Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI ADABIY



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI ADABIY 
TILDA SO‘ZLASHISHGA O‘RGATISH.
Aminova Xosiyat Xikmatovna 
Xorazm viloyati Xonqa tumani 
28- oʻrta maktab boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi 
Tel:+998943160975
Annotasiya: ushbu maqolada nutqning ogʼzaki va yozma shaklining bir-biri bilan 
uygʻunlashtirish muammolari va uning yechimlari haqida soʻz boradi.
Kalit so‘zlar: nutq, og‘zaki nutq, yozma nutq, adabiy til, nutqiy madaniyat, o‘zbek tili.
Og‘zaki nutq nutqning asosiy qismini tashkil eta-di. O‘quvchilar og‘zaki nutq orqali 
tafakkurlarini o‘stirib boradilar. Insonning qay darajada rivojlanayotgani ham uning nutqida 
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchilarning ma’naviy yetuk inson bo‘lib yetishishlarida 
so‘zning o‘rni beqiyos.
O‘quvchi qachonki og‘zaki nutqda to‘g‘ri so‘zlashni o‘rgansagina u yozma nutqda xatosiz 
yozish-ga erisha oladi. Olimlarning ta’kidlashicha, bolalar ona tili xususiyatlarini o‘rganishga 
besh yoshidayoq tayyor bo‘ladi. Demak, til qoidalariga rioya etish, so‘zlarni to‘g‘ri yozish 
va to‘g‘ri talaffuz qilishni boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchilar o‘zlashtirib borishlari zarur. 
Ona tili darslarida oxirida tushish qoladigan undoshlar (g‘isht, daraxt), ketma-ket keladigan 
undoshlar (katta) kabi mavzular doirasida o‘quvchilar to‘g‘ri yozish va adabiy so‘zlash 
qoidalarini o‘rganadilar. Fe’l so‘z turkumi bo‘yicha berilgan mashqlardagi fe’llarning to‘g‘ri 
yozilishi haqida o‘quvchilarga kengroq tushuncha berish orqali ularni badiiy tilda so‘zlashga 
o‘rgatish mumkin. Masalan: 4-sinf ona tili darsligining 180-betidagi 437-mashqda berilgan 
fe’llarning bo‘lishli-bo‘lishsizligi, zamon va shaxs-sonini topish bilan birga ularning aytilishi 
va yozilishiga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, 
talaffuzi aniq, ravon bo‘lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo‘ladi. So‘zlashish-
suhbat metodidan bolalar lug‘atini faollashtirishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu metod 
orqali bola lug‘atidagi so‘zlardan o‘rinli foydalanishga, gaplarni to‘g‘ri tuzishga organib boradi. 
Yosh avlod qalbida o‘z ona tili bilan faxrlanish, unga muhabbat hissini shakil-lantirish ona tili 
darsining dolzarb vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi 
berilgan kun 21-oktabirni bayram sifatida nishonlash uchun qaror qabul qilingani bejiz emas. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini o‘tish jarayonida 
har bir dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni o‘zbek tilining naqadar boy til ekanini uqtirib borish 
barovarida ularni adabiy tilda so‘zlashlariga alohida e’tibor qaratish lozim zero ulug‘ bobomiz 
A.Navoiy aytganlariday:
Tengriki, insonni qilib ganji roz,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. B.To‘hliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. Toshkent 2010
2. Ona tili 4-sinf R.Ikromova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, D. Shodmonqulova.


79

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish