning barcha asosiy kategoriyalari.
Qayd qilingan barcha ko‘rsatkichlar boshqa o‘xshash banklarga
taqqoslangan holda qiyosiy tahlil qilinadi.
[307]
. Likvidlik ko‘rsatkichi to‘rtinchi
tahlil qilinadigan omil
hisoblanadi. CAMEL tizimiga muvofiq, likvidlik bankning
majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida bajarish layoqati va
xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning kreditga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishga tayyorlik darajasini ifodalaydi.
Likvidlik darajasi ham
shular orqali baholanadi.
Baholashda likvidlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ya’ni:
aktiv va passivlarning tarkibi;
aktiv va passivlarni boshqarish sifati;
depozit bazasining holati kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi.
Bankning majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida bjarish
layoqati, pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojning qondirilishi ko‘p
jihatdan
Do'stlaringiz bilan baham: