Tashkiliy,
ma'lumot-axborot
va farmoyish hujjatlari
Tashkiliy hujjatlar
Bunday hujjatlarda korxona va tashkilotlarning huquqiy tomonlari, xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlari bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bu hujjatlar guruhiga nizomlar, yo'riqnoma, majlis bayonlari, shartnomalar,bitimlar,guvohnomalar kiradi.
Yo'riqnoma-qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlami tanishtirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat.Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari:
Guvohnoma- muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini
tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi
Shartnoma- ikki yoki undan ortiq tomonning biron bir munosabatlar o'rnatish haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va munosabatlami tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma to‘g‘risida maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ular O'zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksining 353-385 moddalarida bayon etilgan.
Nizom-muassasa yokl uning tarkibiy bo'linmalarining tuzlilshi, huquqi, vazlfalari,
burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar ko'rik, musobaqa, tanlov va boshqalarga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Farmoyish hujjatlari
Bunday hujjatlar sirasiga buyruq, ko'rsatma, farmoyish kabilar kiradi
Buyruq-davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan uqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik afalarni hal qilish maqsadida qoMlanadi.
Ko‘rsatma-ldoralarda xabarsifat - metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bogMiq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat.
Farmoyish-muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat.
Ma'lumot-axborot hujjatlari
Bunday hujjatlarga ishonchnoma,ariza,tilxat,tavsifnomalar kiradi
Ariza – muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat, eng koʻp tarqalgan ish qogʻozi. Masalan, bogʻcha mudirasi, maktab direktori, oliy oʻquv yurti rektori, davlat yoki xususiy korxona yoxud nodavlat tashkiloti yoki jamiyat va hakozo rahbari nomiga ishga, oʻqishga kirish va ulardan boʻshatish, ish yoki uy-joy sharoitini yaxshilash, nafaqa belgilash, moddiy yordam koʻrsatish, taʼtil berish, jamoat yoki aksiyadorlik jamiyatlariga aʼzo boʻlib kirish va hokazo mavzulardagi arizalar[
Tilxat – pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror narsa olinganligini, shuningdek, ma’lum bir majburiyatlarning bajarilishini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxatlarning aksariyati qarzga pul olishda, mol-mulkni saqlashga topshirishda, oldi-sotdi ishlarini rasmiylashtirishda tuziladi. Yuridik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan tilxatdan zarur hollarda sud jarayonida foydalanish mumkin. Tilxat qo‘lda yoziladi, bir nusxada tayyorlanadi va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar ham berilishi shart.
Ishonchnoma – inson faoliyati jarayonida shunday paytlar bo‘ladiki, alohida bir kishi, tashkilot yoki muassasa boshqa bir shaxs, tashkilot yoki muassasa bilan bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarini amalga oshirishda, oldi-berdi qilishda vositachilik qiladigan boshqa shaxslarning ko‘magiga muhtoj bo‘ladi. Ana shu vositachilikni qonun-qoidalar yordamida amalga oshirish maqsadida ularning qo‘liga ishonch qog‘ozi – ishonchnoma beriladi.
TavsifnomaTavsifnoma - ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyatini, shuningdek, uning o‘ziga xos xislati va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.
Tavsifnoma muassasa ma’muriyati tomonidan o‘z xodimiga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarda ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirishda va boshqalar) beriladi.
Thank you for your attention
Do'stlaringiz bilan baham: |