10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SAVODXONLIGINI OSHIRISH VA
ULAR O‘RTASIDA KITOBXONLIKNI TARG‘IB QILISH
Anarbayeva Ra’no Tursunovna
Toshkent viloyati Angren shahar 43- umumiy
o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel:+998943622443
Annotatsiya: Bugun mamlakatimizda ma’naviy islohatlar jarayoni sifat jihatdan o‘zining
yangi yuksak pog‘onasiga qadam qo‘ydi.Jamiyatimiz hayotida bebaho va betakror qadriyat va
an’analarni qaror toptirishga , xususan , xalqimiz, ayniqsa ,yosh avlodning ma’naviy –intelektual
salohiyati , ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda ,ona Vatani va xalqiga muhabbat
va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega
bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kalit so‘zlar: kitob mutoalasi, jamiyat bug‘ini, boshlang‘ich ta’lim metodekasi, kitobxonlik,
barkamol avlod tarbiyasi.
Bugungi globallashuv davrida barkamol avlodni voyaga yetkazish, uni yetuk mutaxassis
qilib tarbiyalash dolzarb masala sanaladi. Ayni masalani amalga oshirishda kitob va kitobxonlik
madaniyatini o‘rni beqiyos. Kitob o‘qigan avlodning fikrlash dunyosi keng, so‘zlagan har bir
so‘zida ma’no bo‘ladi. Kitobga oshno bo‘lgan qalb yomonlik neligini bilmaydi. Qalbida faqat
bunyodkorlik hissi jo‘sh uradi. Ayniqsa , bu poydevor boshlang‘ich ta’limda yo‘lga qo‘yilsa yanada
samarali natija beradi. Bu esa biz boshlang‘ch sinf o‘qituvchilari zimmasiga yanada ma’suliyat
yuklaydi. Endigina maktabga qadam qo‘ygan yosh avlodning savodxonlik salohiyatini oshirish
uchun talab qilinadigan bir qancha metodikalarni ko‘rib chiqsak:
•
Yosh avlodni qo‘liga tezda kitob tutqazib qo‘ymasdan, ularga avvalambor, rasmli
kitoblarni ko‘rsatish, hikoyalar aytib berish, ularni o‘zlarini ham ertaklar aytib berishga chorlash
zarur.
•
Ota-onalari bilan suhbatlashib , uyda farzandlari bilan birgalikda kitob mutolasi bilan
shug‘ullanish kerakligini tushuntirish.
•
O‘quvchilarga ertak qahramonlari bo‘lib, hikoyalarni o‘zlari badiiy timsollar orqali
ko‘rsatib berishga chorlash
•
Eng asosiysi ularni qiziqtirish
•
Ko‘p vazifalar bermaslik
•
Ularni bilim salohiyatiga qarab vazifalar ajratish
Yuqoridagi ko‘nikmalarga amal qilsak , boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama kitobga
mehrini uyg‘ota olamiz.Natijada , biz o‘qituvchilar ham ularga ta’lim berishda qiynalmaymiz.
Odatda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘proq e’tibor talab qilishadi.Dars beruvchi muallim unga
yetarli darajada e’tibor qaratmasa,u o‘zini ortiqchadek his eta boshlaydi va bilim berayotgan
insonni o‘zidan uzoqlashtirish tuyg‘usi paydo bo‘ladi.Bu holatda ota-onalar farzandlariga vaziyatni
to‘g‘ri tushuntirib uning qarashlarini o‘zgartirishlari lozim. Shu bilan birga,o‘qituvchining dars
berish jarayonini ham kuzatib,zarur hollarda u bilan ham suhbatlashish darkor. Xulosa qilib
aytganda,o‘qituvchi doimo ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borsa,bolaning maktabga
moslashish va bilim olish jarayoni osonlik bilan amalga oshadi ya’ni ota-ona ko‘nikmasi orqali
oilaviy kitobxonlik shakillanadi.
Kitobxonlarni maktab ostonasida har tomonlama fikrlaydigan, manan yetuk, vaziyatlarga
o‘z fikr-mulohazasini bildirib, uni o‘z o‘rnida himoya qila oladigan, o‘z tengdoshlariga
olgan axborotlarini o‘rtoqlasha oladigan barkamol inson qilib tarbiyalash o‘qituvchining, ota-
onalarning,butun bir jamiyatning vazifasidir. Ota-ona, ustoz-murabbiylar yosh avlodga kitobga
bo‘lgan mehrni uyg‘otishdan oldin avval o‘zlarida kitobxonlik madaniyati, kitobga bo‘lgan
muhabbati bo‘lishi kerak.
Kitob mutolaasining jamiyat taraqqiyotida tugan o‘rni, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi
ahamiyati haqida muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev: ”Kitobsiz taraqqiyot, yuksak
ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham millatning ham kelajagi yo‘q
80
10
” - deya ta’kidlagan edilar.
Xulosa qilib , shuni aytish mumkinki, bugungi tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ayni bir
davrda buyuk ajdodlarimizning fikri aks etgan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini
shakllantirishga bo‘lgan e’tabor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Chunki, yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyos va ajralmas sanaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Izzat Sulton. Adabiyot Nazariyasi.T.O‘qituvchi.2009-y
2. Ishmuhamеdov R., Abduqodirov A., Pardaеv A. Tarbiyada innovatsion tеxnologiyalar. T:,
2010-yil
3. Ziyomuhammadov B., Tojiеv M. Pеdagogik tеxnologiya. T:, 2009-yil
4. Usmonov K. , Xayitov A. “Ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda ta’lim texnologiyalari-
dan foydalanish.Toshkent – 2011.
5. O‘zbekiston Respublikasi ”Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Inson manfaatlari hamma
narsadan ustun T.2017-y
6. Mallayеv O. Yangi pеdagogik tеxnologiyalar. T. 2000-yil 25. Ochilov M. Yangi pеdagogik
tеxnologiyalar. – Karshi «Nasaf», 2000-yil
81
Do'stlaringiz bilan baham: |