10
BOSHLANGʼICH TAʼLIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISHNING USTUVORLIGI
Abduvaliyeva Sevara Kamiljanovna
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani
4- umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich
sinf va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi
Tel:+998 99 463 54 74
Annotasiya: Taʼlimga innovatsion yondashuvning oʻquvchi va oʻqituvchi uchun foydali
tomonlarini ochib beriladi.
Kalit soʻzlar: boshlang‘ich sinf, ta’lim, jarayon, innovatsion texnologiya.
Boshlang‘ich ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar va yo‘nalishlardan foydalanish bugungi
kunda dolzarb hisoblanib, bu borada olimlarimizning bir qator tadqiqotlari mavjud.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida
ta’lim jarayoni axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Natijada o‘quv faoliyat jarayoni ham
yangilikka muhtoj bo‘lib qoldi. Bu holatdan chiqish uchun darslarni innovatsion texnologiyalar
asosida tshkil etish o‘qituvchining bu faoliyatini amalga oshirish uchun tayyorgarlik darajasi.
Innovatsion muammolarni hal etish muhim zamonaviy ilmiy fikrlash yo‘nalishlariga qo‘shish.
Innovatsion jarayonlarni o‘rganish. Innovatsion pedagogik muammolarni yechish ta’lim sohasida
innovatsion jarayonlarning borish xussusiyatlari o‘rganishdan iborat.
Boshlang‘ich sinf ta’limida o‘quv jarayonini tashkil etish holati jiddiy bo‘lib, o‘quv faoliyatini
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Chunki bu davrda o‘quvchining ta’lim tushunchalarini
qabul qilish salohiyati yuqori saviyada bo‘lib, ularni muntazam ravishda nazorat qilib borish
lozim bo‘ladi.
Darslarda ko‘proq ularni qiziqtirish uchun innovastion texnologiyalardan foydlanish maqsadga
muvofiqdir.
Ayniqsa, hamkorlikka asoslangan o‘quvchilarning faolligini oshirishga mo‘ljallangan
o‘quvchilarni boshqarish fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar manfaati bilan
hisoblashish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning “men”nini sezish, his
qilish, o‘zini boshqarish fikrini aniq, lo‘nda va puxta bayon eta olishga o‘rgatishdan iboratdir
Hozirgi zamonayiv pedagogika yoki oʻqitish tizimi yuksak saviyali ham madaniy ham milliy
bilim va tajribalarga ega boʻlgan, zamon bilan hamnafas boʻlgan pedagogni talab etmoqda.
Innovatsiya bu - taʼlim tarbiya jarayoniga yangilik kiritish. Zamonaviy pedagogdan talab
qilinadigan narsa ham aynan yangilik kiritish.
Taʼlimga innovatsion yondashuvning oʻquvchi va oʻqituvchi uchun foydali tomonlari:
1.Oʻqituvchining izlanuvchanligi oshadi
2. Oʻquvchi darsning asl mohiyatini teran anglashiga zamin yaratiladi.
3. Oʻqituvchi oʻquvchiga namuna sifatida namoyon boʻladi va u ham zamonaviylikka,
izlanuvchanlikka moyilligi tugʻiladi.
4. Darsning qiziqarli tashkil etilishi tufayli sinf oʻquvchilarining kun davomidagi yaxshi
kayfiyatda boʻlishiga erishiladi.
Boshlangʻich taʼlim darslarida Akt dan foydalanib dars oʻtish yoki klaster, didaktik oʻyinlar,
FSMU texnologiyalari kabi innovatsion texnologiyalardan tashqari oʻqituvchi oʻz tajriba va
mahoratidan kelib chiqqan holda yangi metodlardan foydalanib darslarni tashkil etishi kichik
maktab yoshidagi oʻquvchilarni mavzularni yaxshi va mukammal oʻrganishlariga zamin yaratadi.
Ayniqsa kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni diqqatini jamlash uchun har xil turdagi
taʼlimiy oʻyinlarning oʼrni beqiyos. Chunki maktabgacha taʼlim muassasasidan birdaniga maktab
taʼlimiga oʻtish birmuncha bola ongida tushunmovchiliklarga sabab boʻlishi mumkin. Mavzularni
oʻyin orqali tushuntirishi 70-80%gacha yaxshi oʻzlashtirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. R.Mavlonova, N.X.Raxmonqulova. Boshlang‘ich ta’limda innovastiya. Metodik qo‘llanma,
TDPU, 2007
2. O‘.Q.Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiyalarning tanqidiy asoslari. –T.: Fan,
2006.
3. ZiyoNet elektron kutubxona.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |