Ikromov Akmal 1898-yil Toshkent shahrining Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan



Download 29,5 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi29,5 Kb.
#49938
Bog'liq
Document hhhh


Ikromov Akmal 1898-yil Toshkent shahrining Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur oʻrgangan. Toshkent shahrida oʻqituvchi (1918-1919), „Izchillar toʻdasi“ va „Chigʻatoy gurungi“ aʼzosi, Elxon taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Namangan, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan (1919-1921). Turkiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengashining kotibi va tashkiliy instruktorlik boʻlimi mudiri (1921-1922). Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida tashabbuskorlik qilgan. 1922-1924-yillarda Moskvadagi Kommunistik universitetda oʻqidi. 1925-yil yanvardan Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi. 1925-yil fevraldan Oʻzbekiston Kommunistlar Partiyasi Markaziy Kengashi kotibi, birinchi kotibi (1929-yil dekabr — 1937-yil sentabr). 1931-1934-yillarda Butun ittifoq kommunistlar partiyasi markaziy kengashining O’rta Osiyo byurosi kotibi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi, 1925-1937-yillarda SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi aʼzoligiga nomzod. OʻzSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi Prezidiumi aʼzosi (1925-1937).
A. Ikromov 1919-1924-yillarda imkoniyati doirasida oʻzbek xalqi manfaatlari uchun Markaz siyosatiga qarshi kurashgan. U mohir publitsist sifatida Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini, xususan paxtachilikni rivojlantirishga, madaniy qurulishga doir koʻplab nazariy maqolalar, ilmiya asarlar yozgan. Ikromov oʻz faoliyati davomida Oʻrta Osiyo byurosi va Markazning koʻrsatmalariga amal qilishga majbur boʻlgan. 1925-1927-yillarda oʻn sakkizlar guruhi, inogʻomovchilikka qarshi gʻoyaviy kurash olib borgan. Oʻzbekistonda yer-suv islohati, majburiy jamoatlashtirish, respublikada zamonaviy sanoat asoslarini qurish va boshqa tadbirlarga rahbarlik qilgan. Jadidlarni „burjua millatchiligi“ da ayblagan. Ikromov garchi bolshevistik gʻoyadan chekinmagan boʻlsa-sa, mustabid tuzum qatagʻonchilari uni ayab oʻtirmadilar. 1937-yil sentabrda Toshkentda qamoqqa olindi. Sovetlarga qarshi „Oʻng trotskiychi blok“ deb atalgan ish boʻyicha Moskvada sud qilinib, sobiq SSSRni boʻlib yuborish, jumladan, Oʻrta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini agʻdarish, kapitalizmni, burjuaziya hokimiyatini tiklashda ayblandi va otib tashlandi.
1957-yil 3-iyunda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi A. Ikromovni aybsiz deb topdi va u oqlandi. Ikromov xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent shahridagi tumanga, yirik koʻchaga, mahallalar va maktablarga uning nomi berilgan. Toshkent va Samarqandda haykali oʻrnatilgan.

So‘nggi tahrir 10 oylar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi

ALOQADOR SAHIFALARBosh menuni ochish

Vikipediya

Qidirish

Nizomiddin Xoʻjayev

Boshqa tilda oʻqish

kuzat


Tahrirlash

Xoʻjayev Nizomiddin Asomiddinovich (1885 — Toshkent — 1942) — siyosat va jamoat arbobi. Boshlangʻich rustuzem maktabi (1900) va Oʻrta Osiyo universitetining ijtimoiy fanlar ftida (1929) oʻqigan. 1901 yilda Toshkentdagi Ilin bosmaxonasida ishchi boʻlib ishlagan. "Turon" jamiyatida faol katnashgan (1913—17). 1916 yildan Oʻrta Osiyoda koʻtarilgan qoʻzgolonni kuvvatlab, xalkni podsho Rossiyasiga qarshi kurashga daʼvat etgan. Fevral inqilobi (1917)dan soʻng Toshkent Eski shahar hunarmandlar uyushmasi rahbari, oziq-ovqat qoʻmitasi aʼzosi. Turkiston muxtoriyatini quvvatlab, Toshkentda oʻtkazilgan namoyishning tashkilotchilaridan biri (1917 yil dek.). Keyinchalik bolsheviklarga yaqinlashib, partiya safiga kirgan (1918). Toshkent Eski shahar soveti Ijroiya qoʻmitasi raisi, Eski shahar partiya komiteta kotibi (1918— 19). Fargona viloyati inqilobiy qoʻmitasi raisi, Turkiston ASSR MIQ aʼzosi (1919—20). Turkiston Kompartiyasi huzuridagi Musulmonlar byurosi ishida qatnashgan.


X. 1921—23 yillarda Butun Rossiya yogʻoch sanoati viloyat boʻlimi va Turkiston Kompartiyasi Markaziy Nazorat komissiyasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1924 yil martda Xorazm Xalq Sovet Respublikasshg . masʼul lavozimga joʻnatilgan. Keyinchalik Oʻzbekiston SSR Davlat Plan komissiyasida prezidium aʼzosi (1929—32; 1933 yildan), Oʻzbekiston tarixiy yodgorliklari va sanʼatini saqlash komiteti raisi (1932—33). 1934 yildagi "tozalash" kompaniyasidan keyin ijtimoiy faoliyatdan chetlashtirilgan. Keyinchalik Qatagʻon qilingan va 1942 yilda otib tashlangan. Ulimidan soʻng oklangan. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi qoʻyilgan.
Ld..Azizzoda L. Yangi hayot kurashchilari. T., 1977; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T. 2000; Rajabov Q., Haydarov M. Turkiston tarixi (1917—1924), T., 2002.
No iwiki template.gif Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.

Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Ko‘proq o‘rganishUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Stub ikona

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

Last edited 4 years ago by Ximik1991Bot

ALOQADOR SAHIFALAR

Abdulla Rahimboyev

Saʼdullaxoʻja Tursunxoʻjayev

Inomjon Usmonxoʻjayev

Vikipediya


Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).

KonfidensiallikDesktopBosh menuni ochish

Vikipediya

Qidirish


Inomjon Usmonxoʻjayev

Boshqa tilda oʻqish

kuzat

Tahrirlash



Inomjon Buzrukovich Usmonxoʻjayev (1930.21.5, Bagʻdod tumani - 2017.3.17, Farg'ona) — partiya arbobi.
Inomjon Buzrukxoʻjayevich Usmonxo‘jayev

Inomjon Buzrukxoʻjayevich Usmonxo‘jayev

OʻzSSR KP MK Birinchi kotibi

1983-yildan — 1988-yilgacha

Oʻtmishdoshi:

Sharof Rashidov

Vorisi:

Rafiq Nishonov

OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi

1978-yildan — 1983-yilgacha

Oʻtmishdoshi:

Nazar Matchonov

Vorisi:

Oqil Salimov

Tavalludi:

21-may 1930-yil

Fargʻona

Vafoti:


17-mart 2017-yil

(86 yoshda)

Fargʻona

Biografiya Tahrirlash


Oʻrta Osiyo politexnika institutining arxitektura fakultetini tugatgan (1955).
Margʻilon shahar bosh meʼmori (1959),
Fargʻona viloyati partiya komiteti instruktori (1960),
Fargʻona viloyati ijroiya qoʻmitasi boshqarma boshligʻi (1961),
Fargʻona shahar ijroiya qoʻmitasi raisi (1962—64),
Sirdaryo viloyati partiya komiteti kotibi (1965-69),
KPSS MK instruktori (1969—72),
Namangan viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi (1972—74),
Andijon viloyati partiya komiteti 1-kotibi (197478),
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1978—83).
Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1983—88).
U respublikaga rahbarlik qilgan yillarda siyosiy va iqtisodiy vaziyat yomonlashdi, u qatʼiyatsizligi va jurʼatsizligi tufayli Markazning tazyiqiga dosh bera olmay, 1984—88 yillarda Oʻzbekistonning koʻplab xoʻjalik va partiya arboblarini "paxta ishi" va "oʻzbeklar ishi" degan soxta siyosiy ayblovlar natijasida qatagʻon qilinishiga, xalqning milliy gʻururi va qadriyatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyib berdi[1].
Manbalar Tahrirlash
↑ Ad: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Oʻzbekiston tarixi (1917-1981 yil), T., 2002; Azizxoʻjayev A., Chin oʻzbek ishi, T., 2003.

Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.

Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.

Last edited 2 years ago by PlanespotterA320

ALOQADOR SAHIFALAR

Nuriddin Muhiddinov

Rafiq Nishonov

Hu Jintao



Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).

KonfidensiallikDesktop
Download 29,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish