Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 32-umumta’lim maktabi direktori



Download 19,57 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,57 Kb.
#258475
Bog'liq
Документ (30)


Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi

32-umumta’lim maktabi direktori

X. Rahmonovga 7-sinf o’quvchisi

Odiljon Karimovdan

Ariza

Ota -onam bilan birga Xonqa tumani Yangiobod qishlog’iga doimiy yashash uchun ko’chib kelganimiz sababli meni maktabning 7-sinfiga qabul qilishingizni so’rayman.



2017-yil 10-avgust (imzo) O.Karimov

Toshkent shahar Yunusobod tumani-

dagi 17-ixtisoslashtirilgan maktabning

11-sinf o’quvchisi, 2002-yilda tug’ilgan,

millati o’zbek Sohibova Azizaga

Tavsifnoma

Sohibova Aziza Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 17-ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinfida o’qiydi.

Maktabda o’qish davomida u intizomli, ziyrak, zukko va ti-rishqoq o’quvchi sifatida o’zini ko’rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o’rganishga harakat qildi. Ingliz tili, ona tili va adabiyot, tarix fanlarga alohida qiziqdi. U 2020-yilning mart oyida “Bilimlar sinovi”ning respublika bosqichida qatnashib, faxrli o’rinni egal-ladi.

A.Sohibova maktabning jamoat ishlarida faol qatnashadi, “Yosh tilshunos” devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi.

U kamtarligi, to’g’riso’zligi va do’stlariga mehribonligi sabab-li sinfdoshlari hamda murabbiylari hurmatiga sazovor bo’lgan.

Tavsifnoma Yunusobod tuman hokimligiga taqdim etish uchun berildi.

Maktab direktori (imzo) G. Yorboboyeva

Sinf rahbari (imzo) U. Saidvaliyeva

Sana (muhr)

Ma’lumotnoma

Sohiba Oripova Samarqand shahar Istiqlol ko’chasi, 13-uy, 37-xonadonda yashaydi.

Ma’lumotnoma Samarqand davlat universitetiga taqdim etish uchun beriladi.

“Istiqlol” mahalla fuqarolar

yig’ini raisi (imzo) Y. Shokirov

Kotibi (imzo) A.Xolmatov

36-umumta’lim maktabi direktori

Sh. Abdullayevaga

8-“B” sinf o’quvchisi

V. Rustamovadan

Tushuntirish xati

Men 2018-yilning 13-sentabrdan 20- sentabrgacha bo’lgan davrda onamning qattiq betobligi tufayli darslarga qatnasha ol-

madim. O’tilgan mavzularni mustaqil ravishda o’zlashtirib olaman.

Ilova: Onamning kasalligi haqida tibbiy ma’lumotnoma

(imzo) V. Rustamova

2018-yil 21-sentabr

Ishonchnoma

Men Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumani Bobur ko’chasidagi 30-uyda yashovchi Yo’ldoshov Xudoyor Davron o’g’li, ushbu ishonchnoma orqali Andijon shahri Qo’rg’ontepa tumani Lola-

zor ko’chasidagi 4-uy 12-xonadonda Yo’ldoshov Xondamir Xudoyor o’g’liga menga qarashli 60 F 490 BA raqamli “Spark” rusumidagi yengil avtomashinani haydab yurishiga vakolat beraman.

2020-yil 20-may (imzo) Yo’ldoshov X. D.

Taklifnoma

Hurmatli Abdufattoh Nazarov!

Maktabimiz o’quvchilari sizni qishlog’imizda istiqomat qilayotgan mehnat faxriylari bilan uchrashuvga taklif qiladi.

Uchrashuv 21-aprel kuni soat 18:00 da maktabning mjlislar zalida boshlanadi.

Tilxat

Men Omonboyeva Zebiniso Samar qizi, kutubxonachi Mirkamolova Naziradan 10-“A” sinf o’quvchilari obuna bo’lgan quyidagi gazeta va jurnallarni tarqatish uchun qabul qilib oldim:



«Kitob dunyosi» gazetasi – 5 dona

«Ma'rifat gulshani» gazetasi - 4 dona

«Sinfdosh» jurnali – 4 dona

2020-yil 20-may (imzo) Omonboyeva Z.

Bo'stonliq tumani 12-maktab

Yoshlar ittifoqi kengashi raisi

Shukurov Komrondan

Bildirishnoma

2020-yilning 10-mart kuni bizning «Bunyodkor» guruhimiz to-

monidan hududda tashkil etilgan «Yoshlar bog'i»ga 20 tup archa, 10 tup kashtan, 10 tup magnoliya manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazildi.



2020-yil 10-mart (imzo) Shukurov K.
Download 19,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish