Fizika
2-muammo: Kimyo fanida 8-sinfda “Atom yadrosi tarkibi” 7-mavzu, “Izotop, izobarlar”
8-mavzu, “Yadro reaksiyalari” 15-mavzuda berilgan.
Fizika fanida esa 9-sinfning III-choragida bu mavzular haqida tushunchalar yoritib berilgan.
“Eritmalarda elektr toki”, “Elektroliz va uning ahamiyati, Faradey qonunlari” 9-sinfda kimyo
fanida, Fizika fanida esa 8-sinf II-chorakda berilgan. O‘quvchi elektrofarez, elektrodlarni bilmaydi.
Yechimi: Kimyoda “Atom yadrosi tarkibi” 7-mavzu, “Izotop, izobarlar” 8-mavzu, “Yadro
reaksiyalari” 15-mavzuda, Fizika fanida esa 9-sinfning III-choragidagi bu mavzular bir sinfda
o‘zlashtirilib, hamda bir biriga yaqin choraklarda o‘rgatilsa; Kimyo fanida Izotonlar haqida ham
izoh berish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
“Eritmalarda elektr toki”, “Elektroliz va uning ahamiyati, Faradey qonunlari” 9-sinfda kimyo
fanida, Fizika fanida esa 8-sinf II-chorakda berilgan mavzular ham xuddi shunday yaqinlashtirish;
Faradey qonunlari katta mavzu u fizikada kengroq yoritilgan, ammo jarayoniga e’tibor qaratilmagan.
Kimyoda Faradey qonuning faqat qoidasigagina e’tibor berib ketilgan, ko‘proq elektroliz jarayoni
yoritilgan. Bu mavzuga kimyoda 1 soat berilgan va o‘qituvchiga mavzuni yoritish qiyinchilik
tug‘diradi. Shu nomunosiblikni to‘ldirish uchun bu mavzularga 2 soat ajratilsa,
1-soat Elektroliz va uning ahamiyatiga,
2-soat Faradey qonunlariga, Masalalar yechish qo‘ysak; shu tarizda fizika va kimyo o‘qituvchilari
bir-birimizni to‘ldirib borar edik. O‘quvchida mavzuni o‘zlashtirish yaxshi amalga oshar edi.
Biologiya
3-muammo: Uglevodlar, yog‘lar, aminokislotalar biologiya fanida I-chorakda o‘tib ketiladi,
ammo kimyo fanida biz bu mavzularnu III –chorakda yoritib beramiz.
Yechimi: Agarda shu mavzular bilan kimyo fanidagi mavzular yaqinlashtirilsa mavzu yaxshi
yoritiladi.
Geografiya
4-muammo: Metallarni olish va o‘rgatishda ular qaysi viloyatlarda olinishi va qayerlarda
88
10
ishlatilishi, dunyoda bu qazib olingan qazilmalar nechanchi o‘rinda turishi haqida ma’lumot berib
ketamiz. Geografiya fanida Navoiy, Angren, Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlari haqida
ma’lumotlar berilgan, ammo O‘zbekistonda qazib olinadigan qazilma boyliklari va ularning
tarkibi haqida ma’lumot yo‘q.
Angren (fors. Ohangaron, “temirchilar” atamasining ruscha buzilgan shakli) - Toshkent
viloyatidagi shahar (1941 - 46 yillarda shaharcha). Jiga-riston, Jartepa, Teshiktosh, Qo‘yxona
qishloqlari o‘rnida bunyod etilgan.
Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari
(Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan.
1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
Qayerda va qancha qazib olinishi, uning zahiralari, hamda qancha moddiy zapaslarimiz borligi
haqida ma’lumotlar kiritilmagan.
Yechimi: Georafiya faniga ham tabiiy boyliklarimiz a va uning qazib olinishi, hamda uning
dunyodagi yetakchi o‘rinlari haqida ma’lumotlar kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu har bir
bolada Vataniga bo‘lgan milliy g‘ururni shakllantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Kimyo, matematika, fizika, geogragiya, biologiya darsliklari
2. ZiyoNet elektron kutubxona.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |