Масъул муҳаррир



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet482/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

Kalit so‘zlar: kelajak poydevorlari, kasbiy tayyorgarlik, badiiy til vositalari foydalanish.
Hozirgi kun o‘qituvchisi boshqaruvchilik maqomidan o‘quvchining teng huquqli she’rigiga 
aylanmoqda. Har bir darsda o‘qituvchi va o‘quvchilar, o‘qituvchi va har bir o‘quvchi, o‘quvchi 
va o‘quvchi hamkorligiga erishishi lozim. Shundagina har bir dars samaradorligi yuz foiz 
ta’minlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari shuni unutmasligi kerakki, kelajagimiz poydevori 
bilim dargohida yaratiladi, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun 
qanday ta’lim va tarbiya olishlariga bog‘liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni 
ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng 
fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim 
tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un 
holda olib borishni talab etadi. O‘qituvchi fadliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni 
ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iborat. Bilim berishning 
o‘ziga xoz tarzi boshqalarnikidan ajralib turishi kerak bo‘lgan yo‘sini mavjud. Bunga o‘quv 
jarayoni ishtirokchilarining yoshi, bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalari, moyilliklarini hisobga 
olgan holda amal qilinadi. Aynan shunday dars o‘tish yo‘sinining alohidaligi tufayli bitta mavzu 
bir yoshdagi o‘quvchilarga tamomila farqli tarzda tushuntiriladi va keskin farqli ta’limiy natijaga 
erishiladi. Shu bois o‘qituvchi mashg‘ulotlardan oldin qaysi sinfga qaysi mavzuni qanday usulda 
o‘tishini, o‘rganilajak mavzuni barcha qirralarini hisobga olgan holda dars loyihasini tuzib olishi 
shart.
O‘qituvchi ziyrak bo‘lishi, qo‘shimcha savollar bilan o‘quvchilar fikrini yo‘naltirib turishi, 
qisqa va aniq gapirishni talab etishi, fikr va tuyg‘ularini bu tarzda boshqara olishi uchun sinfdagi 
har bir o‘quvchini imkoniyat va qobiliyatini yaxshi bilishi shart. O‘qituvchining har bir so‘zi 
imo-ishora va yuz harakatlari bilan mos bo‘lishi, fikrlari mantiqqa asoslanishi kerak.
Fan o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarliklariga qo‘yiluvchi talablar quyidagilardan iborat:
- Ta’limga tegishli me’yoriy hujjatlar mohiyatidan xabardor bo‘lish
- Umumiy pedagogic, psixologik, metodik, iqtisodiy va siyosiy bilimlarni puxta o‘zlashtirishi, 
mazkur sohalar bo‘yicha kiritilayotgan yutuqlardan xabardor bo‘lish, ular bo‘yicha amaliy faoli-
yatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarni egallash
- Ijodiy qobiliyatga ega bo‘lish, ilg‘or pedagogic texnologiyalar hamda zamonaviy ta’lim 
vositalaridan samarali, o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalana olish
- Boshlang‘ich ta’lim darslarida o‘quvchilarning imkoniyatlari, shaxsiy sifatlari va qobil-
iyatlarini tarbiyalash, ma’naviyatini oshirish, ta’lim berih asosida ularni mustaqil fikrlaydigan, 
teran xulosalar chiqara oladigan va nazariyani bevosita amaliyotda qo‘llay oladigan komil inson 
qilib kamol toptirishni puxta o‘zlashtirish.
Bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biriga aylangan bola shaxsiga
yo‘naltirilgan ta’lim, ma’naviyatni yuksaltirish masalalari, bolaga do‘stona munosabatda bo‘lish, 
ta’lim jarayonida ijodiy muhit yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim. Har bir o‘qituvchiga 
muntazam ijodiy faoliyat, o‘zgaruvchan sharoitlarda o‘zini yo‘qotmaslik, muammoni aniq ko‘ra 
olish, ixtirochilik, sezgirlik kabi sifatlarni shakllantirishi lozim. Shu maqsadda zamonaviy o‘quv 
jarayonida reproduktiv usul bilan bir qatorda mahsuldor, ijodiy qidiruv usullarini ham qo‘llash 
kerak. Ular mantiqiy fikr yuritish va muammolarni ilmiy asosda ijodiy yechishga o‘rgatadi, 


692
10
zarur bilimlarni mustaqil ijodiy qidirishga odatlantiradi, qiyinchiliklarni yengish ko‘nikmasini 
hosil qiladi, o‘quv materialini tushunarli darajada bayon qilish va chuqur o‘zlashtirish imkonini 
beradi, o‘zlashtirilgan bilimlarning aniqliligi va ishonchliligini ta’minlaydi, bilim olishga qiziqish 
uyg‘otadi, xullas, ijodkor shaxsni shakllantirishga yordam beradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, intelektual rivojlanish dunyo taraqqiyotida keskin 
o‘zgarish va ilgarilash yasayotgan bir davrda jamiyat ma’naviyatining tayanch kuchi bo‘lgan 
ushbu soha vakillari mahorati, ularning fidoyiligi muammolar yechimini topishda o‘ziga xos 
amaliy ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”T.Ma’naviyat 2008y. 61-bet.
2. ”Samaradorlikni aniqlash me’zonlari”. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi, 
Respublika ta’lim markazi. Bolalar jamg‘armasi . T. 2005 y.
3. I.P.Po‘latov “Yangi asr o‘qituvchisiga qo‘yilgan talablar” // Uzluksiz ta’lim jurnali, 2006 
yil 4-son 40-43-betlar


693

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish