92
10
orqali ilmiy tadqiqot natijalarini o‘quv tarbiya jarayoniga o‘z vaqtida
joriy etish mehanizmini
ro‘yobga chiqarish.
4. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishini rejalashtirgan holda yoshlarning il-
miy ijodiyotini har tomonlama qo‘llab quvvatlash.
5. Ta’lim muassasalaridagi ilmiy tadqiqot va ilmiy uslubiy ishlar darajasini baxolashga zamo-
naviy yondashuvni ro‘yobga chiqarish, ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalar, ishlanmalar natijalari
tijoratlashuvi asosida olimlarning obro‘-e’tibori va ijtimoiy maqomini oshirish.
6. Mamalakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatidagi integratsiyasini faollashtirish sox-
asi va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o‘zaro fikr
va tajriba almashinuv jarayonini kuchaytirish.
Innovatsion ta’limda, ta’limning maqsadi, mazmun- moxiyati, belgilari, tamoyillarining inno-
vatsion usullarini tanlash, to‘plash, qo‘llash usullarini va ulardan foydalanishga uslubiy tavsiyalar
tizimini yaratish tushuniladi. Bular orqali bo‘lajak kichik mutaxasislarda shakllanadigan xislatla-
rini hosil qilish jarayonini ifodalovchi ta’lim tarbiya jarayonini sifat jihatlarini takomillashtirib, bu
soxada yuqori samaradorlikka erishishni tushunish mumkin.
Demak, innovatsion ta’lim keng qamrovli, ko‘p qirrali, murakkab va ijodiy tashkiliy-pedagogik
faoliyat bo‘lib, uning yordamida ta’lim jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish
mumkin. Bunda ta’limda ezilarli ijodiy samaralar beruvchi yangilik kiritish asosiy maqsad xisob-
lanadi. Qayd etilgan maqsadni amalga oshirish esa yangi konsepsiyalar, DTS, alternativ o‘quv reja
va dasturlari, o‘qitishning axborotli texnologiyalarini joriy etishning davlat dasturlari, o‘qitishning
axborotli texnologiyalarini joriy etishning davlat dasturlari, INTERNET tarmog‘iga chiqish va
masofaviy ta’limni joriy etish bo‘yicha davlat rejasi va dasturi shuningdek, xozirgi zamon talablari
asosidagi yangi o‘quv muassasalari va shu kabi yo‘nalishlarni yanada jonlantirishlarga bog‘liq.
Umuman olganda innovatsion ta’limni xayotga tadbiq etishning tashkiliy asoslari quyidagi
yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:
- Innovatsion ta’lim texnologiyalarini yig‘ish;
- Innovatsion ta’lim texnologiyalarini tanlash;
- Pedagogik innovatsiyalarini joriy qilishga tayyorlash;
- Pedagogik innovatsiyalarni joriy etish.
Bunda asosan pedagogik innovatsiyalarning rivojlanish mexanizmlariga alohida e’tibor berila-
di.
Innovatsion ta’lim texnologiyalarining umumiy tavsifidagi komponentlar va ularning funk-
sional vazifalaridan ma’lumki ular samaradorligini oshirishga mustaxkam asos bo‘la oladi. Shu
sababli ham ularni amaliyotga joriy etish istiqbolli pedagogik samaralarini beradi.
Tadqiqotchilarning qayd etishicha “ Innovatsion faoliyatning
funksional komponentlari-bu
shunday mantiqiy tartib bo‘lib unda yangilikka ehtiyoj paydo bo‘ladi; maqsadni aniqlash, qaror
qabul qilish, konsepsiya qurish va uni ro‘yobga chiqarish variantlari, yangilikni kiritish, natijalarni
kuzatish amalga oshiriladi. Innovatsion faoliyat funksional komponentlarning har biri yangilikni
amalga oshirish bosqichlaridan iborat bo‘lgan pedagogik vazifalarni hal etish algoritmidan iborat.
Funksional komponentlarni ro‘yobga chiqarish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi
bosqichda axborot taxlil qilinadi va qayta ishlanadi. Bu bosqichning muhim vazifasi innovatsion
muxitni yaratishdir. Ikkinchi bosqichda muammoni shakllantirish, maqsadni aniqlash, maqsadga
erishish, sharoitlarini aniqlash va muammoning mumkin bo‘lgan yechimlari, yechimlardan kelib
chiqqan oqibatlarni baxolash, bazifalarni hal etish tartibi va metodlarini ishlab chiqish natijalarini
baxolash yuzasidan qaror qabul qilinadi. Keying bosqichlarda mualliflik konsepsiyasini tadbiq
etish imkoniyatlari taxlili, ta’lim tarbiya natijalari va oqibatlari loyihalanadi”
Bu boradagi olib borilgan ko‘p yillik izlanishlarimiz natijalari ulardan amaliyotda foydalanish
uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim ekanligini ko‘rsatadi:
- ta’lim soxasidagi davlat me’yoriy hujjatlardagi qonun, qoida, nizomlar va shu kabilarga e’tibor
berish;
- innovatsion ta’lim texnologiyalari soxasidagi malumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va
uzatishga tayyorlash orqali ularni axborot ko‘rinishiga keltirish;
- shakllantirilgan axborotlarni qralayotgan soxaning maqsad va vazifalarini e’tiborga olgan
xolda tizimlashtirish;
- pedagogik innovatsiyalarning joriy etilishi bo‘yicha axborot tizimini yaratish va undan keng
mutaxasislar ommasini tanishtirishga erishishning tezkor usullaridan foydalanish;
93
10
- telekommunikatsiyalar va axborotlar bazasini yaratish;
- pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha kompyuter global tarmog‘ida saytlar ochish va undan foy-
dalanish ko‘lamini kengaytirish va h.k.
Shuning bilan birga qayd etish mumkin, ilmiy uslubiy jihatlarga asoslanib tanlangan innovat-
sion ta’lim texnologiyasi ta’lim beruvchi amalioy faoliyati samaradorligini, ta’lim oluvchilarning
shaxsiy rivojlanishi va o‘quv yurtlari ta’limiy intellektual salohiyatini sezilarli darajada oshiradi.
Demak, ta’lim jarayoniga kiritilayotgan innovatsion texnologiyaga ta’lim jarayoni samaradorligi
va sifatiga ijobiy tasir qilar ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. Oliy ta’lim.
2. Yunusova D. Bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorlash nazariyasi va
amaliyoti. Toshkent “Fan” 2009, 150 b
3.
Xasanboyev J, Xaydarov M. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. Toshkent “Fan va
texnologiya”, 2009. 672 b.