16.4. Davlat pensiya ta’minoti nazoratini amalga oshiruvchi organlar
faoliyati, asosiy funksiya va vazifalari
O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga asosan davlat byudjeti,
shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalarini moliyaviy nazoratini amalga oshirishda
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Davlat maqsadli jamg’armalarini
taqsimlovchi organlarga bir qator vakolatlar berilgan. O’zbekiston Respublikasi
Hisob palatasi :
-
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari,
shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalari bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
-
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining
ijrosi to’g’risidagi yillik hisobot bo’yicha tashqi audit va baholashni amalga oshiradi
hamda ular yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa
taqdim etadi;
-
vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda banklarning byudjet tizimi
byudjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang’ich
ma’lumotlar bo’yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va
resurslariga kirish imkoniyatiga ega bo’ladi;
-
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromad
qismining ijrosi yuzasidan monitoring o’tkazadi;
-
byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan maqsadli foydalanilishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet
sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq, O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat taftish Bosh boshqarmasi pensiya va
nafaqalar to’g’ri tayinlanishi, hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishini hamda tibbiy
mexnat ekspertizasi komissiyasi faoliyatini nazoratini amalga oshiradi.
Mamlakatimizda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada
takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasidan o’z vaqtida to’liq hajmda to’lash, respublikada fuqarolarning
pensiya ta’minotiga yo’naltirilgan mablag’lardan maqsadli foydalanish yuzasidan
nazoratni kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil
30 dekabrda “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4161-sonli farmoni qabul qilingan.
Mazkur farmonga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi zimmasiga qo’shimcha ravishda
quyidagi asosiy vazifalar va funktsiyalar yuklatildi:
-
fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil qilish, fuqarolarga
pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarni tayinlash, qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar hamda boshqa to’lovlarning miqdorlari
qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash;
-
pensiyalar hamda boshqa to’lovlarni to’liq hajmda moliyalashtirish va
to’lanishini tashkil qilish, ular bo’yicha hisob va hisobotni yuritish;
-
pensiyalar tayinlanishi va qayta hisoblab chiqilishini tizimli asosda
doimiy tahlil qilish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga
yo’naltiriladigan mablag’lardan qat’iyan maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
-
mehnat mayibligi yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo’yicha
tayinlangan pensiyalarni to’lashga mablag’larni da’volar bo’yicha aybdor yuridik va
jismoniy shaхslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil qilish;
-
tibbiy-mehnat ekspertizasi хizmati faoliyatini tashkil etish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qo’shimcha ravishda
quyidagi vazifalar amalga oshirilishi belgilandi:
-
fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining asosiy
yo’nalishlarini ishlab chiqish;
-
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari va хarajatlarining
mutanosibligini ta’minlash;
-
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi o’z zimmasiga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarni, Mi^an, pensiyalar hamda boshqa tegishli to’lovlarni
tayinlash va to’lashda o’rnatilgan qoidalarni qo’llanish qismida ularning bajarilishini
muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish yuzasidan qo’shimcha vazifalar.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish
boshqarmasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi :
-
yangi tayinlangan pensiya va nafaqalarning hisoblab chiqilishi,
shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar qo’llanilishi to’g’riligini,
shu jumladan, fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlar yig’majildida birlamchi
hujjatlarning to’liqligi va ishonarliligini tekshirish yo’li bilan yoppasiga
tekshiruvlarni amalga oshirish;
-
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar
tomonidan ishlovchi pensionerlarga pensiyalar hamda nafaqalarning hisoblab
yozilishi va to’lanishi to’g’riligini reja asosida tekshirib turish;
-
fuqarolarga pensiya va nafaqalar, shu jumladan, bank va pochta
muassasalari tomonidan o’z vaqtida va to’liq to’lanishining tizimli monitoringini olib
borish, qoidabuzarliklar aniqlanganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni
ko’rish;
-
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan tekshiruv
hujjatlari va xulosalarni, zarurat tug’ilganda, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda
takroriy ekspertizalarni o’tkazish yuzasidan qo’shimcha vazifalar.
Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tarkibida byudjetdan
tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat
boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalarida tegishli bo’limlar tashkil qilinishi
belgilab qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |