O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Tabiat va jamiyatning o`zaro munosabatlarida



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/169
Sana20.07.2022
Hajmi2,39 Mb.
#829332
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169
Bog'liq
1. Hayot faoliyati xavfsizligi. Majmua. O.N. Imomov

 
3. Tabiat va jamiyatning o`zaro munosabatlarida 
ekologik aspektlar 
 
Ekologiyaga solinayotgan xavf O`zbekiston uchun, umuman butun Markaziy 
Osiyo mintaqasi uchun naqadar yuqori ekanligini hisobga olgan holda hukumat va 


36 
davlat atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish 
masalalariga juda katta e`tibor bermoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilishni 
ta`minlashga qaratilgan qonun hujjatlari qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasining 
tabiatini muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlar boshqa davlatlar va xalqaro 
tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan qo`shib olib 
borilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishning turli 
jihatlarini tartibga soluvchi ko`plab xilma-xil xalqaro shartnomalar va bitimlar 
tuzildi. 
O`zbekiston MDH davlat boshliqlarining 1992 yil 8 fevralda imzolagan bitimiga 
muvofiq Kengashning to`la huquqli a`zosidir. MDH davlatlarining ana shu ekologiya 
Kengashi doirasidagi hamkorligi a`zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish 
sohasida kelishib olingan, muvofiqlashtirilgan harakatlar qilish maqsadini ko`zlaydi. 
Hozirgi paytda Respublikada istiqbolga, yani atrof-muhitni muhofaza qilish va 
tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish bo`yicha 2005 yilgacha mo`ljallangan Davlat 
dasturi ishlab chiqilgan. Tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish 
sohasidagi butun faoliyati ana shu dastur asosida tashkil etilgan. Dasturda Respublika 
ekologik vaziyatini sog`lomlashtirish, yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalari 
kabilarda ekologik keskinlikka barham berish yo`llari belgilangan. 
Ekologik 
xavfsizlikni 
kuchaytirishning 
hozirgi 
asosiy 
yo`nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
1. Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish. Qishloq o`rmon va 
boshqa xo`jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan 
barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo`llash ustidan qattiq nazorat o`rnatish. Havo 
va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta`sir etadigan 
moddalar bilan ifloslantirilishini to`xtatish. Qishloq xo`jalik ekinlarini, eng avvalo, 
g`o`zani sug`orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish muhim 
ahamiyatga ega. Kollektor zovur suvlarini daryolar va suv omborlariga tashlashni 
tartibga solish va oqava suvlarni chiqarib yuborishni batamom to`xtatish zarur. 
Sanoat korxonalarida atmosferaga, suv havzalariga va tuproqqa ifloslantiruvchi 
hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun solinadigan maxsus soliqdan keng 
foydalangan holda mas`uliyatni oshirish darkor. Ularda zamonaviy, samarali tozalash 
qurilmalari tizimini joriy etish kerak. Boshlang`ich xom-ashyodan tayyor, pirovard 
mahsulot olgunga qadar kompleks foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, 
ekologik jihatdan samarali uskunalarni o`rnatish lozim. 
2. Qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy ravishda 
kengayishini ta`minlangan hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat`iy mezon 
asosida is`temol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona 
foydalanish darkor. 
Respublikaning foydali qazilmalaridan oqilona foydalanish - dolzarb masala. U 
atrof-muhitni muhofaza qilishning bosh omilaridan biridir. Foydali qazilmalarni olish 
va qayta ishlash chog`ida katta isrofgarchiliklarga yo`l qo`yilmoqda. Boshlang`ich 
xom ashyodan to`liq foydalanmaslik hollari mavjud, eskirgan uskunalarni 
almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ayrim tsexlar, uchastkalar va butun 
boshli zavodlarni rekonstruktsiyalash asosida foydali qazilmalarni sanoat usulida 
yanada to`liq va oqilona qazib olish muhim vazifa bo`lib turibdi. Atrof-muhitni 


37 
muhofaza qilish nuqtayi nazaridan qaraganda, tog`-kon sanoatining chiqindilarini 
o`zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan erlarni qayta yaroqli holga 
keltirish muhim ahamiyatga ega bo`ladi. 
3. Katta hududlarda tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va kompleks 
foydalanishni ta`minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asoslangan 
tarzda o`zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir havzadan 
ikkinchisiga tashlash, erning namini qochirish, suv chiqarish tadbirlarini va 
boshqalarni amalga oshirish) lozim. 
4. Jonli tabiatning butun tabiiy genofondini madaniy ekinlar va hayvonlarning 
yangi turlarini ko`paytirish hisobiga boshlang`ich baza sifatida saqlab qolish kerak. 
5. Shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon 
urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimini joriy etish 
yo`li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida aholining yashashi uchun qulay 
sharoit yaratish zarur. 
6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda Jahon 
jamoatchiligi e`tiborini mintaqaning muammolariga qaratish lozim. Orol muammosi 
bugungi kunda chinakam keng ko`lamli, butun sayyoramizga daxldor muammo 
bo`lib 
qolganligining 
ta`siri 
hozirning 
o`zidayoq 
biologik 
muvozanatni 
buzayotganligini, benpoyon hududlarda aholining genofondiga halokatli ta`sir 
ko`rsatayotganligini nazarda tutish lozim. 
Xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana shu 
muammolarni xal qilishga jalb etish -birinchi darajali vazifalardir. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi yuqorida tilga olingan ta`sirchan 
chora-tadbirlarni ro`yobga chiqarish yaqin vaqt ichidayoq oldingi tizimlardan yosh 
Respublikaga meros bo`lib qolgan ekologiya sohasidagi ko`pgina illatlar, 
kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish imkoniyatini yuzaga keltiradi. SHuningdek, 
keng ko`lamdagi ekologik tanglik tahdidini barham toptirish, Respublika aholisi 
uchun, jismonan sog`lom yosh avlodning dunyoga kelishi va rivojlanishi uchun zarur 
shart-sharoitlar hamda ekologiya jihatidan musaffo hayotiy muhit yaratish imkonini 
beradi. 

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish