kifoyalanmaydi: u yana mamlakatning moddiy, mehnat, tabiiy va boshqa
resurslaridan foydalanishni ham nazorat qiladi. CHunki, hozirgi davr sharoitida
ishlab chiqarish jarayoni va taqsimot bilvosita tarzda
pul munosabatlarini ham
ifodalaydi.
Moliyaviy nazorat - mamlakatda amalga oshirilayotgan nazoratning tarkibiy
qismi, yoki maxsus sohasidir. Moliyaviy nazoratning mavjudligi moliyani iqtisodiy
kategoriya sifatida nafaqat taqsimlovchi, balki nazorat funktsiyasini ham amalga
oshirish vazifasida kelib chiqadi. SHuning uchun ham davlat o’z vazifalarini bajarish
uchun moliyadan foydalanish jarayonida uning yordamida nazoratni ham amalga
oshirishni ham ko’zlaydi. Moliyaviy nazorat o’rnatilgan huquqiy me’yorlar asosida
barcha davlat organlari va mahalliy
davlat organlari tizimida, jumladan, fuqarolar,
mehnat jamoalari va jamoat tashkilotlari ishtirokidagi maxsus nazorat organlari
vositasida amalga oshiriladi.
Moliyaviy nazorat barcha moliyaviy-huquqiy institutlar uchun taalluqlidir.
SHuning uchun tashkilotni muvofiqlashtiruvchi va umuman moliyaviy nazoratni
amalga oshirish tartibotni amal qilishi uchun moliyaviy-huquqiy me’yorlardan
tashqari ularning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga oluvchi me’yorlar va alohida
moliyaviy huquqiy institutlar ham mavjuddir. Moliyaviy huquq vositasida
muvofiqlashishga bog’liq moliyaviy nazoratning asosiy
mazmuni quyidagilardan
iboratdir:
a)
davlat, mahalliy boshqaruv, tashkilotlar va fuqarolar oldidagi moliyaviy
majburiyatlarni bajarishni tekshirish;
b)
davlat, mahalliy boshqaruv organlari tomonidan ularning tasarrufidagi
xo’jalik yuritishni yoki pul resurslarini (bank
ssudalari, byudjetdan tashqari va
boshqa mablag’lar) boshqaruvini to’g’riigini tekshirish;
v) tashkilotlar, korxonalar va muassasalar pul mablag’larini moliyaviy
operatsiyalarini, hisob-kitoblarini va saqlanish qoidalarini bajarishlarini tekshirish;
g) ishlab chiqarishning ichki rezervlarini aniqlashtirish;
d) buzilgan moliyaviy instizom to’g’risida ogohlantirish, uni tuzatish.
Agar qonun va
nizomlar buzilishi aniqlansa, o’rnatilgan tartiblar asosida
tashkilot, mansabdor shaxs va fuqarolarga ta’sir etish kuchiga ega bo’lgan choralar
ko’riladi, davlatga, tashkilotga va fuqarolarga etkazilgan moddiy ziyonlar qoplanadi.
Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan
iborat:
-
pul fondlarining o’lchami va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoj
o’rtasidagi mutanosiblikka ta’sir ko’rsatish;
-
davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq bajarilishini
ta’minlash;
-
moliyaviy resurslarni ko’paytirishning ichki xo’jalik
rezervlarini qidirib
topish va boshqalar.
Pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy nazoratning o’rni va ahamiyatli jixati
shundaki, ushbu sohaning ijtimoiy yo’naltirilgandir. YA’ni, mamlakatimizda davlat
maqsadli jamg’armalari tarkibida eng salmoqli ulushga ega bo’lgan fond bu pensiya
fondi hisoblanadi. SHuning uchun pensiya jamg’armasi mablag’larini to’g’ri
sarflash, maqsadli yo’naltirish borasidagi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: