10
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA BOSHLANGʻICH TAʼLIM VA
OʼYINNI CHAMBARCHAS OLIB BORISHNING MUHIMLIGI
Ummatqulova Zuxra Umarovna
Fargʼona viloyati Beshariq tumani
8-maktab boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi
UmmatqulovaZuxra@mail.com.
+998-91-149-29-30
Annotasiya: Boshlangʼich taʼlimning samaradorligini oshirishda didaktik oʻyinlarning
ahamiyati.
Kalit soʻzlar: Bolalarning sevimli mashgʼuloti, didaktik oʻyinlar, olimlar tajribasi.
Ma’lumki har bir bolaning hayotida o‘yin muhim ahamiyatga ega. Bolalarning eng sevimli
mashg‘uloti o‘yin bo‘lib, ular har qanday mashg‘ulotni o‘yin bilan bog‘lashga harakat qiladilar.
O‘quvchilarga o‘rganiladigan mavzularni qiziqarli qilib o‘tib ularga chuqurroq bilim berishimiz
lozim. Lekin hamma o‘quv materialllari ham o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lavermaydi. Bunday
hollarda o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqishlarini oshirishning birdan-bir yo‘li didaktik
o‘yinlardan foydalanish va ularni tashkil etishdir.
O‘quvchilarni sevimli mashg‘ulotlaridan to‘g‘ri foydalanib ta’lim samaradorligini oshirishimiz
mumkin. Turli hil didaktik o‘yinlar orqali bolani darsga qiziqtirib dars jarayonini tashkil
qilishimiz, ularni faolligini oshirishimizga hizmat qiladi. Darslarda didaktik o‘yinlar tashkil
etish orqali, o‘quvchilarni zehnini o‘stirish, tezkorlikka, faollikka, o‘z fikrini ifoda eta olishga
o‘rgatamiz. Olimlar o‘tkazgan tajriba shu narsani isbotlaganki, o‘yin kichik maktab yoshidagi
o‘quvchi bolalarning hayotiy ehtiyojidir.
Didaktik o‘yin- ta’lim beruvchi usul bo‘lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishuvga
ya’ni o‘tilgan o‘quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqur o‘rganishga
qaratilgan bo‘ladi. Har bir didaktik o‘yinni o‘tkazishda biror-bir vazifa maqsad qilib olinadi.
Masalan: “Raqamlash” o‘yini orqali yashiringan so‘zni, raqamlarni alifbodagi harflarni raqami
kabi o‘z o‘rniga qo‘yish orqali yashiringan so‘zni topish topshirig‘i qo‘yiladi. Bu o‘yin maqsadi
o‘quvchilarni faoligini oshirish, harflar joylashuvini bilish, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash,
didaktik o‘yinlar jarayonida o‘quvchilar o‘quv qoidalariga rioya qilishga o‘rganadilar. Inoqlik his-
tuyg‘ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlarni bolalarning
qiziqishlariga ko‘ra tashkil etish kerak. Bu esa ularga bilim berishimizni yengillashtirishga
qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarni zeriktirmaslik va diqqatlarini jalb etish imkoniyatini yaratadi.
Didaktik o‘yinlarni xilma-xil tarzda tashkil etishimiz mumkin. Turli geometrik shakllardan,
rasmlardan, meva shakllaridan shakllardan, o‘yinchoqlardan, kubiklardan ham foydalanish
mumkin. . Didaktik topshiriq darsga qo‘yiladigan umumiy maqsadni bir qismini tashkil etadi.
Har bir didaktik o‘yinning ham, har qanday o‘yindagi singari qoidalari bo‘ladi. O‘qituvchining
o‘quvchilarga o‘yinning qanday o‘ynalishi haqida tushuncha berib, o‘yinning qoidasi, mazmuni,
yakuni nimadan iborat ekanligini tushuntirib. o‘yin yakuniga yetgach esa kim g‘olibligini aniqlab
berishi lozim.. O‘yin jarayonida har bir o‘quvchi faol qatnashishga, g‘olib bo‘lishga intiladi. Bu
o‘yinlar orqali o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari har tomonlama o‘sadi, ularning atrof- tevarak
haqidagi tasavvurlari kengayadi. Nutqlari o‘sib boraveradi. Shuningdek tengdoshlari bilan
o‘ynagan o‘yinlari tengdoshlariga yaqinlashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.Ziyonet elektron kutubxona
2. “Boshlangʻich taʼlimda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” Oʻquv uslubiy qoʻllanma
Navoiy- 2012
661
Do'stlaringiz bilan baham: |