"O’zbekiston temir yo’llari" aksiyadorlik jamiyati 2016 yil 1-yarim yillik ish yakunlari bo’yicha hisobot
2016 yilning 6 oyida "O’zbekiston temir yo’llari" AJ bo’yicha 33,0 mln. tonna yuk jo’natildi.
Jamiyatda yuk aylanmasi xajmi o’tgan yilning xisobot davriga nisbatan 100 foizga bajarildi va 11,5 mlrd. tonna-km.ni tashkil etdi.
Xisobot davrida jamiyatning umumiy daromadlari 1 604,8 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilga nisbatan 108,9 foizni (2015y.- 1 474,0 mlrd. so’m), yuklarni tashishdan olingan daromad – 1 176,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Yo’lovchi aylanmasi hajmi 1 901,2 mln. yo’lovchi-kmni yoki o’tgan yilga nisbatan 100,3 foizni tashkil etdi. 11,13 mln. yo’lovchi yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan 428 mingdan ko’p yo’lovchi o’z manzillariga olib borib qo’yildi.
2016 yilning yanvar -iyun oylarida "O’zbekiston temir yo’llari" AJdagi umumiy ishchilar soni 73,0 ming kishini, shu jumladan asosiy faoliyatdagi ishchilarning o’rtacha soni 39,4 ming kishini tashkil etdi. Xisobot davrida o’rtacha oylik ish xaqi 1 233 752 so’m bo’lib, o’tgan yilga nisbatan 108,5 foizni tashkil qildi.
Xisobot davrida 103 ta (davr prognoziga - 100%) yangi ish o’rinlari tashkil qilindi, bulardan 66 tasi investisiya dasturi bo’yicha, 27 tasi mahalliylashtirish dasturi bo’yicha, 10 tasi tarmoqni rivojlantirish dasturi bo’yicha.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458 sonli qarori bilan tasdiqlangan Investisiya Dasturiga muvofiq "O’zbekiston temir yo’llari" AJda moliyalashning barcha manbaalari xisobidan 2016 yil prognozi 799,22 mln. dollar bo’lib, shundan jamiyatning o’z mablag’alari xisobidan 378,37 mln. dollar, davlat byudjeti xisobidan 106,41 mln. dollar, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 52,35 mln. dollar, chet el investisiyalari xisobidan 212,09 mln. dollar va boshqa manbalar xisobidan 50 mln. dollar mablag’ o’zlashtirish ko’zda tutilgan.
2016 yilning yanvar -iyun oylarida Investisiya Dasturi bo’yicha jami 448,34 mln. doll. miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirildi va davr prognozi 101,2 foizga bajarildi. SHundan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 185,39 mln. dollar, davlat byudjeti xisobidan 66,73 mln. dollar, O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hisobidan 15,7 mln.dollar, chet el investisiyalari xisobidan 156,52 mln.dollar, ATB “O’zsanoatqurilishbank” krediti xisobidan 24 mln.dollar o’zlashtirildi.
Loyihalar bo’yicha:
- “Angren-Pop yangi elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasi qurilishi” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi 244,87 mln. dollar bo’lib, shu jumladan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 30,5 mln.dollar, davlat byudjeti xisobidan 36,4 mln. dollar, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 20,25 mln. dollar, Eksimbank mablag’lari xisobidan 135,12 mln.dollar, Jaxon banki mablag’lari xisobidan 22,6 mln.dollar bo’lib, hisobot davrida jami 178,78 mln. dollar mablag’ o’zlashtirildi. Shundan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 28,26 mln.dollar, davlat byudjeti xisobidan 24,27 mln. dollar, tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 11,25 mln. dollar, Eksimbank mablag’lari xisobidan 108,0 mln. doll., Jaxon banki mablag’lari xisobidan 7,0 mln.dollar o’zlashtirildi (davr prognoziga -100%).
-“Samarqand-Buxoro yo’nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar xarakatini tashkil etish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi 221,41 mln. dollar bo’lib, shu jumladan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 114,22 mln.dollar, davlat byudjeti xisobidan 57,19 mln. dollar, boshqa manbalar xisobidan 50,0 mln.dollar bo’lib, hisobot davrida jami 103,32 mln. dollar mablag’ o’zlashtirildi.Bu jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 49,68 mln.dollar, davlat byudjeti xisobidan 29,64 mln.dollar, boshqa manbalar xisobidan 24,0 mln.dollarni tashkil etdi (davr prognoziga -100%).
- “Qarshi-Termiz temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi 30,0 mln. dollar bo’lib, shu jumladan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 10,0 mln.dollar, chet el investisiyalari xisobidan 20,0 mln.dollardir. Xisobot davrida jami 11,19 mln. dollar mablag’ o’zlashtirildi. Bunda jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 4,04 mln.dollar, chet el investisiyalari xisobidan 7,15 mln.dollar tashkil etdi (davr prognoziga -100,4%).
-“Marokand-Qarshi temir yo’l liniyasini elektrifikasiya qilish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi 26,22 mln. dollar, shu jumladan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 6,72 mln.dollar, chet el investisiyalari xisobidan 19,5 mln.dollar bo’lib, 2016 yil yanvar -iyun oylarida 26,27 mln. dollar mablag’ o’zlashtirildi. SHundan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 6,77 mln.dollar, chet el investisiyalari xisobidan 19,5 mln.dollar o’zlashtirildi (davr prognoziga -100,2%).
- “Navoi-Konimex-Misken temir yo’li qurilishi” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi 79,92 mln. dollar bo’lib, shu jumladan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 35,0 mln.doll, davlat byudjeti xisobidan 12,82 mln. dollar, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 32,1 mln. dollar, hisobot davrida jami 34,87 mln. dollar mablag’ o’zlashtirilib, shundan jamiyatning o’z mablag’lari xisobidan 17,6 mln.dollar, davlat byudjet xisobidan 12,82 mln.dollar,Tiklanish va taraqqiyot jamg’arma- si xisobidan 4,45 mln.dollarni tashkil etdi(davr prognoziga -115%)
- “Ikki yo’llik Jizzax-Yangier elektrlashtirilgan yangi temir yo’li qurilishi” loyihasini davom ettirish yillik prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 0,5 mln. dollar bo’lib, hisobot davrida jamiyat o’z mablag’ xisobidan 0,51 mln. dollar o’zlashtirildi (davr prognoziga -102%).
-“Toshkent-Samarqand” yo’nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar xarakatini tashkil etish loyihasi bo’yicha mablag’ o’zlashtirish yillik prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 0,5 mln. doll. bo’lgani xolda, hisobot davrida 0,5 mln. doll. kapital mablag’lar o’zlashtirildi (davr prognoziga -100%).
-“Temir yo’llarni reabilitasiya qilish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 48,6 mln. dollar yoki 130 km bo’lib, hisobot davrida qiymati 20,28 mln. dollarlik 54 km temir yo’l reabilitasiya qilindi (davr prognoziga -100,5%).
-“O’ztemiryulmashta’mir” UK da lokomotivlarni qayta tiklash loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 10,9 mln. doll. bo’lib, xisobot davrida qiymati 5,33 mln.doll. bo’lgan 13 ta seksiya lokomotivlar qayta tiklandi (prognozga 101%).
-“Yuk vagonlarining xizmat muddatini uzaytirib qayta tiklash, modernizasiya qilish va qayta jixozlash” loyihasi bo’yicha 2016 yilda jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 1440 ta yuk vagonlari uchun 12,2 mln. doll. o’zlashtirish ko’zda tutilgan bo’lib, xisobot davrida qiymati 4,92 mln. dollar.bo’lgan 555 ta vagon ta’mirlandi (davr prognoziga -101%).
-“Andijon mexanika zavodi” va “Quyuv mexanika zavodi” ShK larida 2016 yilda jamiyat o’z mablag’lari xisobidan qiymati 56,0 mln. dollar bo’lgan 700 dona yuk vagonlari qurish rejalashtirilgan bo’lib, xisobot davrida qiymati 26,28 mln.doll. bo’lgan 328 ta yuk vagonlari qurildi (davr prognoziga -100%).
-“Yo’lovchi vagonlar parkini yangilash” loyihasi bo’yicha 2016 yilda jamiyat o’z mablag’lari xisobidan qiymati 8,01 mln. dollar bo’lgan 15 dona yo’lovchi vagonlari qurish rejalashtirilgan bo’lib, xisobot davrida qiymati 3,72 mln.doll. bo’lgan 7 ta yo’lovchi vagoni qurildi (davr prognoziga -100%).
- “11 seksiya yuk elektrovozlarni xarid kilish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi chet el investisiyalari xisobidan 14,87 mln. dollar bo’lib, hisobot davrida jami 14,87 mln. dollar mablag’ o’zlashtirildi (davr prognoziga -100%). Ushbu loyiha bo’yicha 11 seksiya yuk elektrovozlari olib kelindi va foydalanishga topshirildi.
-“Samarqand-Qarshi” yo’nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar xarakatini tashkil etish loyihasi bo’yicha mablag’ o’zlashtirish yillik prognozi 2,88 mln. doll. bo’lgani xolda, hisobot davrida 2,89 mln. doll. kapital mablag’lar o’zlashtirildi (davr prognoziga -100,3%).
- “Kandim gazni kayta ishlash zavodiga olib boruvchi temir yo’l qurilishi” loyihasini davom ettirish yillik prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 28,09 mln. doll. bo’lib, hisobot davrida 9,36 mln. doll. o’zlashtirildi (davr prognoziga -101%).
- “Kompaniya korxonalariga dastgoh va texnologiyalar sotib olish” loyihasi bo’yicha 2016 yil prognozi jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 3,5 mln. doll. bo’lib, xisobot davrida qiymati 1,58 mln.doll. bo’lgan dastgoh va texnologiyalar sotib olindi (prognozga 100%).
- Yuqori tezlikda xarakatlanuvchi Talgo yo’lovchi elektropoezdini xarid qilish loyihasi 2015-2017 yillarga mo’ljallangan bo’lib, unga Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 8,04 mln. dollar miqdorida mablag’ o’zlashtirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari “Toshkent mexanika zavodida” investisiya dasturiga kiritilgan 13 ta loyiha bo’yicha jamiyat o’z mablag’lari xisobidan 10,75 mln. dollar mablag’ o’zlashtirish rejalashtirilgan bo’lib, hisobot davrida jamiyat o’z mablag’lari xisobidan ushbu loyihalar bo’yicha 3,67 mln. dollar miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |