5-MAVZU
O’ZGA GAP VA UNING TURLARI. KO’CHIRMA GAPLI QURILMA
Ayrim hollarda so'zlovchi o'z nutqida o'zganing gapini ham ishlatishi mumkin. Bunday qo'llangan o'zgalarning gapi so'zlovchi nutqida hech qanday o'zgarishsiz yoki mazmuni saqlangan, ammo grammatik xususiyatlari o'zgartirilgan holda qo'llanishi mumkin.
Shunga ko'ra o'zga gap, asosan, ikki turga bo'linadi: 1) ko'chirma gapli qo'shma gap. 2) o'zlashtirma gap.
Mazmuni, leksik va grammatik xususiyatlari o'zgartirilmay, aynan berilgan o'zga gap ko'chirma gap deyiladi. Bunday gap odatda so'zlovchi (avtor) gapi bilan birga qo'llanadi. Shuning uchun ham ko'ehirma gap ikki qismdan iborat bo'ladi: 1) ko'chirma gap (o'zganing gapi), 2) avtor (so'zlovchi) gapi.
Ko'chirma gap so'zlovchi avtor (gapi bilan birga qo'llanadi) va so'zlovchi gapi ko'chirma gap kimning gapi ekanligini bildiradi.
So'zlovchi gapining kesimi ko'pincha dedi, deb so'radi, deb javob berdi, gapirdi, so'zladi, aytdi kabi fe'llar bilan ifodalanadi. Ko'chirma gap so'zlovchi gapidan oldin va keyin keladi. Shuning uchun so'zlovchi gapi ko'chirma gap ichida va ko'chirma gap avtor gapi ichida keladi.
Agar ko'chirma gap darak gap shaklida bo'lib so'zlovchi gapidan oldin kelsa, ko'chirma gapdan keyin vergul va tire qo'yiladi va ko'chirma gap qo'shtirnoq ichiga olinadi.
Masalan: "Men maymunjon tergani shu yerga kelgan edim —dedi Qo'ziboy. (H.N.) ko'rinishi "K"-, S.
Ko'chirma gap so'roq, buyruq yoki his-hayajon gap bo'lsa, so'roq va undov belgilari qo'shtirnoq yopilmasdan oldin qo'yiladi: "Ota, qayergacha quvib bordingiz?" - dedi Haydarov cholning gaplarini tez-tez yozib borarkan. (S. A.) "K"?- S. "Xat !" xat!" deb shivirlashdi bedapoyaga yugurgan bolalar. (H.N.) "K!"—S.
Agar ko'chirma gap so'zlovchi gapidan keyin kelsa, so'zlovchi gapidan keyin ikki nuqta qo'yiladi. Ko'chirma gap so'roq, buyruq yoki his-hayajon gap bo'lsa, so'roq va undov belgilari qo'shtirnoq yopilmasdan oldin, ko'chirma gap darak gap bo'lsa, nutq qo'shtirnoq yopilgandan keyin qo'yiladi.
Dedi: "Qaydin sen, ey, Majnuni gumroh!"
Dedi. "Majnun Vatandin qayda ogoh "
S: "K?" S: "K!" S: "K." So'zlovchi gapi ko'chirma gap ichida kelsa, tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi: Ko'chirma gapning uzilgan qismida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta qo'yilgan bo'lsa yoki hech qanday tinish belgisi bo'lmasa, so'zlovchi gapining har ikki tomonidan vergul va tire qo'yiladi. Masalan: Kampir ketish uchun eshikka tomon borarkan, Aleksey: "Rahmat buvijon", -dedi -S: "K".
Ko'chirma gapning uzilib qolgan qismidan so'ng nuqta qo'yilgan bo'lsa, so'zlovchi gapidan oldin vergul va tire, undan keyin esa nuqta va tire qo'yiladi. Ko'chirma gapning davomi bosh harf bilan yoziladi. "Mana shu bo'rsiq Mirzacho'lda yakkalanib qolgan hayvonlarning eng oxirgisi, - deb ta'kidladi bobom. Mening nomimdan hayvonot bog'iga topshirib yubordi. "K, _S. -K" Ko'chirma gapning uziligan qismidan so'ng so'roq yoki undov belgisi qo'yilgan bo'lsa, so'zlovchi gapidan oldin tire, undan keyin nuqta va tire qo'yiladi. Ko'chirma gapning davomi bosh harf bilan yoziladi "Arilarning g'ashiga tegmang!"—deb ogohlantirdi bobom. Bir yopishsa qo'ymaydi". "Qiziq! - dedi Ahmad. - Arilarga tegin-moqchi bo'lasiz".
"K?-S. -K". "K!-S. -K". Ko'chirma gap so'zlovchi gapi ichida kelsa, so'zlovchi gapining uzilib qolgan qismidan so'ng ikki nuqta qo'yilib, ko'chirma gap qo'shtirnoq ichiga olinadi. Ko'chirma gapdan keyin vergul va tire qo'yiladi, so'zlovchi gapning davomi yoziladi. Xadicha aya doim: "Baraka top qizim, obro'ying, iqboling bundan ham baland bo'lsin". - der edi. (H. N.)'S: "K , -S.
Ko'chirma gap so'roq, buyruq yoki his-hayajon gap bo'lsa. so'roq va undov belgilari qo'shtirnoq yopilmasdan oldin qo'yiladi.
O'qituvchi: "Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanini o'qiganmisan?"—deb so'radi. S: "K?" -S.
Savol va topshiriqlar
O'zga gap nima va qanday shaklarda namoyon bo'ladi?
So'zlovchi gapi nima? Ko'chirma gap-chi?
O'ziniki bo'lmagan ko'chirma gap nima ?
4 .Ko'chirma va o'zlashtirma gapning maqsadiga ko'ra turlari?
O'zlashtirma gap nima? Ularning farqi?
Ko'chirma gap va so'zlovchi gapining joylashish o'rni vatinish belgilarining qo'llanilishi?
Amaliy mashqlar
O'zga gapni sintaktik tahlil qilish tartibi va namunasi
1. O'zga gap va uning turi. 2. Ko'chirma gapda ko'chirma va muallif (so'zlovchi) gapini aniqlash. 3. Ko'chirma va so'zlovchi gapining ifoda maqsadiga ko'ra turlari. 4. Ko'chirma va so'zlovchi gapining joylashish o'rni. 5 .Ko'chirma gap va so'zlovchi gapining grammatik asosi. 6. O'zlashtirma gapning grammatik asosi.
1-mashq.O'zlashtirma gapni ko'chirma gaplarga aylantirib yozijig va tinish belgilarini qo'ying.
1. O'qituvchi til insonning eng muhim aloqa vositasi ekanligini uqtirdi. 2.O'qituvchi bolalardan uy topshirig'ini bajargan-bajarmaganliklarini so'radi. 3.Maqsad o'rni maktabni bitirganidan keyin universitetga kirishini aytdi. 4. Biz ommaviy ish va ijtimoiy foydali mehnatga doim tayyor ekanligimizni bildirdik.
2-mashq. O'zingiz o'qigan badiiy asarlardan ko'chirma gapga misollar topib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |