Mavzu: Faoliyot o'zlashtirish va malakalarni egallash. Reja



Download 27,5 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi27,5 Kb.
#312220
  1   2
Bog'liq
Faoliyot o'zlashtirish va malakalarni egallash.


Mavzu: Faoliyot o'zlashtirish va malakalarni egallash.

Reja:

  1. Faoliyot o'zlashtirish va malakalarni egallash.

  2. Mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash;

  3. Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko‘zlangan maqsad masala.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Inson faoliyati narsalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan sa’i – harakatlardan tashqari: tananing fazoviy holati, qiyofaning saqlanishi (tik turish, o‘tirish), joy almashish (yurish-yugurish), aloqa vositalari sa’i–harakatlari qatnashadi. Odatda aloqa vositalari tarkibiga; ifodali sa’i– harakat (imo-ishora, pantomimika), bma’noli ishora, nutqiy sa’i– harakatlarni kiritadi. Sa’i–harakatlarning ushbu turlarida ta’kidlab o‘tilganidan tashqari mushaklar, hiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a’zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni o‘zlashtirishga qaratilgan harakatning ishga tushishi muayyan sa’i– harakatlar tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa ko‘p jihatdan harakatning amalga oshishi, shart–sharoitlarga bog‘liq. Jumladan: kitobni olish qalamni olishdan boshqacharoq tarzdagi sa’i–harakatni taqazo etadi, avtomobilni haydash velosepedda uchishga qaraganda o‘zgacha sa’i–harakat talab qiladi, ellik kilogramm shtangani ko‘tarishda bir pudlik toshga qaraganda ko‘proq quvvat sarflanadi, kartonga katta shaklni joylashtirish, qiyin kechadi.Yuqorida keltirilgan misollar turlicha obyektlarga taalluqli bo‘lishiga qaramay, ularda harakatning maqsadi yagonadir. Obyektlarning turlicha ekanligi sa’i–harakatlarning oldiga va mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni qo‘yadi. Ushbu voqelik rus olimlari P.K.Anoxin, N.A. Bernshteyn, E.A.Asratyanlarning tadqiqotlarida isbotlab berilgan. Ularning umumiy mulohazalariga qaraganda, mushaklarning faoliyati sa’i – harakat vazifasi bilan emas, balki mazkur sa’i–harakat ro‘y beradigan shart-sharoitlar bilan boshqarilish mumkin. Mushaklar bu o‘rinda sa’i– harakatlarning yo‘nalishini va tezligini ta’minlash uchun xizmat qiladi, har xil qarshiliklarni (hajm, kuch, vazn ta’siri) muayyan darajada susaytiradi. Malaka faoliyat tarkibida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Malaka deb mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullariga aytiladi. Malaka ish unumdorligining ortishiga, vaqtni tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. Malaka quyidagicha hosil qilinadi:

a) mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash;

b) harakat namunasini esda olib qolish;

v) malaka namunalarini ko‘p marta bajarish, mashq qilish;

g) izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi;

d) malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari tushib qoladi.

Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish ko‘nikma deyiladi. Malaka turli yo‘llar bilan ko‘rsatish, tushuntirish, ko‘rsatish va tushuntirishni qo‘shib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin Har bir ko‘nikma va malaka odamning o‘z tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malaka, ko‘nikmalarning ayrimlari kishining ko‘nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko‘nikmalarni o‘zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning o‘zaro ta’siri deyiladi. Odamning asosiy xususiyatlaridan biri uning mehnat qilish qobiliyatidir, mehnatning istalgan turi esa faoliyat bo‘lib hisoblanadi12.1.Faoliyat haqida tushuncha.

.Faoliyatning psixologik nazariyasi umumjahon psixologiyasida yaratilgan edi. SHuningdek, u L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.YA. Galperin va boshqa ko‘pchilik ruhshunoslarning asarlarida yoritib berilgan.

Faoliyat – bu sub’ektning olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o‘zaro ta’sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning ob’ektda ifodalanishi, shuningdek, sub’ektning voqelik bilan o‘z munosabatlarini ro‘yobga chiqarishi sodir bo‘ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti sub’ekt faolligining ifodalanish shakli bo‘lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo‘lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilishini bildiradi. SHunday qilib, faoliyatni odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash mumkin.

Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub’ekti bo‘lib odam, individ hisoblanadi.

Faoliyatning predmeti va sub’ektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan faoliyat vositalari va natijalari ham bog‘liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo‘lib, moddiy yoki ma’naviy xususiyatga ega bo‘lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi.

SHunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi: - faollikning ichki motivga ega shaklidir; - inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama etuk mahsulotning yaratilishi; - insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;

- insonning faoliyati o‘zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo‘ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o‘zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi.

Faoliyat nazariyasi to‘laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishlarida, xususan, «Faoliyat. Ong. SHaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan.

Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to‘liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi.

Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. YUqoridan quyiga harakatlanib, ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari); harakatlar darajasi; muolajalar darajasi; psixofiziologik vazifalar darajasi. SHunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayonlari), muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv – bu faoliyatga undovchi sabab. Maqsad – bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri.

Harakat – bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko‘ra harakat – bu maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin.

Birinchi xususiyat: harakat zarur tarkibiy qism sifatida maqsad qo‘yish va uni ushlab qolish ko‘rinishidagi ong aktini o‘z ichiga oladi.

Ikkinchi xususiyat: harakat – bu bir vaqtning o‘zida hulqatvor akti ham bo‘lib hisoblanadi .

SHunday qilib, faoliyat nazariyasi avvalgi konsepsiyalardan (bixeviorizm) tafovutlari ko‘rsatilgan birlamchi ikki xususiyatlarining ong va hulqatvorning uzluksiz birligini tan olishidan iborat.

Uchinchi, juda muhim xususiyat: faoliyat nazariyasi faollik tamoyilini «harakat»tushunchasi orqali ta’sirchanlik tamoyiliga qarama-qarshi qo‘ygan holda tasdiqlaydi. Faollik va ta’sirchanlik tamoyillarining alohida har biridan kelib chiqqan holda faoliyat tahlilining boshlang‘ich nuqtasi tashqi muhitga yoki sub’ekt organizmiga joylashtirilishi lozim.

To‘rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy va jismli dunyoga «olib chiqadi».

Harakat doimo maqsad bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqsad harakatni belgilaydi, harakat esa maqsadning amalga oshishini ta’minlaydi. Maqsadning xususiyati orqali harakat xususiyatini aniqlash mumkin. Inson maqsadlarini tahlil qilib, nimalarni aytish mumkin? Avvalambor, ularning juda xilma-xilligini, muhimi esa keng hajmliligini keltirish mumkin.

Yirik maqsadlar maydaroq, xususiy maqsadlarga bo‘linadi, ular ham o‘z o‘rnida bulardan ham xususiyroq maqsadlarga bo‘linishi mumkin va h.k. SHunga mos ravishda har bir etarli darajadagi yirik harakat quyi tartibli ketma-ketlikning harakatlar tizimida turli darajalarga o‘tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar bilan telefon orqali bog‘lanmoqchisiz. Bu harakatni amalga oshirish uchun (I tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo so‘zlashuv telefon tarmog‘iga borib, zarur avtomatni topib, navbatga turishingiz lozim va h.k. Kabinaga kirgandan so‘ng, abonent bilan bog‘lanishingiz kerak. Lekin buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to‘g‘ri keladi (III tartib): tanga tashlab, tugmachani bosib turib, ma’lum sonlarni terish kerak bo‘ladi va h.k.

Muolaja – bu faoliyat bajarilishining navbatdagi quyiroq darajasi. Muolaja deb, harakat bajarilishining usuliga aytiladi. Masalan, ikkita ikki xonali sonlarni ko‘paytirish amalini xotirada va misolni ustuncha shaklida yozgan holda echish mumkin. Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil amal bo‘ladi.

Qo‘llaniladigan muolajalarning xususiyati nimaga bog‘liq bo‘ladi? Avvalambor, ular harakat amalga oshiriladigan sharoitlarga bog‘liq. Agar harakat maqsadning o‘ziga javob bersa, muolaja maqsad qo‘yilgan sharoitlarga javob beradi. Bunday sharoitlarga tashqi vaziyatlardan tashqari, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektning imkoniyatlari yoki ichki vositalari ham kiradi.

Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko‘zlangan maqsad masala deb ataladi. Masala echish jarayonini tasvirlashda ularni amalga oshiruvchi harakatlarni ham, muolajalarni ham ko‘rsatish lozim.

Muolajalarning asosiy xossasi ularning kamroq anglanganligi yoki umuman anglanmaganligidan iborat. Bu xossalari bilan muolajalar ongli maqsadni ham, harakatning bajarilishini nazorat qilishni ham belgilab beradigan harakatlardan tamomila farq qiladi.

Muolajalar ikki turga bo‘linadi: ba’zilari adaptatsiya, moslashish, bevosita taqlid qilish yordamida yuzaga keladi; boshqalari harakatlarni avtomatlashtirish vositasida paydo bo‘ladi. Birinchi turdagi muolajalar anglanmaydi, ularni ongimizda, hatto, maxsus vositalar yordamida ham hosil qilish mumkin emas. Ikkinchi tur muolajalar ong chegarasida joylashadi. Ular osongina dolzarb anglanuvchilarga aylanishi mumkin.

Har bir murakkab harakat harakatlar ketma-ketligi va «to‘shaluvchi» muolajalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo‘lgan ongli va anglanmagan faoliyatlar o‘rtasidagi chegaraning belgilanmaganligi harakatlar ketma-ketligini muolajalar ketma-ketligidan ajratib turuvchi chegaraning harakatchanligini bildiradi. Bu chegaraning yuqoriga yo‘nalgan harakati muolajadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o‘zgarishini anglatadi. CHegaralarning pastga harakatlanishi esa, aksincha, muolajalarning harakatga aylanishini, ya’ni, faoliyatning maydaroq birliklarga bo‘linishini bildiradi. Quyida shunga mos misol keltiramiz. Munozara vaqtida sizda yangi g‘oya tug‘ildi, va siz ifodalanish usulini hisobga olmagan holda, asosan, mazmunidan kelib chiqib, uni bayon qildingiz, deb tasavvur qilamiz. Siz ko‘plab, ya’ni, aqliy, nutqli va h.k. muolajalar bilan ta’minlangan harakatni amalga oshirgan bo‘lasiz. Ularning barchasi birgalikda g‘oyani bayon qilish faoliyatini amalga oshirgan bo‘ladilar.

Faoliyat tuzilishidagi eng quyi daraja – psixofiziologik vazifalarni ko‘rib chiqamiz. Faoliyat nazariyasida bu vazifalarga psixik jarayonlarning fiziologik ta’minoti kiradi. Ularga odam organizmiga xos bo‘lgan his etish, o‘tmish taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor layoqati va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor vazifalar haqida so‘z yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi morfologiyasida mustahkam o‘rin tutgan tug‘ma va hayotning birinchi oylarida yuzaga keladigan mexanizlar kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar insonga tug‘ilishi bilanoq beriladi, ya’ni ular irsiyat tomonidan belgilangan bo‘ladi.

Psixofiziologik vazifalar psixik vazifalarni amalga oshirish uchun faoliyat vositalarini zarur dastlabki shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Masalan, biror ma’lumotni xotiramizda saqlab qolish uchun tez va sifatli yodda saqlab qolishning maxsus usullaridan foydalanamiz. Lekin agarda biz yodda saqlab qolish layoqatidan iborat mnemik vazifalarga ega bo‘lmaganimizda, bu faoliyatni amalga oshira olmagan bo‘lardik. Mnemik vazifalar tug‘ma bo‘ladi. Bola tug‘ilishi bilanoq katta miqdordagi ma’lumotni yodida saqlay boshlaydi. Dastlab, bu oddiy axborot bo‘lib, keyinchalik rivojlanish jarayonida xotirada saqlanishi zarur bo‘lgan axborot hajmidan tashqari, yodda saqlashning sifat ko‘rsatkichlari ham o‘zgaradi.

«Korsakov sindromi» deb ataladigan (uni ilk marotaba o‘rgangan mashhur rossiyalik psixiatr S.S. Korsakov nomi bilan) xotira kasalligi mavjud. Bunda aynan mnemik vazifa oqsaydi. Bu kasallikda voqealar, hatto, bir necha daqiqa avval sodir bo‘lganlari ham umuman yodda saqlanib qolmaydi. Bunday bemorlar, masalan, shifokor bilan kuniga bir necha marta salomlashib, bugun ovqatlanganmi yoki yo‘qmi, eslamasligi ham mumkin. Bir bemor onasiga kitobiy asarning o‘ziga yoqib qolgan parchasini hozirgina o‘qib berganini yodidan chiqarib yuborib, beto‘xtov o‘qib berardi va, shu asnoda bir necha o‘n martalab takrorlardi. Agar bunday bemor biror matnni yod olishga urinib ko‘rsa, u shu zahotiyoq matn bilan birga yod olishningrni o‘zini ham yodidan chiqarib yuborishi mumkin.

Shunday qilib, psixofiziologik vazifalar faoliyat jarayonlarining organik ustqurmasini tashkil etadi, deb xulosa yasash mumkin. Ularga tayanmay turib, harakatlar va muolajalarning bajarilishidan tashqari vazifalar belgilanishining ham imkoniyati mavjud emas.

Istalgan faoliyat tuzilishida ichki va tashqi tarkibiy qismlarni ajratish mumkin. Ichki tarkibiy qismlarga markaziy asab tizimi tomonidan boshqariladigan faoliyatlarda ishtirok etadigan anatomik va fiziologik tuzilmalar hamda jarayonlar, shuningdek, faoliyatni boshqarishga taalluqli psixologik jarayonlar va holatlar kiradi. Tashqi tarkibiy qismlarga esa faoliyatni amaliyotda bajarish bilan bog‘liq turli harakatlarni kiritish mumkin (N.A. Bernshteyn).

Faoliyatning taraqqiy etib va o‘zgarib borishi bilan tashqi tarkibiy qismlarning ichkilariga tizimli o‘tishi amalga oshiriladi. Bunda interiorizatsiya, avtomatizatsiya va eksteriorizatsiya ham kuzatiladi. SHunday qilib, tashqi faoliyatdan tashqari ichki, aqliy faoliyatni ham ajratish mumkin. Bunday faoliyatning vazifalari nimalardan iborat? Avvalambor, bu vazifalar ichki harakatlarning tashqi harakatlarni tayyorlashidan iborat. Ular zarur harakatni tezda tanlab olishga imkon yaratib, inson kuchini tejashga, shuningdek, qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradilar. Masalan, odam kitob javonlarini devorga qoqib qo‘yish uchun joyni mo‘ljallaydi. Bir yo‘lni tanlab olib, baholaydi, so‘ngra undan voz kechib, ikkinchisiga, uchinchisiga o‘tadi, nihoyat, o‘ziga mos va qulay holatda to‘xtaladi. Garchi bu vaqt ichida bir marta ham «barmog‘ini qimirlatib» qo‘ymaydi, ya’ni, biror bir amaliy harakatni amalga oshirmaydi.

Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o‘ylab olishga kiradi. Qanday harakat qilishni o‘ylayotgan inson qanday yo‘l tutadi? Qandaydir harakatning ro‘yobga chiqqanligini tasavvur qilib, uning oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Ularga qarab, o‘zining holatiga mos keladigan harakatni tanlaydi. YOki boshqa misol, ko‘p hollarda inson qandaydir quvonchli hodisani kutganida, vaqtdan o‘zib, o‘sha hodisani bo‘lib o‘tganday tasavvur qiladi. Natijada o‘zini yuzida baxtli tabassum bilan o‘tirganini ko‘radi. Bu misollar insonning ichki faoliyatiga misol bo‘la oladi. U o‘zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi. Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat codir bo‘lish shakli bilan tafovutlanadi. Bu ikki faoliyat motivlar yordamida uyg‘otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini, o‘zining muolajaviy texnik tarkibi mavjudligini bildiradi. Ichki faoliyatning tashqi faoliyatdan farqi harakatlar real jismlar bilan emas, ularning xayoliy tasviri bilan amalga oshirilishidan, real mahsulot o‘rniga g‘oyaviy natija hosil bo‘lishidan iborat. Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyatdan mos harakatlarning ichki holatga o‘tkazilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Biror-bir harakatni samarali ravishda fikran amalga oshirish uchun uni avvalo amaliyotda o‘zlashtirib olib, real natija olish lozim. Masalan, shaxmat o‘yinida donalarning yurishi o‘zlashtirilib, ularning oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini o‘ylab olish imkoniyati tug‘iladi.

SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki faoliyat tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan to‘qnashdilar. Faoliyat nazariyasi mualliflarining fikriga ko‘ra, psixik jarayonlar faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mumkin, chunki istalgan psixik jarayon o‘z vazifalari va muolajaviy-texnik tuzilishiga ega bo‘lib, ma’lum maqsadda amalga oshiriladi. Masalan, ta’mni idrok qilish ta’m sifatlarining o‘zaro farqlari va mos kelish darajalarini aniqlash bilan bog‘liq perseptiv maqsad va vazifalariga ega. Perseptiv vazifaga yana bir misol sifatida aniqlash jarayonini keltirish mumkin. Bunday vazifalarni kundalik hayotimizda muntazam holatda ko‘z bilan chamalash masalalarini hal etishda, chehralarni, ovozlarni tanib olishda va h.k.da bajarishga to‘g‘ri keladi. Barcha vazifalarni hal etish uchun har biriga mos ravishda farqlash, aniqlash, o‘lchash, tanish va boshqa harakatlar ko‘rinishidagi perseptiv harakatlar amalga oshiriladi.

Psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur va h.k.)ni faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyatning alohida shakli sifatida o‘rganib, ma’lum axborotlar – faoliyatning umumiy tuzilishi, darajalari, kechish shakllari va h.k.ni qo‘llash mumkin va zarurdir.

12.2.Faoliyatning tuzilishi va turlari.

Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro‘y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o‘zicha gapirishga o‘rganib, o‘ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi.



Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi - muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi etakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, hattoki, tana va qo‘l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan


Download 27,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish