65
10
PEDAGOGIKA VA PSIXALOGIYA SOHALARIDAGI INNOVATSIYALAR.
Abduqodirov Umidjon Botir o‘g‘li
O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali
’’Amaliy matematika’’fakulteti 104-guruh talabasi .
Аnnotatsiya. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi---yoshlarni
mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga
yetkazishdir. Shu sabab oliy ta’lim tizimining o‘quv muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayon-
ida zamonaviy o‘qitish uslublari, interfaol uslublar, innovatsion pedagogik texnologiya, modulli
o‘qitish tizimi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar. Texnologiya,
pedagogik texnologiya, innovatsiya, pedagogik innovatsiya,
modul, modulli tizim, oliy ta’lim tizimi, talaba.
Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga
o‘rgatib kelinganligi ma’lum. Bunday usul
talabalarda mustaqil fikrlash, ishlash, ijodiy
izlanish,tashabbus ko‘rsatish qobiliyatlarini rivojlantirishga katta imkon bermasligi aniq.
Endilikda fan-texnika va innovatsiya texnologiyalarni rivojlantirish natijasida o‘quv-tarbiyaviy
jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib,
ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib
bormoqda. Ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan masg‘ulotlar egallanayotgan
bilimlarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlari
qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, ularni tahlil
qilishlariga, o‘z bilimlarini baholashlariga, to‘g‘ri xulosalar qilishni o‘rganishga qaratilgan.
Pedagok-olimlarimiz, professor o‘qituvchilarimiz ko‘p yillar davomida ta’lim tizimida:
Nega -o‘qitamiz?
Nimani o‘qitamiz?
Qanday o‘qitamiz?
Kabi savollarga javob izlash bilan bir qatorda “Qanday qilib samarali va natijali o‘qititish
mumkin?” degan savolga ham javob qidirdilar.
Bunday fikrning tug‘ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini
yuzaga keltirdi. Ta’lim muassasalari oquv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari,
ya’ni interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik
texnologiya va ularning ta’limda qo‘lanishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va yetuk
malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish,
yangilanish, nimanidir o‘zgartirish
demakdir. Innovatsion pedagogik texnologiyalar ta’lim tizimi, pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi
va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgartirishlar kiritishni anglatib, bu jarayonni amalga oshirishda
asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
O‘quv jarayonidagi innovatsion pedagogik texnalogiya-bu aniq ketma ketlikdagi yaxlit
pedagogik jarayon bo‘lib o‘quvchining extiyojidan va texnik imkoniyatlqaridan kelib chiqqan
holda bir maqsadga yo‘naltirilgan odindan puxta loyixalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga
qaratilgan pedagogik jarayondir. Pedagogik texnalogiyani o‘quv jarayonida umumpedagogik,
xususiy-metodik, modul yo‘nalish -larda qo‘lash darajalari aniqlangan .
Bugungi kunda uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayoda ko‘plab samarali texnalogiyalardan biri modulli
o‘qitishdir. Modulli o‘qitish texnalogiyasi modullarga asoslanadi.
Shu o‘rinda modul tushunchasiga aniqlik kiritaylik “Modul”lotincha so‘z bo‘lib,”qism” yoki
“bo‘lak”, “blok” degan ma’noni anglatadi. Demak modul-pedagogik
texnalogiyani tashkil
qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha.
Ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnalogiyalardan foydalanishda dars mavzusi mantiqiy
tugallangan fikrli qismlar, ya’ni modullarga ajratiladi va har bir qismlarni talabdor mustaqil
o‘zlashtirishlari o‘quv topshiriqlar tuziladi. Har bir modul yakunida nazorat ishlari o‘tkaziladi va
xulosa chiqariladi. Umuman o‘qitishning modulli tizimida asosiy mezon.
Elektron faoliyatga asoslanadi yani o‘qituvchi tomonidan tayorlangan har bir fan bo‘yicha
malumotlar bazasi (papkasi)elektron variantidir ta’lim muassasi saytiga joylashtirilgan bo‘lishi
shart.
Modulli tizm talabaning vaqtdan unumli foydalanish: va profesor-o‘qituvchi
faoliyatiga
66
10
ham baho berish imkoniyatining yuzaga kelishi talabaning intelektual jihatdan yuqori darajada
rivojlanishini taminlaydigan o‘quvchi bilan o‘zaro hamkorlikni yaqinlashtiradigan o‘zini o‘zi
nazorat qilishga yetaklovchi eng tezkor muqobil variantdir. U talabaga o‘z faoliyati doirasida
yangiliklar yaratish imkoniyatini ham beradi.
2017-2021-Yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini ya’ni uzluksiz talim tizimini yanada
takomillashtirish, sifatli ta’lim hizmatlari imkoniyatlarini oshirish, ta’lim muassasalarini kompyuter
texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning modiy-texnika bazasini
mustaxkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya
faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali
mexanizmlarini yaratish masalalarinining aks etganligi sohaga alohida etibor qaratilayotganligidan
dalolotdir.
Ta’lim tizimzini bugungi davr talablari darajasiga ko‘tarish, zamon talablariga javob beradigan
hamda bilimli kadrlar tayorlash va O‘zbekistonning m’arifiy salohiyatini kuchaytirish Harakatlar
strategiyasida aks etdi. Shubxasiz bunday imkoniyat modulli o‘qitish tizimini yanada rivojlantirish
uchun qulay imkoniyatdir.
Bugun fan, ishlab chiqarish, texnika sohalaridagi shiddatli o‘zgarishlar, glaballashuv sharoitida
iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar, fan va madaniyat rivojlantirishda va uni amaliyotda qo‘lay bilishning
ahamiyati beqiyosdir. Modulli o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish uchun quyidagi jihatlarga
etibor
qaratish kasb etadi;
--Bilimlarni shakllantirish;
--Yoshlarni bilim olishga, kitob o‘qishga qiziqtirish;
--Yoshlarda bilim va ko‘nikmalarni
mustahkamlash;
--Bilimlariga nisbatan hurmatni tarbiyalash;
--Bilim va ko‘nikmalarni amalga oshirish va amaliyotga tadbiq etish.
Hozirgi kunda ta’limda o‘qitish tizimi talabaning mustaqil faoliyati uchun ko‘plab imkoniyatlar
yaratmoqda.
Talabalarning bilish (idrok etish) faoliyati avval o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash,
uning mazmuni hamda tuzilmasini qayta ishlash, boyitish va yangilashga yo‘naltiriladi.
Xulosa qilib shuni qayd etish lozim ta’lim tizimida sodir bo‘layotgan shiddatli o‘zgarishlar
bizdan talabalar ongida bugungi davr o‘zgarishlariga hamohang talimga innovatsion o‘qitish
texnalogiyalarini samarali tadbiq etishni hamda uning yangicha modellarini
shakllantirishni
taqazo etmoqda. Shuning uchun ta’lim tizimiga innovatsion ta’lim asosidagi modulli o‘qitishning
joriy etilganligi ham uning yangi bosqichga va darajaga ko‘tarilganligidan dalolatdir. Shubhasiz,
mazkur tizm hozr va kelajakda oliy ta’lim sohasida yetuk, bilimli va salohiyatli kadrlar tayorllashga
hizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida’’ gi Farmoni,-T.:Xalq so‘zi, 2017-yil 8-fevral.
2. Avliyoqulov N.X. O‘qitishning modul tizimi va pedagogik texnalogiyasi amaliy asoslari.-
Buxoro, 2000