11 Mavzu: Muomala texnikasi va strategiyasi
Mustaqil tayyorlash uchun savollar
Dars jarayonida pedagogik texnologiyalari ahamiyat qanday?
Intеrfaol yoki intеraktiv mеtodlar nima?
Texnologiya so‘zining ma'nosini qanday?
Javoblar
O’quvchilarni o’qisga o’rgatish, bilim berishdan o’quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga ko’maklashish hamda dasrda ijobiy natijaga erishish uchun turli usullar bilan birgalikda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tushunib qo’llay olish pedagogdan mahoratni talab etadi.
O’quv jarayonining tarkibi uch qismdan iborat:
- motivatsiya - bilish faoliyati
- boshqarish faoliyati.
Ana shu uchala tarkib birgalikda harakat qilsa, pedagogik texnologiyada natijaga erishish mumkin. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar o’quvchilarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashlariga imkoniyat yaratadi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsadddan kafolatlangan natijaga aniq ketma-ketlik asosida tizimli, hamkorlikda erishishlari tanlagan texnologiyalariga bog’liq. Pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari- loyihalashtirish, amalga oshirish va kafolatli natija. O’qituvchi tomonidan dars loyihasini ishlab chiqish, texnologik xaritalarni tuzish, maqasdli amalga oshirish hamda natijaga erishish kabi avzifalar izchil bajariladi.
Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
ta’lim samarasi yuqoriroqbo’lgan o’qish-o’rganish;
ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;
amalda bajarish orqali o’rganilishi;
ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Texnologiya (grekcha: “techno” — hunar, usta va „logos“ — fan, taʼlim)— ilmiy-praktika asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari.
Texnologiya (yun. techne — sanʼat, mohirlik, uquv va ...logiya) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi. va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi. texnologiyasi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |