Annotatsiya: Ushbu maqolada darsda interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini
oshirishi, mazkur noan’anaviy dars usullaridan hisoblanib, ularni asosan, umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida qo‘llash maqsadga muvofiqligi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Zamonaviy bilim, fikrlash doirasi, innovatsion ta’lim texnologiyalari,
noan’anaviy dars.
Inson hayotini yoshlikda olgan ta’lim-tarbiyasi belgilaydi. Shuning uchun har bir fanni
o‘quvchilarga puxta o‘rgatish lozim. Zero, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek,
“Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb–hunarni egallagan, mustahkam
hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun
dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masala hisoblanadi”.
O‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarni oshirish va fikrlash doirasini kengaytirish uchun
darsda turli innovatsion ta’lim metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Hozirgi zamon
talabi shuki, har bir darsni innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda olib borishni
taqozo etmoqda. Bugungi kun o‘quvchi-talabaga birgina an’anaviy ma’ruza yoki savol-javob
usuli bilan dars o‘tib bo‘lmaydi. Shunday ekan, bugungi kun pedagog–o‘qituvchilari zamon
bilan hamnafas bo‘lishi, har bir darsni innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda
olib borishi shart. Shunda iqtidorli, bilimdon, zukko o‘quvchi-yoshlar soni oshib, “O‘zbekiston
kelajagi buyuk davlat” kabi ezgu maqsadlarimizga erishishimiz imkoniyatlari yanada kengayadi.
Kimyo fani tabiiy fan bo‘lib darsda interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini
oshiradi. Mazkur metodik tavsiyada havola etilayotgan noan’anaviy dars usullaridan hisoblanib,
ularni asosan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qo‘llash maqsadga muvofiq.
Kimyo darslarida moddalarni bir-biridan farqlash uchun “O‘ng va chap” qo‘l o‘yinidan
foydalash mumkin. Bunda o‘quvchilarga farqlashi kerak bo‘lgan ikki turdagi modda aytiladi.
O‘quvchilar modda qaysi sinf vakili ekanini qo‘l yordamida ko‘rsatadi. Bu usul o‘quvchilarni
diqqatini jamlashga va tezkor fikrlashga o‘rgatadi. Shu bilan o‘quvchilarni harakatlanishiga
olib keladi. Bu usuldan 7-sinflarda “Moddalarning toifalanishi”, “Oksidlarning toifalanishi”,
“Asoslarning toifalanishi”, 8-sinflarda “Oksidlanish darajasi” mavzusida, VI vaVII guruh
elementlarni farqlashda va boshqa mavzularda foydalanish mumkin Masalan: Oksidlarning
toifalanishi mavzusida” O‘ng va chap qo‘l ” o‘yini o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilarga “Berilgan
oksidlarning qaysi biri asosli va qaysi biri kislotali oksid ekanini aniqlang” Asosli oksidni o‘ng
qo‘lda, kislotali oksidni chap qo‘lda ko‘rsating 1) CaO-asosli (O‘quvchilar o‘ng qo‘lni ko‘tarishi
kerak),
Na
2
O-o‘ng qo‘l, SO
2
----Chap qo‘l, SO
3
- Chap qo‘l,
CuO – asosli oksid (o‘ng qo‘l), CO
2
- -Chap qo‘l BaO - o‘ng qo‘l,
Li
2
O- o‘ng qo‘l, P
2
O
3
- -Chap qo‘l MgO- o‘ng qo‘l,
“Berilgan oksidlarning qaysi biri amfoteri va qaysi biri befarq oksid ekanini aniqlang” amfoter
oksidni o‘ng qo‘lda, befarq oksidni chap qo‘lda ko‘rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |