Масъул муҳаррир


TA’LIM MUASSASALARIDAGI IJTIMOIY MUAMMOLARNI HAL ETISHDA



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet462/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
TA’LIM MUASSASALARIDAGI IJTIMOIY MUAMMOLARNI HAL ETISHDA 
TARBIYAVIY KORREKSION FAOLIYATNING O‘RNI
Xamidova Laylo Baxtiyor qizi, 
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti 
Pedagogika nazariyasi va tarixi yo‘nalishi I kurs magistranti
Telefon:+998944881021
scorpion_rrm@mail.ru
Annotatsiya: Mazkur maqolada oilada, ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar o‘rtasidagi 
shaxslararo munosabatlar hamda sifatli ta’lim olishga to‘siq bo‘luvchi sabablar va buni bartaraf 
etish uchun ta’lim muassasalarida diagnostik va tarbiyaviy korreksion faoliyatni tashkil etish 
yo‘l-yuriqlari, metodlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, muammolarni bartaraf etuvchi yondashuvlar 
muhokama qilingan.
Kalit so‘zlar: diagnostika, tarbiyaviy korreksion faoliyat, xulq –atvordagi og‘ishish, metod. 
Bola jamiyatda avvalo oila bag‘rida so‘ng turli ta’lim muassasalari, mahalla muhitida ijtimoi-
ylashadi. Jamiyat tomonidan o‘rnatilgan hatti-harakatlar normasini qabul qiladi. Shunday muhitda 
unib o‘sganligi uchun boshqa odamlardan ham shuni talab qiladi va kutadi. Ta’lim muassasalarida 
turli ijtimoiy kelib chiqishga ega, turli tarbiya muhitida o‘sgan hamda o‘ziga xos xarakter xususi-
yatlariga ega bolalar bo‘ladilar, ularda paydo bo‘lgan ijobiy fazilatlar yoki salbiy illatlar aynan shu 
yerda ko‘rinadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra yoshlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlarni qariib 
60%ni oilasida sog‘lom muhit mavjud bo‘lmagan bolalar qilar ekan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 
jinoyatga qo‘l urayotgan bolalar asosan notinch, va nosog‘lom oilalarda voyaga yetmoqda. Bun-
day muommolari bor bolalar ta’lim muassasasida ta’limni samarali tashkil etish uchun yaratilgan 
shart-sharoitlar bo‘lishiga qaramay, o‘zlashtirish va tarbiyasida oqsash kuzatiladi. Xulq-atvorida 
og‘ishishning paydo bo‘lishi atrofdagi o‘quvchilarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sabab ta’lim 
muassasalarida tarbiyaviy korreksion va diagnostik faoliyatni tashkil etish muhimdir. 
Korreksiyalash jarayoni bu yoshlarning ongiga, his-tuyg‘ulariga ta’sir etuvchi va turli ijobiy 
qobiliyatlari hamda shaxsiy fazilatlarni shakllantiruvchi faoliyat turidir. Korreksiyalash ta’sirida 
ularning g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga nisbatan 
ilmiy qarashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi va shu bilan 
birgalikda tarbiyaviy masalalar amalga oshiriladi
1
. Ta’lim muassasalarida korreksion faoliyatni 
amalga oshirish orqali yoshlarda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq 
keladigan xulq-atvor malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishishda yoshlarning ongiga 
(ta’lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va sinfdan tashhari ishlarda), irodasiga (faoliyatni 
uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.
Zamonaviy ta’lim tarbiya jarayonida tarbiyaviy korreksion faoliyatni samarali tashkil etishda 
ikki asosiy jarayonga alohida e’tibor hamda ma’suliyat bilan qarash zarur, bular:

pedagogik tashxis metodlar yordamida har bir tarbiyalanuvchu haqida ma’lumotlarni 
to‘plash;

tarbiyalanuvchilarning mavjud muammolarini bartaraf qilishga mos tarbiyaviy tadbirlarni 
olib borish.
Mavjud muammolarni bartaraf etishda esa tarbiyalanuvchiga pedagogik-psixologik yondashish 
kerak. Bunda ma’sul shaxslar sinf rahbari, turli fan o‘qituvchilari, psixolog, voyaga yetmagan 
shaxslar bilan ishlovchi profilaktika inspektori, psixolog, ota-ona, mahalla va boshqalar 
o‘quvchining yurish-turishi, xulq atvorini nazorat qiladi, oilasi bilan hamkorlikda ma’naviy, 
ma’rifiy, profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi. 
Tarbiyaviy korreksion faoliyatni olib borishda quyidagi tarbiya metodlaridan foydalanish 
maqsadga muvofiq:
1. tarbiyachining tarbiyalanuvchiga ishontirish, tushuntirish, o‘rgatish, talab qilish, buyurish, 
jazolash, rag‘batlantirish, shaxsiy namuna ko‘rsatish, iltimos, maslahat orqali ta’sir ko‘rsatish.
2. Tarbiyalanuvchining ma’lum vaziyatda o‘zini tutishi, hatti-harakatlarini amalga oshirishga 
va munosabatni o‘zgartirishga majbur qiluvchi vaziyatlarni uyushtirish.
1
Abdullayeva Sh.A. pedagogik diagnostika va korreksiya-T:.” Fan va texnologiyalar nashriyoti”-2009,8-9-b


666
10
3. Tarbiyalanuvchi uchun referent guruh(sinfdoshlari, kursdoshlari), yoki uning uchun 
nufuzli bo‘lgan kishilarning –ota-onasi, mutaxasis-olimlarning davlat arboblarining fikrlarini 
misol qilib keltirish.
4. Oila a’zolari davrasida axloqiy ijtimoiy, yoki kasbiy masalar yuzasidan ma’lumot 
almashish.
5. Milliy an’analar, urf-odatlarni bilishi va ularga rioya qilish
1
.
O‘ylaymanki, ta’lim muassasalarida pedagog hamda psixolog har bir bola taqdiriga befarq 
bo‘lmasdan o‘z o‘rnida tarbiyaviy korreksion va diagnostik faoliyatni olib borsa, bola oilasi 
hamda refrent guruhlar bilan ishlasa albatta, natijalar ijobiy bo‘ladi. Hamda jamiyatga to‘g‘ri 
integratsiyallashgan, o‘zi, oilasi va vatani uchun foydasi tegadigan inson bo‘lib shakllanadi. 

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish