44
2.
Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi
Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiya, zaharli moddalar va kasb kasalliklarini
ogohlantirish mexnatni muhofaza qilishda psixologiya ham muhim o‘rinni egallaydi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammosi faqat
muhandislik uslublari bilan yechiladi. Tajribalardan ma’lumki, avariya va
shikastlanishlar muxandis-konstruktorlik ishlaridagi kamchiliklar asosida yuzaga
keladi. Shuningdek tashkiliy-psixologik sabablar, masalan kasb bo‘yicha xavfsizlik
talablariga past darajada tayyorgarlik ko‘rilishi, yetarli bo‘lmagan tarbiya,
mutaxassislarning xavfsizlik choralariga e’tiborsizligi, xavfli ishlarga yuqori
malakaga ega bo‘lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda odamlarni toliqqan va
psixologik holatda bo‘lishi ham sabab bo‘ladi. Bular mutaxassisning faolyatiga
ishonhsizlikni
(xavfsizlikni)
pasaytiradi.
Xalqaro
tajriba,
izlanishlarning
ko‘rsatishicha maishiy ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning 60-90%i zarar
ko‘rgan kishilarning mexnatini muhofaza qilishda psixologik bilimlarni tatbiq
qilishni ifodalaydi. Bu yerda mexnat faoliyati jarayonida ko‘rinadigan psixologik
holatlar turlari to‘liq tekshiriladi, psixologik jarayonlar, psixik xususiyatlar ko‘rib
chiqiladi.
Insonning psixik faoliyatida uchta asosiy guruh: - psixik jarayonlar, xossalar,
holatlar farqlanadi. Psixik jarayonlar psixik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Busiz
bilimlarni jamlash, hayotiy tajribaga ega bo‘lish mumkin emas. Psixik jarayonlar
bilish, sezish, his-tuyg‘u, qabul qilish, iroda, xotira va boshqalarga farqlanadi. Psixik
xossalar shaxsning o‘ziga xos xususiyatini, fazilatini (yo‘nalishi, xarakteri,
temperamenti) ifodalaydi. Shaxsning sifatlari (xossalari) ichida zukkolik,
zakovatlilik, his-tuyg‘u, iroda, odob-ahloq, mehnat ajralib turadi va u o‘zgarmas
hamda doimiydir. Psixik holatlar xilma-xilligi, vaqtincha xarakteri bilan farqlanadi va
psixik faoliyatning xususiyatlarini aniqlaydi, psixik jarayonlarga foydali yoki
foydasiz bog‘lanishi mumkin. Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavfsizlik
muammolaridan kelib chiqib holatlarni ishlab chiqarish va maxsus psixik holatlarga
ajratish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlab chiqarishdagi shikastlanish, avariyaning
oldini olish choralarini tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Insonning qobiliyati,
samarali mehnat faoliyati uning psixik (ruhiy) kuchlanishi darajasiga bog‘liq. Psixik
kuchlanish insonning mehnatiga ma’lum daraja – chegaragacha ijobiy ta’sir etadi.
Faollikni kritik nuqtadan yuqoriga ko‘tarish ish qobiliyatini yo‘qotishgacha olib
kelishi mumkin.
Operator uchun normal sharoitdagi his-tuyg‘u va mehnat qilishi uchun ruhiy
kuchlanish darajasi 40-60 % dan oshmasligi ko‘zda tutiladi, aks holda bu uning ish
qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning chegaradan yuqori
shaklida insonning shaxsiy xususiyatlari pasayadi, harakat koordinati o‘zgaradi, xulqi
samarasiz holatga o‘tadi yoki hayot faoliyatida boshqa salbiy o‘zgarishlar namoyon
bo‘ladi. Chegaradan yuqori psixik kuchlanishni xususiyatiga qarab tormozlovchi
(to‘xtatuvchi), qo‘zg‘atuvchi turlarga ajratish mumkin.Tormozlash xili inson
harakatining pasayishiga va cheklanishiga olib kelishi bilan ifodalanadi. Kasb egasi
vazifani avvalgidek shijoat bilan bajarishga qodir bo‘lmaydi, javob berish xususiyati
45
va tezligi pasayadi. Xotiralash, fikrlash jarayoni sekinlashadi, yomonlashadi va shu
kabi boshqa salbiy omillar kuzatiladi.
Qo‘zg‘atuvchi xilida esa insonda faollikning pasayishi, ko‘p gapirish
(sergaplik), ovozning titrashi kuzatiladi. Natijada, ya’ni psixik kuchlanishning yuqori
shaklida odamlarda-operatorlarda murakkab sharoitlarda noto‘g‘ri harakatlanish va
xatolarga yo‘l qo‘yish, toliqish sodir bo‘ladi. Yuqoridagilarni hisobga olib inson
psixik holatining nazoratiga katta e’tibor beriladi.
Insoning psixik holatiga ta’sir etadigan omillar – umidsizlanish, kayfiyatning
buzilishi, qo‘pollik alomatlari, yiqilib tushish, toliqish kabilar bo‘lmasligi uchun
tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Shu jumladan, insoning salomatligiga, ish holatiga, psixologik faoliyatiga
ijobiy ta’sir etadigan psixofarmokologik vositalar ishlab chiqilgan va ular tavsiya
etilgan taqdirda qo‘llaniladi. YYengil stimulyatorlar (choy, kofe)ni qo‘llash
insonning ish qobiliyatini qisqa vaqtga oshiradi, uyqusini qochiradi. Ayniqsa, aktiv
stimulyator (pervitin, fenamin)larni iste’mol qilish bilan harakatchanlik, sezish
qobiliyati pasayadi.
Trankvillizatorlar (seduken, elenium va h.k.) ichilsa, inson bir oz tinchlanadi,
lekin nevroz kasalligi kelib chiqadi, uyqu elitadi, faollik, psixik holat pasayadi.
Insoning ish qobiliyatiga, psixik holtiga jiddiy ta’sir etadigan alkogol ichimliklarni
iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Xullas, maishiy va ishlab chiqarish sharoiti asosida insoning psixik holati
barqaror bo‘lishi uchun chora-tadbirlar ko‘rish, takomillashgan nazorat sulini
uyushtirish asosida vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Odam tanasiga o‘tib, uning
to‘qimalariga kimyoviy, fizik-kimyoviy ta’sir qiladigan, mehnat unumdorligining
pasayishiga olib keladigan moddalar zararli va zaharli moddalar deb ataladi. Ular
kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqariladi va qo‘llaniladi.
Sanoatda zaharli moddalar odam tanasiga nafas olish yo‘li yoki teri orqali,
ovqat yeyish vaqtida, ifloslangan suvni iste’mol qilinganda o‘tadi va saqlanuvchi
zaharlanishga olib keladi. Kuchli zaharlanish ko‘proq miqdordagi zararli moddalarni
to‘satdan tanaga o‘tishi bilan sodir bo‘ladi. Shuningdek, zararli moddalarni tanaga
oz-ozdan o‘tishi va yig‘ilishi natijasida kasb kasalliklari kelib chiqadi.
Zararli va zaharli moddalarning ta’siri ularning tarkibiga, tuzilishiga, fizik –
kimyoviy xususiyatiga, xossalariga, miqdordagi, tanaga o‘tish yo‘llariga, holatiga,
uchuvchanligiga va suvda, yog‘da eruvchanligiga bog‘liq. Kimyo sanoati
korxonalarida olinadigan, ishlatiladigan moddalar va mahsulotlarning ko‘pchiligi,
masalan, ammiak, gazlar, benzol, benzin, kerosin, karbon vodorodlar, spirtlar, efirlar,
kislotalar, ishqorlar va boshqalar zaharli hisoblanadi.
Neft mahsulotlari tarkibida past molekulali karbon vodorodlar molekulyar
og‘irligi oshishi bilan ularning zaharlash qobiliyati ortadi. Masalan, butanning ta’siri
etandan, etilen esa etandan, atsetilen esa etilendan kuchlidir. Normal tuzilishdagi
moddalarga nisbatan tarmoqlangan, zanjirli birikmalarning ta’siri kamroq bo‘ladi.
Moddalarning uchuvchanligi kamayib borishi bilan dekan (C
10
H
22
) dan boshlab
ularning ta’sirchanligi ham kamayadi. Karbon vodorodlar tarkibiga galogenlar
kiritish, ularning zaharlash qobiliyatini oshiradi, aksincha, giroksil guruhining
kiritilishi ta’sirchanlik xususiyatini kamaytiradi. Karbon vodorodlar molekulasidagi
46
vodorodni nitro (NO
2
), amino (NH
2
) guruhlarga almashtirish ularning zaharlash
xususiyatini o‘zgartiradi.
Moddalarning valentligi ortib borishi bilan ularning ta’sirchanligi ham
o‘zgaradi. Masalan, 6 valentli xrom 3 valentlikdan, marganes oksidi marganes
sulfatdan, temir oksidi temir sulfatdan kuchlidir.
Kimyoviy moddalar vakillarining gomologik qatorini o‘rganish natijalari
ko‘pgina o‘xshash moddalar haqida fikr yuritishda, kasallikning va zaharlanishning
oldini olishda ma’lum darajada yordam beradi. Zahar moddalarni olishda ma’lum
darajada yordam beradi. Zahar moddalarni suvda, tanadagi suyuqliklarda
eruvchanligining oshishi bilan ularning ta’sirchanligi ham ortib boradi.
Masalan, suvda eruvchan oq mishyak (As
2
O
3
) kuchli zahar, kam eruvchani
(As
2
S
3
) zaharsiz, eruvchan bariy xloridi (BaCl
2
) zaharli, bariy sulfat (BaSO
4
) esa
zaharsiz va h.k. Zaharli moddalar odam tanasi va ayrim to‘qimalariga ko‘rsatadigan
ta’sirga qarab shartli ravishda to‘qqiz guruhga bo‘lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |